Yagona qabul telefoni (+99871) 202-99-99
Yagona ishonch telefoni: (+99871) 273-04-40
Bosh sahifaMatbuot markazi

Bosh ofis

100096, Toshkent sh., Lutfiy ko'chasi, 14.
Harita

Telefon.: (+998 71) 202-99-99
Faks: (+998 71) 273-05-90
Yagona ishonch telefoni: (71) 273-04-40

Matbuot markazi

Sayxunobodlik tadbirkor Tashabbus 2017 korik-tanlovining Sirdaryo viloyati bosqichida golib boldi
5.05.2017

Sayxunobodlik tadbirkor “Tashabbus – 2017” ko‘rik-tanlovining Sirdaryo viloyati bosqichida g‘olib bo‘ldi Prezidentimiz rahnamoligida amalga oshirilayotgan izchil iqtisodiy islohotlar kichik biznes va xususiy tadbirkorlikni rivojlantirish, qulay ishbilarmonlik muhiti yaratish, import o‘rnini bosuvchi, eksportbop mahsulotlar ishlab chiqarishni kengaytirishda muhim ahamiyat kasb etmoqda.

Sirdaryo viloyatida 3 mingdan ortiq fermer xo‘jaligi, 8 ming 258 kichik biznes va xususiy tadbirkorlik subyekti faoliyat ko‘rsatib, hudud ijtimoiy-iqtisodiy taraqqiyotiga munosib hissa qo‘shmoqda.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti sovrini uchun “Tashabbus – 2017” ko‘rik-tanlovining Sirdaryo viloyati bosqichi doirasida namoyish etilgan ko‘rgazmadagi mahsulotlarning yuqori sifati bu borada amalga oshirilayotgan ijtimoiy-iqtisodiy islohotlarning amaldagi ifodasi bo‘ldi.

“Eng yaxshi hunarmand” yo‘nalishida Guliston tumanidan O‘ktam Shodmonqulov, “Eng yaxshi tadbirkor” yo‘nalishida Sayxunobod tumanidagi “Go‘zal” xususiy korxonasi rahbari Sayyora Asatullayeva, “Eng yaxshi fermer” yo‘nalishida Boyovut tumanidagi “Dovurbek Yigitaliyevich” fermer xo‘jaligi raisi Yigitali Jalilov birinchi o‘rinni egalladi va tanlovning mamlakat bosqichida ishtirok etish huquqini qo‘lga kiritdi.

– Prezidentimiz rahnamoligida kichik biznes va xususiy tadbirkorlikni rivojlantirishga qaratilayotgan alohida e’tibor yuksak samaralar bermoqda, – deydi “Go‘zal” xususiy korxonasi rahbari S.Asatullayeva. – Davlatimiz rahbarining bir qator farmon va qarorlari, qabul qilinayotgan me’yoriy-huquqiy hujjatlar biz, tadbirkorlarni ish faoliyatimizni yanada kengaytirish, mahsulot turini ko‘paytirish, yangi ish o‘rinlari yaratishga undamoqda. “Mikrokreditbank”dan olingan mablag‘ evaziga korxona faoliyatini kengaytirib, kasb-hunar kollejlari bitiruvchilarining 30 nafarini doimiy ish o‘rni bilan ta’minladik. Korxonamizda ayollar va bolalar kiyimlari, non va non mahsulotlari, makaron, turli pishiriqlar sexlari faoliyat ko‘rsatmoqda.

Tanlovda bir qator qo‘shimcha nominatsiyalar bo‘yicha ham g‘oliblar aniqlanib, tashkilotchilar tomonidan munosib taqdirlandi.

 

O‘zA

Iste'mol krediti onlayn-kalkulyatori

To`lov terminali va kredit olish uchun anketalar to'ldirish

Forumda bank va uning xizmatlari muhokamasi