Bosh ofis

100096, Toshkent sh., Lutfiy ko'chasi, 14.
Harita

Telefon.: (+998 71) 202-99-99
Faks: (+998 71) 273-05-90
Ishonch telefoni: (+998 71) 273-04-40

Kreditlash

   Iste`mol kreditlari - 18 (o`n sakkiz) yoshga to`lgan, doimiy yashash joyida ro`yxatdan o`tgan, muomala layoqati va to`lov qobiliyati (daromad)ga ega bo`lgan jismoniy shaxslarga ajratiladi.
Iste'mol krediti - jismoniy shaxsga uning ehtiyojlarini qondirish maqsadida O`zbekiston Respublikasida ishlab chiqarilgan tovarlarni sotib olish va ko`rsatilgan xizmatlar uchun to`lovni amalga oshirish maqsadida pul mablag`lari shaklida beriladigan kreditdir.
Kreditning muddati - kredit oluvchining to`lov qobiliyatidan kelib chiqqan holda 3 (uch) yilgacha bo`lgan muddatga kredit muddatini uzaytirish huquqisiz beriladi.
Bir qarz oluvchiga kredit so`ralayotgan davrda belgilangan eng kam ish haqi hajmining 150 (bir yuz ellik) barobarigacha tovarlarni xarid qilish yoki ko`rsatilgan xizmatlar to`lovi uchun ajratiladi. Kredit maqsadlari:
- Mebellar, oshxona jihozlari, televideo apparaturalar, orgtexnikalar, sport anjomlari va boshqa uy-ro`zg`or buyumlarini xarid  qilish uchun eng kam ish haqining 150 barobarigacha 36 oy muddatgacha;
- Davolanish xarajatlari uchun eng kam ish haqining 40 barobarigacha 24 oy muddatgacha;
- Avtomobillarga gaz ballonlari o`rnatish uchun eng kam ish haqining 50 barobarigacha  24 oy muddatgacha; 
- O`zbekiston Respublikasi hududida joylashgan dam olish maskanlarida dam olib davolanish uchun eng kam ish haqining  30 barobarigacha 24 oy muddatga;
- Quyosh batareyalari sotib olish uchun eng kam ish haqining 150 barobarigacha 36 oy muddatga;
- To`y marosimlarini o`tkazish xarajatlari uchun eng kam ish haqining 150 barobarigacha 36 oy muddatga;
- Eshik va rom (deraza) sotib olish uchun eng kam ish haqining 100 barobarigacha 36 oy muddatga;
- Haydovchilik kurslari hamda safarbarlik chaqiruvi rezervi xizmati to`lovlariga eng kam ish haqining 30 barobarigacha 12 oy muddatga (yillik 20 foiz asosida) ajratiladi.
Ajratiladigan iste`mol kreditlari kredit muddatidan kelib chiqqan holda yillik 16-20 foiz asosida ajratiladi.
Yosh oilalar uchun iste`mol kreditlari berilayotgan davrda O`zbekiston Respublikasi Markaziy bankining amaldagi qayta moliyalash stavkasi darajasida ajratiladi.
 

Ma'lumotni yuklab olish (DOC, 22.5 KB)

Iste'mol krediti onlayn-kalkulyatori

To`lov terminali va kredit olish uchun anketalar to'ldirish

Forumda bank va uning xizmatlari muhokamasi