Yagona qabul telefoni (+99871) 202-99-99
Yagona ishonch telefoni: (+99871) 273-04-40
Bosh sahifaBOSHQARUV RAISI MUROJAATI

Bosh ofis

100096, Toshkent sh., Lutfiy ko'chasi, 14.
Harita

Telefon.: (+998 71) 202-99-99
Faks: (+998 71) 273-05-90
Yagona ishonch telefoni: (71) 273-04-40

BOSHQARUV RAISI MUROJAATI

Hurmatli aksiyadorlar, tadbirkorlar va hamkorlar!

    Jahon bankining hisobot ma'ruzasida O’zbekiston keyingi yillarda tadbirkorlik faoliyati uchun ishbilarmonlik muhitini yaxshilash sohasida eng yaxshi natijalarga erishgan dunyodagi o’nta davlat qatoridan joy olganligini ta'kidlagan ekan mazkur jarayonlarda "Mikrokreditbank" aksiyadorlik-tijorat banki ham o’zining munosib hissasini qo’shib kelayotganligidan faxrlansak arziydi. Binobarin tashkil etilganiga endigina o’n yil bo’layotgan mazkur muassasa yurtimiz, qolaversa jahon moliya bozorida o’zining mustahkam o’rnini topib bormoqda.
    O’tgan davr mobaynida bank xalqaro ekspertlar tomonidan ikki marta "O’zbekistonda yilning eng yaxshi banki", "5 olmosli mikromoliyaviy xizmatlar ko’rsatuvchi bank", "Bolalar va yoshlar moliyaviy faoliyatini tashkil etayotgan birinchi bank" sifatida e'tirof etildi. Shu bilan birga Markaziy Osiyo va Yevropadagi 151 ta mikrokredit banklari ichidagi eng yaxshi 10 ta bank orasida 5-o’rinni egallaganligimiz yildan-yilga faoliyatimizni rivojlantirib borishda o’zimizga bo’lgan ishonchni yanada mustahkamlamoqda.   
    Muhtaram Prezidentimizning topshirig‘iga muvofiq, aholiga mikrokreditlar ajratish orqali bankimizning 85 ta filiali tomonidan 428 ta aholi punktlarida istiqomat qilayotgan 706 ming 700 ta xonadon egalarini tadbirkorlikka jalb qilish bo‘yicha keng ko‘lamli ishlar olib borilmoqda.
Birinchidan, barcha hududlardan 230 dan ortiq bank mutaxassislarini dekabr oyida Toshkentga chaqirilib, Vazirlar Mahkamasi va Markaziy bank boshchiligida ikki kunlik o‘quv-seminar tashkil qilindi va aholiga mikrokreditlar berishni samarali tashkil qilish yuzasidan to‘liq ko‘rsatmalar berildi hamda bank tomonidan “Aholini tadbirkorlikka jalb qilish” loyihasini amalga oshirish bo‘yicha tartib ishlab chiqildi. Ushbu tartibda yuridik shaxs maqomini olmasdan turib amalga oshiriladigan tadbirkorlik faoliyatiga ajratiladigan mikrokreditlar hamda shaxsiy tomorqa xo‘jaligidan samarali foydalanishni tashkil etish uchun qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini yetishtirish bilan bog‘liq harajatlarni moliyalashtirishga, ixcham issiqxonalar tashkil etish, chorvachilik, parrandachilik, quyonchilik, asalarichilik, baliqchilik, urug‘lik, mineral o‘g‘itlar va o‘simliklarni kimyoviy himoya qilish, mevali daraxt ko‘chatlari, xizmat ko‘rsatish hamda tomorqaga ishlov berish, dukkakli ekinlarni qayta ishlash, sutni qayta ishlash uchun minitexnologik uskunalar sotib olish, uy sharoitida, shu jumladan, ko‘p qavatli uylarda amalga oshirish imkoni mavjud bo‘lgan faoliyat turlari uchun, shuningdek, aholining tikuvchilik, hunarmandchilik faoliyatini rivojlantirish maqsadlariga mikrokreditlar berilishi belgilib qo‘yildi.
Ikkinchidan, bankning Respublika apparatida 7 ta, viloyat filiallarida 4 tadan, tuman filiallarida 3 tadan xodimdan iborat maxsus bo‘lim va shu’balar ochildi va aholi punktlariga 868 nafar bank xodimlari biriktirildi.
Bugungi kunga qadar 687 mingta xonadon egalari bilan suhbat o‘tkazilganda, ularning 58,6 mingtasi yoki 8 foizi tadbirkorlik faoliyati bilan shug‘ullanish istagini bildirdi. Bank tomonidan tadbikorlik qilish taklifi bilan biriktirilgan barcha xonadonlarga ya’ni 706 ming xonadonga xatlar yuborildi.
O‘tgan 3 oy davomida bank tomonidan o‘z tadbirkorligini amalga oshirishda kredit mablag‘lariga ehtiyoji mavjud bo‘lgan 20 053 ta fuqaroga 127,6 mlrd. so‘m miqdorida kreditlar ajratilib, jami 20 053 ta yangi ish o‘rinlari tashkil etildi.
Shuningdek, 1659 ta kam ta’minlangan oilalarga 5 756 mln. so‘m kreditlar ajratilib, 1659 ta yangi ish o‘rinlari yaratildi.
Sohalar bo‘yicha tahlil qilinganda ushbu ajratilgan kreditlarning
84 foizi chorvachilikni rivojlantirish yo‘nalishiga, 4 foizi parrandachilikni rivojlantirishga, 6 foizi ixcham issiqxonalar tashkil etish uchun, 2 foizi sabzavotchilikni rivojlantirish maqsadida ko‘chatlar sotib olish hamda qolgan 3 foizi boshqa maqsadlar uchun ajratilgan.
Uchinchidan, xodimlarimiz aholi xonadonlariga kirganda, xonadon imkoniyatlarini o‘rganib, tadbikorlik bo‘yicha tayyor biznes-rejalarni tushuntirib, tadbirkorlikning aniq yo‘nalishlari bo‘yicha ko‘rsatma va qo‘llanmalar bermoqda.  
Jumladan, ilgari tajribasi bo‘lmagan, quyon boqish istagini bildirgan xonadonlarga quyonlarni tayyor kletkasi, ozuqasi, boqish bo‘yicha qo‘llanmalar tarqatmoqdamiz, shuningdek 1-2 sotixlik tayyor holdagi ixcham issiqxonalar tayyorlab berilmoqda.
Misol uchun, o‘rtacha 4 mln. so‘m miqdoridagi kredit hisobiga kletkasi bilan birga 10 ta (9 ta ona quyon 1 ta erkak) quyon va quyonlar uchun 1 yilga yetadigan ozuqa tarqatilmoqda (10 ta quyon 1,5 mln. so‘m, kletka-1,5 mln. so‘m, ozuqa -1,0 mln. so‘m) va quyonni boqish uchun tegishli ko‘rsatma berilmoqda.
Bugungi kunda jami 165 ta xonadonga 1 665 mln. so‘m kredit evaziga 1 ming 610 ta bosh quyon tarqatildi.
Joriy yilda axoli xonadonlarida quyon yetishtirishni kasanachilik asosida rivojlantirish uchun respublikaning har bir xududiga 500 tadan xonadonga jami 6 000 ta xonadonga tarqatish rejalashtirilgan va bu maqsadga 24 mlrd. so‘m miqdorida imtiyozli kredit mablag‘lari ajratiladi hamda
60 ming bosh ona quyonlarni kletkalari bilan tarqatish imkoniga ega bo‘ladi.
Natijada quyon bosh soni 525 mingga yetadi, 1050 tonna quyon go‘shti yetishtiriladi hamda 6 000 ta xonadonni qo‘shimcha daromad olishi ta’minlanadi.
To‘rtinchidan, agar xonadonlar qoramol, parranda, qo‘y quyon yoki ko‘chat olmoqchi bo‘lsa, ularga bank tomonidan hamkorlik yo‘lga qo‘yilgan agrofirma yoki fermerlardan olish tavsiya qilinmoqda. Bugungi kunda Respublika bo‘yicha jami 23 ta quyonchilik agrofirmasi, 82 ta chorvachilik va 64 ta parrandachilik bilan shug‘ullanuvchi xo‘jaliklar bilan xamkorlik yo‘lga qo‘yildi. Masalan, Jondor tumanida parranda tarqatish uchun “Jondor chinor chorva” parrandachilik fermasi bilan, Sirdaryo tumanida chorva mollari yetkazish uchun “Binokor chorva mollari” MChJ bilan, Qo‘qon xududida mevali daraxt ko‘chatlari yetkazib berish bo‘yicha “Qodirxon Raximov bog‘i” fermer xo‘jaligi bilan, Uchko‘prik tumanida aholiga parranda tarqatish uchun “Ortoped EII” fermer xo‘jaligi bilan xamkorlik yo‘lga qo‘yildi.
Beshinchidan, bankimiz xodimlari mahalla qo‘mitasining o‘zida yoki xonadonda kredit hujjatlarini rasmiylashtirishda yordam bermoqdalar. Har bir mahalla qo‘mitasida bank xodimlaridan iborat maxsus shtab tashkil qilingan.
Oltinchidan, kredit ajratish sur’atini va ish samaradorligini yanada oshirish hamda kreditlash jarayonlarini soddalashtirish maqsadida:
- Aholini tadbirkorlikka jalb qilish bo‘yicha kreditlar ajratish vakolati hududiy filiallarga berildi;
- Eng kam oylik ish xaqining 50 barobarigacha (7,4 mln. so‘m) miqdorda ajratiladigan kreditlar jismoniy shaxs kafilligi yoki mahalla qo‘mitasining kafilligi asosida ajratilmoqda.
Yettinchidan, bank Boshqaruvi tomonidan baholash, amalga oshirilgan ishlarni o‘rganib chiqqan holda, reyting tizimini joriy qilish, mas’ul xodimlarni rag‘batlantirish hamda vazifasiga mas’uliyatsizlik bilan yondoshgan xodimlarga nisbatan qonunchilikda belgilangan tartibda intizomiy jazo choralari ko‘rish tizimi ishlab chiqildi.
Bevosita aholi xonadonlarida yurib, mikrokredit ajratish bilan shug‘ullanayotgan kredit xodimlarga         30 foizgacha qo‘shimcha ustama belgilandi.
Shuningdek, belgilangan topshiriqlarni bajarishda sustkashlikka yo‘l qo‘ygan 39 ta xodimga nisbatan intizomiy jazo choralari ko‘rildi va vazifasiga mas’uliyatsizlik bilan yondoshgan 1 ta filial boshqaruvchisi lavozimidan ozod etildi.
Sakkizinchidan, ommaviy axborot vositalarida aholini tadbirkorlikka jalb qilish yuzasidan targ‘ibot va tashviqot ishlarini kuchaytirish maqsadida “Navruz”, “Oriyat dono” radiolarida reklamalar berilib, gazeta, internet saytlarida kunlik yoritilmoqda va televideniyeda videorolik berilmoqda. Respublikaning barcha hududlarida seminarlar tashkil etilib, keng qamrovli tushuntirish ishlari olib borilmoqda.
Yurtboshimiz tomonidan belgilab berilgan topshiriqlar ijrosini ta’minlash maqsadida 140 mingta xonadonlar tadbirkorlik faoliyatini yo‘lga qo‘yishlari uchun 570 mlrd. so‘mdan ortiq imtiyozli kredit ajratishni mo‘ljalladik.
Prezidentimiz qarorlariga muvofiq, ushbu maqsadlar uchun Mikrokreditbankning ustav kapitali 100 mlrd. so‘mga oshiriladi. Qolgan resurslarni depozitlar miqdorini ko‘paytirish hamda avval berilgan kreditlarni qaytarish hisobiga ta’minlaymiz.
Bu yo‘nalishda “Maqsadimiz har bir oila tadbirkor bo‘lsin” shiori bilan harakat qilishdan iborat. Mikrokreditbank tomonidan Hukumat topshiriqlarini ijro etilishi qat’iy nazoratga olindi.

 

Bank Boshqaruv Raisi v.v.b.

RASULOV SHUXRAT GAYRATOVICH

10.05.2017 yil

 

 

Iste'mol krediti onlayn-kalkulyatori

To`lov terminali va kredit olish uchun anketalar to'ldirish

Forumda bank va uning xizmatlari muhokamasi