Yagona qabul telefoni (+99871) 202-99-99
Yagona ishonch telefoni: (+99871) 273-04-40
Bosh sahifaMatbuot markazi

Bosh ofis

100096, Toshkent sh., Lutfiy ko'chasi, 14.
Harita

Telefon.: (+998 71) 202-99-99
Faks: (+998 71) 273-05-90
Yagona ishonch telefoni: (71) 273-04-40

Matbuot markazi

Mikrokreditbank ATB aksiyadorlari DIQQATIGA!
13.06.2017


HURMATLI AKSIYADORLAR!

«Mikrokreditbank» aksiyadorlik - tijorat banki aksiyadorlarining navbatdagi yillik umumiy yig‘ilishi 2017 yil 28 iyun, Toshkent shahri, Lutfiy ko‘chasi, 14-uy manzili bo‘yicha “Mikrokreditbank” ATB majlislar zalida o‘tkaziladi.

Yig‘ilish soat 10:00 da boshlanadi. Aksiyadorlarni ruyxatga olish soat 09:00 dan boshlanadi. Umumiy yig‘ilish o‘tkazish uchun Bank aksiyadorlari reyestri 2017 yil 22 iyun holatiga tuziladi.

Yig‘ilish kun tartibi:

1.“Mikrokreditbank” aksiyadorlik-tijorat bankining sanoq komissiyasi a’zolari tarkibini tasdiqlash.

2.“Mikrokreditbank” aksiyadorlik-tijorat banki aksiyadorlarining navbatdagi yillik umumiy yig‘ilishi reglamentini tasdiqlash.

3.“Mikrokreditbank” aksiyadorlik-tijorat bankining 2016 yil faoliyati yakunlari bo‘yicha bank Kuzatuv Kengashi va Boshqaruvining hisobotini tasdiqlash hamda bankning 2017 yilga belgilangan ustuvor vazifalari.

4.“Mikrokreditbank” aksiyadorlik-tijorat banki faoliyatining 2016 yil yakuni bo‘yicha buxgalterlik balansi, foyda va zararlari to‘g‘risidagi hisoboti hamda auditorlik tashkilotining xulosasini tasdiqlash.

5. “Mikrokreditbank” aksiyadorlik-tijorat bankining 2016 yil yakuni bo‘yicha moliya-xo‘jalik faoliyati yuzasidan Taftish komissiyasining hisobotini tasdiqlash va uning 2017 yil uchun tarkibini saylash.

6. “Mikrokreditbank” aksiyadorlik-tijorat bankining 2016 yilfaoliyati yakuni bo‘yicha sof foydasini taqsimlash.

7. “Mikrokreditbank» aksiyadorlik-tijorat bankining Kuzatuv kengashi a’zolarini saylash to‘g‘risida.

8.“Mikrokreditbank» aksiyadorlik-tijorat bankining 2017 – 2021 yillar uchun rivojlanish strategiyasini tasdiqlash to‘g‘risida.

9.“Mikrokreditbank” aksiyadorlik-tijorat bankining 2017 yil faoliyati yakuni yuzasidan auditorlik tekshiruvi o‘tkazish, auditorlik tashkiloti va uning xizmatiga to‘lanadigan haq miqdori chegarasini belgilash.

10. “Mikrokreditbank” aksiyadorlik-tijorat bankining joriy ho‘jalik faoliyati bilan bog‘liq bitimlarini belgilash to‘g‘risida.

11. “Mikrokreditbank” aksiyadorlik-tijorat bankining affillangan shaxslari bilan tuzilishi kutilayotgan joriy ho‘jalik faoliyati bilan bog‘liq bitimlarni ko‘rib chiqish va ma’qullash to‘g‘risida.

12. “Mikrokreditbank” aksiyadorlik-tijorat bankining 2017 yil uchun “Dividend siyosati”ni tasdiqlash.

13. «Mikrokreditbank» aksiyadorlik-tijorat banki aksiyalarining yigirma birinchi chiqarilishi yakunlarini ko‘rib chiqish va Bankning e’lon qilingan aksiyalari miqdorini o‘zgartirish to‘g‘risida.

14. “Mikrokreditbank” aksiyadorlik-tijorat banki Ustaviga kiritiladigan qushimcha va o‘zgartishlarni tasdiqlash.

15. “Mikrokreditbank” aksiyadorlik-tijorat bankining yangi tashkiliy tuzilmasini tasdiqlash.

16. Bank balansining “Ko‘zda tutilmagan hisob varaqlariga”ga olingan 5 (besh) yildan yuqori bo‘lgan mijozlar qarzdorliklarini hisobdan chiqarish to‘g‘risida.

17. “Mikrokreditbank” aksiyadorlik-tijorat banki Boshqaruvi raisi bilan bir yil muddatga mehnat shartnomasi tuzish to‘g‘risida.

18. “Mikrokreditbank” aksiyadorlik-tijorat bankining korporativ boshqaruv tizimini baholash yakunlarini ko‘rib chiqish to‘g‘risida.

Aksiyadorlarning umumiy yig‘ilishini o‘tkazilishi haqida xabar qilish 2017 yil “6” iyun holatiga tuzilgan aksiyadorlar reyestri ma’lumotlari asosida aksiyadorlarning elektron pochta manzillariga bildirishnoma yuborish orqali amalga oshiriladi.

Aksiyadorlar Umumiy yig‘ilishda shaxsini tasdiqlovchi hujjat va yozma shaklda tuzilgan ishonchnoma asosida qatnashadi, yuridik shaxs nomidan berilgan ishonchnoma qonun xujjatlarda belgilangan tartibda, jismoniy shaxs nomidan berilgan ishonchnoma notarial tasdiqlangan bo‘lishi kerak.

Yig‘ilish o‘tkazish bo‘yicha qo‘shimcha axborot, unda ko‘riladigan masalalarning hujjatlari bilan quyidagi manzilga va telefon raqamlariga murojaat qilish hamda bankning korporativ veb-sayti(mikrokreditbank.uz) orqali tanishish mumkin.

Tel: 202-99-99 (1011, 1014)

Bank Kuzatuv kengashi

Iste'mol krediti onlayn-kalkulyatori

To`lov terminali va kredit olish uchun anketalar to'ldirish

Forumda bank va uning xizmatlari muhokamasi