Yagona qabul telefoni (+99871) 202-99-99
Yagona ishonch telefoni: (+99871) 273-04-40
Bosh sahifaMatbuot markazi

Bosh ofis

100096, Toshkent sh., Lutfiy ko'chasi, 14.
Harita

Telefon.: (+998 71) 202-99-99
Faks: (+998 71) 273-05-90
Yagona ishonch telefoni: (71) 273-04-40

Matbuot markazi

YILNING ENG YAXSHI BANKI
10.12.2012

    “Mikrokreditbank” ochiq aksiyadorlik tijorat bankini “The Banker” (Buyuk Britaniya) jurnali 2012 yilning eng yaxshi banki, deb e'tirof etdi va mazkur nashr asoschisi Brenden Brekenning bronza qaykalchasi bilan mukofotladi.

    Bugun “Mikrokreditbank” ochiq aksiyadorlik tijorat banki O'zbekistondagi yirik moliya institutlaridan biridir. Bank-moliya tizimida muqim o'rin egallaydigan “Mikrokreditbank” kichik biznes va xususiy tadbirkorlikni, ayniqsa, qishloq joylarda rivojlantirish, yangi korxonalar tashkil etish, qo'shimcha ish o'rinlarini yaratish, shuningdek, tadbirkorlarning o'z faoliyatini kengaytirish va aylanma mablaqlarini ko'paytirish uchun imtiyozli kredit resurslaridan keng foydalanishini ta'minlash kabi strategik muqim vazifalarga erishishni o'z oldiga maqsad qilib qo'ygan.

    Jahondagi etakchi moliya muassasalari da'vogarlik qiladigan “The Banker” jurnalining mukofoti bank faoliyatini baholovchi yuksak mezon hisoblanadi. Ushbu mukofotga da'vogar moliya muassasalari aktsiyadorlarning daromad olishini ta'minlash va strategik ustunlikka ega bo'lish kabi qobiliyati bo'yicha baholanadi. “Yil banki” mukofoti qar yili bitta bankka topshiriladi.

    Bu yil ushbu nufuzli mukofotga sazovor bo'lish uchun jahonning 630 dan ziyod banki kurashdi. Ularning faoliyati qator mezonlar, jumladan, sifat jiqatidan – aktivlar sifati, moliyaviy barqarorlik, mijozlarga real yordam ko'rsatish, yangi ish o'rinlarini yaratish va son ko'rsatkichlari – yirik kapitalni jalb qilish, yangi texnologiyalar, maqsulotlar yoki biznes yo'nalishlarni joriy etish yo'nalishlari bo'yicha baholandi.

    Britaniyaning nufuzli “The Banker” jurnali vakillarining ma'lum qilishicha, “Mikrokreditbank” ochiq aksiyadorlik tijorat bankini mukofotlash to'q'risidagi qaror “Bank of the Year Awards 2012” ekspert qo'mitasi tomonidan mazkur bankning joriy yil to'qqiz oyi davomidagi faoliyati taqlili yakunlariga ko'ra qabul qilingan.

    “Mikrokreditbank” ochiq aksiyadorlik tijorat bankining “2012 yilning eng yaxshi banki” mukofoti bilan taqdirlanishi uning moliya bozoridagi muvaffaqiyatli rivojlanish strategiyasi, aktivlarining sifati va tavakkalchiliklarni samarali boshqarishining xalqaro miqyosdagi e'tirofidir.


Iste'mol krediti onlayn-kalkulyatori

To`lov terminali va kredit olish uchun anketalar to'ldirish

Forumda bank va uning xizmatlari muhokamasi