Yagona qabul telefoni (+99871) 202-99-99
Yagona ishonch telefoni: (+99871) 273-04-40
Bosh sahifaElektron hukumat

Bosh ofis

100096, Toshkent sh., Lutfiy ko'chasi, 14.
Harita

Telefon.: (+998 71) 202-99-99
Faks: (+998 71) 273-05-90
Yagona ishonch telefoni: (71) 273-04-40

Elektron hukumat

    O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2013 yil 27 iyunda qabul qilingan PQ-1989 sonli “O‘zbekiston Respublikasining Milliy axborot-kommunikatsiya tizimini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Qarori axborot sohasini takomillashtirishda muhim omil bo‘lmoqda. Mazkur qarorga muvofiq, 2013-2020 yillarda O‘zbekiston Respublikasida telekommunikatsiya texnologiyalari, tarmoqlari va aloqa infratuzilmasini rivojlantirish dasturi tasdiqlandi.
    Qaror ijrosini ta’minlash doirasida O‘zbekiston Respublikasi Aloqa, axborotlashtirish va telekommunikatsiya texnologiyalari davlat qo‘mitasi huzurida yangi tuzilmalar – “Elektron hukumat” tizimini rivojlantirish markazi va Axborot xavfsizligini ta’minlash markazi tashkil etildi.
    “Elektron hukumat” tizimini rivojlantirish markazi faoliyati mamlakatimizda davlatning aholi va tadbirkorlik subyektlari bilan elektron hamkorlik tizimini takomillashtirish va yanada rivojlantirishning strategik yo‘nalishlarini ishlab chiqishga qaratilgan. Davlat organlarida foydalaniladigan ma’lumotlar bazasi va axborot resurslarini loyihalashtirish, ishlab chiqish va birlashtirish mexanizmini nazarda tutadigan ushbu tizimni shakllantirishga yagona texnologik yondashuvni ta’minlaydigan mazkur markaz bu boradagi jahon tendensiyalari hamda xorijiy mamlakatlar tajribasini tahlil va tadqiq etadi.
    “Elektron hukumat” tizimini rivojlantirish jarayonida tadbirkorlik subyektlari va aholiga vaqt va mablag‘ni tejagan holda sifatli davlat xizmatlari ko‘rsatishga alohida e’tibor berilmoqda. Shuning uchun davlat organlari faoliyatining funksional va operatsiya jarayonlarini tizimli asosda qayta tashkil etish, davlat xizmatlari ko‘rsatish bilan bog‘liq biznes jarayonlarini boshqarishning innovatsion mexanizmlarini joriy qilish, takomillashtirish va optimallashtirish bo‘yicha takliflar tayyorlash markaz faoliyatining muhim yo‘nalishlaridandir. Bu borada markaz tomonidan “Elektron hukumat” tizimi doirasida interaktiv davlat xizmatlari ko‘rsatish va ulardan foydalanish samaradorligining asosiy yo‘nalishlari, loyihalarni amalga oshirishning maqsadli ko‘rsatkichlarini aniqlash uslubi ishlab chiqilmoqda.
    2013-2020 yillarda O‘zbekiston Respublikasida telekommunikatsiya texnologiyalari, tarmoqlari va aloqa infratuzilmasini rivojlantirish dasturiga muvofiq tegishli me’yoriy-huquqiy baza takomillashtirilmoqda. Aholi va tadbirkorlik subyektlarining davlat hokimiyati organlari bilan o‘zaro hamkorligini elektron shaklda amalga oshirishga qaratilgan ishlar olib borilmoqda, davlat boshqaruvi tizimiga “yagona oyna” tamoyili joriy etilmoqda. “Elektron hukumat” tizimi ma’lumotlar bazasi va axborot tizimlari kompleksini yaratishga qaratilgan tadbirlar belgilanib, davlat organlari interaktiv xizmatlarining turli yo‘nalish va sohalari bo‘yicha maqsadli ko‘rsatkichlar ishlab chiqildi.
    “Elektron hukumat” tizimida yigirmadan ziyod loyiha amalga oshirildi. O‘zbekiston Respublikasining hukumat portali (www.gov.uz) shular jumlasidan. Fuqarolar yoki tadbirkorlik subyektlari, tashkilot va muassasalar vakillari ushbu portal orqali davlat hokimiyatining barcha elementlari bo‘yicha to‘liq axborot olishi, u yoki bu davlat organiga elektron shaklda rasmiy so‘rov yuborishi mumkin. Portalda muhim interaktiv davlat xizmatlarining reyestri ham joylashtirilgan.
    Internet tarmog‘ida "yagona oyna" rejimida Yagona interfaol davlat xizmatlari portalining (www.gov.uz) ishga tushirilishi bu boradagi ishlarning mantiqiy davomi bo‘ldi. Bugungi kunda ushbu portal yigirmadan ortiq yo‘nalish bo‘yicha 170 dan ziyod interaktiv xizmatdan foydalanish imkonini bermoqda va davlat xizmatlarini qamrab olishni kengaytirib, o‘z vazifalarini takomillashtirib bormoqda.

"Mikrokreditbank" aksiyadorlik-tijorat banki tomonidan olib borilayotgan ishlar haqida

    Mikrokreditbank tizimida Axborot-kommunikasiya texnologiyalarini joriy qilinganlik holati va bank oldida turgan ustuvor vazifalardan kelib chiqib, "Axborot texnologiyalarini rivojlantirish Strategiyasi"ga asosan 2017 yilda quyidagi vazifalarni amalga oshirish rejalashtirilgan:
- Bankimizning viloyat va tuman filiallarini bosh bank bilan bog’lovchi aloqa kanalini optik tolali aloqa tizimiga o’tkazishni yakunlash;
-  Bankning markaziy binosi va viloyat filiallarida  IP-telefaniya hamda Videokonferensiya aloqa tizimini mukammalashtirish;
-  Elektron hujjat aylanish tizimi dasturiy kompleksini bankimiz filiallarini qamragan holda keng joriy qilishni davom ettirish va hujjatlar bilan ishlashning barcha bosqichlarini maksimal darajada avtomatlashtirish;
- Bank veb-saytini Vazirlar Mahkamasining 2013 yil 31 dekabrdagi 355-son qarori bilan tasdiqlangan veb-saytlarga qo’yilgan talablarga moslashtirish bo’yicha ishlab chiqilgan chora-tadbirlar rejasi asosida ishlarni tashkillashtirish.
     Shuningdek, bankning portaldagi mavjud interaktiv davlat xizmat turlarini oshirish maqsadida, O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2014 yil 15 apreldagi PQ-2164-sonli "Tadbirkorlik faoliyatini amalga oshirish va davlat xizmatlarini ko’rsatish bilan bog’liq targ’ibotlarni yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to’g’risida"gi qaroriga muvofiq bankning rasmiy veb-saytida yaratilgan barcha turdagi kredit onlayn arizalari, plastik kartochka ochish va to’lov terminallari olish uchun onlayn ariza hamda boshqa onlayn xizmatlarini puxta reglamentlarini ishlab chiqib, belgilangan tartibda Yagona interaktiv davlat xizmatlari portaliga o’tkazish.
 

Iste'mol krediti onlayn-kalkulyatori

To`lov terminali va kredit olish uchun anketalar to'ldirish

Forumda bank va uning xizmatlari muhokamasi