Bosh sahifaBank haqida Tashkilotlar bilan hamkorlik

Bosh ofis

100096, Toshkent sh., Lutfiy ko'chasi, 14.
Harita

Telefon.: (+998 71) 202-99-99
Faks: (+998 71) 273-05-90
Ishonch telefoni: (+998 71) 273-04-40

Tashkilotlar bilan hamkorlik

   Bugungi kunda Mikrokreditbank xalqaro miqyosda ishonchli hamkor sifatida tan olingan bo’lib, Yevropa hamda Osiyoning yetakchi moliyaviy institutlari bilan vakillik munosabatlarini olib borilmoqda. “Mikrokreditbank” aksiyadorlik tijorat bankiga “Fitch Ratings” xalqaro reyting kompaniyasi tomonidan moliyaviy holati, ya’ni moliyaviy majburiyatlarini o’z vaqtida bajara olish qobiliyatiga uzoq va qisqa muddatli hamda umumiy uzoq muddatli yo’nalishlari bo’yicha “Barqaror” reyting bahosi berilgan.

   Xususiy sektorni rivojlantirish Islom korporatsiyasining 10,0 mln.AQSH dollari miqdoridagi mablag’lar jalb etilib, tadbirkorlarning xorijdan zamonaviy texnika tadbirkorlarning xorijdan zamonaviy texnika va texnologiyalar harid qilish bilan bog’liq loyihalarni moliyalashtirildi. Mijozlar tomonidan olib kelingan uskunalar, jumladan tibbiy-diagnostik uskunalar, oziq-ovqat maxsulotlarini qadoqlash uskunalari,yo’l qurilishlari va atfor-muhitni obodonlashtirish xizmatlarini bajarish uchun maxsus texnika vositalari, avtomobillarga siqilgan metan gaz quyish uskunalari hamda turli xil ishlab chiqarishga mo’ljallangan texnologik liniyalari ishga tushirilib, joylarda yangi ish o’rinlari yaratib kelinmoqda. Hozirda ushbu yo’nalishda 2015 yilda qo’shimcha 20,0 mln.AQSH dollari miqdoridagi mablag’larini jalb etish bo’yicha Xususiy sektorni rivojlantirish Islom korporatsiyasi bilan dastlabki kelishuvga erishildi.

   Qishloq xo’jaligini rivojlantirish xalqaro fondining (AYFAD) Surxondaryo viloyatida meva-sabzavotchilikni rivojlantirish loyihasini amalga oshirishda bank yetakchi hisoblanadi. Ushbu loyiha yuzasidan imzolangan qayta moliyalash kelishuviga muvofiq  bank tomonidan 6,0 mln. AQSH dollari jalb qilingan bo’lib, Surxondaryo viloyatida meva-sabzavotlarni saqlash uchun zamonaviy muzlatgichlar, intensiv bog’larni yaratish, maxsus texnika vositalari, qishloq xo’jaligi maxsulotlarini qayta ishlash texnologik leniyalari bilan bog’liq 1,0 mln.AQSH dollarilik loyihalarni to’liq moliyalashtirishga erishildi. Shu bilan birga, Fondning 2016 yilda chorvachilikni rivojlantirish uchun yangi kredit liniya amalga oshirish uchun tegishli ushlanmalar va takliflar taqdim etishda bank loyiha ekspertlari bilan faol ishtirok etmoqda.

   Islom Taraqqiyot bankining ayol-tadbirkorlarni moliyaviy qo’llab-quvvatlash imtiyozli kredit liniyasi hamda BMT Taraqqiyot Dasturining bank uchun 2-grant loyihasini amalga oshirish yuzasidan dastlabki kelishuvlarga erishilgan bo’lib, loyiha hujjatlari ishlab chiqilmoqda.

   Shuningdek, Osiyo Taraqqiyot Banki, Germaniya va Koreya Respublikasining yetakchi banklari, “ResponAbility” xalqaro investitsiya fondi kabi boshqa moliya institutlarining kredit liniyalarini jalb qilish ishlari olib borilmoqda.
 

Milliy hamkor tashkilotlar
 O’zbekiston Respublikasi  Xotin – qizlar qo’mitasi O’zbekisto Respublikasining chekka tumanlaridagi ehtiyojmand ayollarga “Guruh kafilligi” loyihasi doirasida imtiyozli mikrokreditlar ajratish
 Kamolot yoshlar ijtimoiy harakati Markaziy Kengashi Kasb – hunar kolleji bitiruvchilari o’rtasida “Mening biznes g’oyam” va “ Yosh tadbirkor yurtga  madadkor” loyihasi bo’yicha ishlarni amalga oshirish
 Respublika O’rta maxsus kasb – hunar  ta’limi markazi Kasb- hunar kolleji bitiruchilariga imtiyozli kreditlar ajratish, “ Meninig biznes  g’oyam ” tanlovi doirasida ishlarni amalga oshirish
 Tadbirkorlar va ishbilarmonlar harakati O’zbekiston liberal demokratik partiyasi Ta’lim muassasalarining bitiruvchilari ( oily va o’rta maxsus, kasb – hunar ta’limi muassasalari) o’rtasida “ Diplom bilan biznesga “ hamkorlikdagi loyihasi hamda “ Mulkdor oila“ loyihasi doirasida ishlarni amalga oshirish
 O’zbekiston Respublikasi Markaziy banki huzuridagi  Garov reestri DUK Garov reestri bo’yicha kiritilgan ma’lumotlar yuzasidan axborot almashinuvi
 O’zbekiston Respublikasi Moliya Vazirligi huzuridagi Sug’oriladigan yerlarining meliorativ holatini yaxshilash jamgarmasi Jamg’arma mablag’lari kredit liniyasi orqali tomchilab sug’orish Davlat Dasturiga kiritilgan loyihalarni moliyalashtirish
O’zR TIF Milliy Banki  Vakillik aloqalari
"Ipak Yo’li" AITB Vakillik aloqalari
"O’zsanoatqurilishbank" ATB Vakillik aloqalari
Qishloq ho’jaligi korxonalarini tarkibiy qayta tuzish agentligi Xalqaro taraqqiyot uyushmasining kredit liniyasini amalga oshirish
Investisiya loyihalari boyicha loyiha hujjatlarini tayorlashni moliyalashtirish fondi Loyihalarni moliyalash
Banklaroro kredit byurosi Axborot almashinuvi

 

Xorijiy hamkor tashkilotlar
 Aziya Invest Bank (Rossiya) Vakillik aloqalari
 "Commerzbank" AG (Germaniya) Vakillik aloqalari
 "Rosselhozbank" OAJ (Rossiya) Vakillik aloqalari
 "Bank of Tokyo-Mitsubishi" UFJ (Yaponiya) Vakillik aloqalari
 «Vestern Yunion» MChJ (Sharq sho‘basi) Xalqaro pul o‘tkazmalarini amalga oshirish
 Zolotaya korona (Rossiya) Xalqaro pul o‘tkazmalarini amalga oshirish
 Yunistrim bank (Rossiya) Xalqaro pul o‘tkazmalarini amalga oshirish
 Kontakt (Rossiya) Xalqaro pul o‘tkazmalarini amalga oshirish
 BMT Taraqqiyot Dasturi Tadbirkorlarga kredit ajratish uchun grant loyihasi
 Jahon Banki Kredit liniya va grant loyihalar
 Sparkassenstiftung Kredit liniya uchun grant loyihasi
 Xususiy sektorni rivojlantirish Islom Korporasiyasi Moliyalash liniyasi
 Qishloq hojaligini rovojlantirish xalqaro Jamg’armasi Kredit liniya
 Mikrofinanza reyting kompaniyasi Ijtimoiy reyting bahosi
 Mikromoliyalash Markazi Mikromoliya fondlari bilan hamkorlik
 Mix Market Axborot almashinuvi

 

Hamkor Reyting tashkilotlar
 Fitch Ratings Reyting agentligi

 

Iste'mol krediti onlayn-kalkulyatori

To`lov terminali va kredit olish uchun anketalar to'ldirish

Forumda bank va uning xizmatlari muhokamasi