Bosh sahifaMatbuot markazi

Bosh ofis

100096, Toshkent sh., Lutfiy ko'chasi, 14.
Harita

Telefon.: (+998 71) 202-99-99
Faks: (+998 71) 273-05-90
Ishonch telefoni: (+998 71) 273-04-40

Matbuot markazi

MIKROKREDITBANK XALQ FAROVONLIGI YO'LIDA XIZMAT QILADI
19.12.2016

MIKROKREDITBANK  XALQ FAROVONLIGI  YO'LIDA XIZMAT QILADI

    Joriy yilning 17 dekabr kuni Toshkent viloyatining Parkent tumanida 2017- yil – Xalq bilan muloqot va inson manfaatlari yili munosabati bilan O'zbekiston Respublikasi Markaziy banki va “Mikrokreditbank” aksiyadorlik-tijorat banki hamkorligida “Mikrokreditbank” sarmoyalari – tadbirkorlik bunyodkorlik  va xalq farovonligi yo'lida xizmat qiladi” shiori ostida seminar o'tkazildi.
    Tadbirda tumandagi davlat va jomoat tashkilotlari mutasaddi rahbarlari, jurnalistlar shuningdek, tumandagi Boshqizilsoy va Hisorak qishloq fuqarolari yig’ini  aholisi  ishtirok etdi. Undan ko'zlangan asosiy maqsad, Davlatimiz rahbari Shavkat Mirziyoevning joriy yil 15 dekabrdagi Xalq deputatlari Toshkent  viloyati Kengashi sessiyasidagi so'zlagan nutqidan kelib chiqqan holda bank tizimida “Oddiy aholini tadbirkorga aylantirish” loyihasi doirasida amalga oshirishi lozim bo'lgan vazifalar belgilab olindi.  Mazkur loyiha ijrosini samarali tashkil etish uchun xonadonlarda birma-bir yurib aholi bilan suhbatlar o'tkazib, tadbirkorlik bilan shug’ullanish istagi bo'lgan xonadon a'zolarini aniqlash, bank tomonidan taklif etilayotgan  kredit turlari va shartlarini, ajratish mexanizmlarini tushuntirish hamda mikrokredit olish uchun ariza, biznes reja hamda ta'minot hujjatlarini tayyorlash borasida batafsil ma'lumot berish  nazarda tutilgan.
    Ta'kidlash joizki, mamlakatimizda kichik biznes va xususiy tadbirkorlikni rivojlantirish, yangi ish joylari tashkil etish, aholining keng qatlami, ayniqsa kasb-xunar kollejlari bitiruvchilari va xotin-qizlarning bank xizmatlaridan foydalanishlarini yanada kengaytirish maqsadida “Mikrokreditbank” tomonidan 2017-yilda barcha moliyalash manbaalari ?isobidan 1 trln. 260 mlrd. so'm kredit ajratish rejalashtirilgan bo'lib, 2017 yilda bank kredit portfelini 1 trln. 370,0 mlrd. so'mga etkazish belgilab olindi.
    Yuqoridagilar bilan birga, “Mikrokreditbank” ATB tomonidan 2017 yilda hududlarni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish dasturlari doirasida ajratiladigan kreditlar miqdorini joriy yilga nisbatan 40 foizga oshirib, 1 704 ta loyihaga 245,9 mlrd. so'mlik kredit ajratish rejalashtirilmoqda. Bunda sanoat sohasiga 125,4 mlrd so'm, xizmat ko'rsatish sohasiga 84,8 mlrd. so'm, qishloq xo'jaligiga 35,7 mlrd. so'm kreditlar ajratilib,  15 mingdan ziyod ish o'rinlari yaratilishi ko'zda tutilgan.
    Aholi bilan bevosita muloqot tarzida tashkil etilgan mazkur tadbirda xalqimiz turmush sharoitini ko'tarish, joylardagi mavjud muammo va kamchiliklarni bahamjihatlikda hal  qilish yo'llari,  bu borada yaratilgan  shart-sharoit, imtiyozlar, ayollar va yoshlar tadbirkorligi, oilaviy biznesni rivojlantirish hususida  batafsil ma'lumotlar berildi.  

 

Bank Axborot xizmati
 

Iste'mol krediti onlayn-kalkulyatori

To`lov terminali va kredit olish uchun anketalar to'ldirish

Forumda bank va uning xizmatlari muhokamasi