Yagona qabul telefoni (+99871) 202-99-99
Yagona ishonch telefoni: (+99871) 273-04-40
Bosh sahifaMatbuot markazi

Bosh ofis

100096, Toshkent sh., Lutfiy ko'chasi, 14.
Harita

Telefon.: (+998 71) 202-99-99
Faks: (+998 71) 273-05-90
Yagona ishonch telefoni: (71) 273-04-40

Matbuot markazi

Bank faoliyatining sarhisobi muhokamasiga bagishlandi
26.05.2017

Bank faoliyatining sarhisobi muhokamasiga bagishlandi

    O‘zbekiston Respublikasi Oliy majlisi senati Byudjet va iqtisodiy islohotlar masalalari qo‘mitasida “Mikrokreditbank” aksiyadorlik-tijorat bankining tadbirkorlik faoliyatini rivojlantirishni moliyaviy qo‘llab-quvvatlash hamda shu maqsadda aholi bilan muloqotni yo‘lga qo‘yish borasidagi faoliyatini o‘rganish natijalari muhokamasiga bag‘ishlangan hisobot majlisi bo‘lib o‘tdi.

   Tadbirda Qo‘mita a’zolari, vazirlik va idora vakillari, bank tizimi mutasaddi rahbar va xodimlari hamda ommaviy axborot vositalari vakillari ishtirok etdi. Yig‘ilishda “Mikrokreditbank” ATB Boshqaruv raisi v.v.b Shuxrat Rasulovning mazkur moliya muassasasi tizimida amalga oshirilayotgan chara-tadbirlar yuzasidan ma’ruzasi tinglandi.

   Ma’lumki, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning 2016 yil 8 sentyabrdagi va 2016 yil 14 dekabrdagi Oliy Majlis palatalarining qo‘shma majlislaridagi nutqida “Xalq bilan muloqot va inson manfaatlari yili”da bank tizimi tomonidan har bir oilani tadbirkorlik faoliyatiga jalb qilish bo‘yicha qator vazifalar belgilab berildi.

   Bu borada “Mikrokreditbank” aksiyadorlik-tijorat bankining 85 ta filiali tomonidan 428 ta aholi punktlarida istiqomat qilayotgan 706 ming 700 ta xonadon egalarini yil davomida tadbirkorlikka jalb kilish bo‘yicha keng ko‘lamli ishlar olib borilmoqda.

    Jumladan, bank tomonidan tadbikorlik qilish taklifi bilan biriktirilgan barcha xonadonlarga ya’ni 706 ming 700 ta xonadonga xatlar yuborildi. Joriy yil davomida xonadon egalari bilan suhbat o‘tkazilganda, ularning 61 063 tasi yoki 9 foizi tadbirkorlik faoliyati bilan shug‘ullanish istagini bildirgan. Bank xodimlari tomonidan ularga o‘zlarining biznes-rejalarini tuzishda amaliy yordam berilmoqda. Ushbu tadbirkorlik istagini bildirgan fuqarolarga joriy yil 1 may xolatiga bank tomonidan o‘z tadbirkorligini amalga oshirishda23 207 ta fuqaroga 143,4 mlrd. so‘m miqdorida kreditlar ajratilib,jami 23 207 ta yangi ish o‘rinlari tashkil etildi.

    Ta’kidlash joizki, kichik biznesni moliyaviy qo‘llab-quvvatlash borasida bankning barcha moliyalash manbaalari hisobidan 2016 yilning 1-choragida 217,3 mlrd. so‘m kredit ajratilgan bo‘lsa, mazkur ko‘rsatkich, joriy yilning mos davri natijalariga ko‘ra278,9 mlrd. so‘mni tashkil etdi. Natijada ushbukreditlar xisobiga 12 107 ta yangi ishchi o‘rni yaratildi. Shuningdek, bank tomonidan ko‘rsatilgan mikromoliyaviy xizmatlar xajmi 84,2 mlrd. so‘mga yetkazildi. Bunda oilaviy tadbirkorlik va hunarmandchilik subyektlariga 13,3 mlrd. so‘m,kollej bitiruvchilariga 24,6 mlrd. so‘m, ayollar tadbirkorlikni qo‘llab-quvvatlashga 39,7 mlrd. so‘mlik kredit mablag‘lari ajratildi.

  Buning samarasi o‘laroq,“Fitch Raytings” Xalqaro reyting agentligi tomonidan Mikrokreditbank faoliyatiga xalqaro mezonlarga muvofiq muntazam ravishda “B” “Barqaror” reytingini tasdiqlab kelmoqda.

  Yig‘ilish davomida shuningdek, tizimdagi mavjud muammo va kamchiliklar ham muhokama qilinib, istiqboldagi  vazifalar belgilab olindi.

 

Bank axborot xizmati

Iste'mol krediti onlayn-kalkulyatori

To`lov terminali va kredit olish uchun anketalar to'ldirish

Forumda bank va uning xizmatlari muhokamasi