Yagona qabul telefoni (+99871) 202-99-99
Yagona ishonch telefoni: (+99871) 273-04-40

Yangiliklar

Mikrokreditlash

Mikrokreditlar kam ta`minlangan aholi vakillariga o`zlarining daromad keltiruvchi shaxsiy bizneslarini tashkil etishga ko`maklashish orqali:

— ushbu aholi vakillari daromadlarining salmoqli ravishda oshishga olib keladi va kamida oziq-ovqat xavfsizligini ta`minlaydi, oila farzandlarining ta`lim olishi va boshqa birlamchi ehtiyojlarni qondirish imkoniyatini yaratadi; oila axvolining boquvchisining betobligi, noqulay ob-xavo sharoiti, mulkdan ayrilish va boshqa noxush xollarga bog`liqlik darajasini kamaytiradi;
— fuqarolarning ish bilan bandligini ta`minlaydi va ishsizlikni qisqartiradi;
— kishilarda istiqbolli kelajakka bo`lgan umidni uyg`otadi, ularning bizneslari rivojlangani sari o`zlarining ertangi kuniga bo`lgan ishonchni mustahkamlaydi;
— kam ta`minlangan aholi vakillarining qashshoq toifaga o`tib ketishi va undan kelib chiquvchi ijtimoiy-iqtisodiy, siyosiy va ma`naviy-ruhiy og`ir oqibatlarning oldini oladi.

Mikrkrdit lish istgidgi tdbirkrlik sub`ykti Mikrkrditbnkning o`zig quly bo`lgn filili yoki minibnkig murjt etdi.

Tdbirkrlik sub`ykti bnk tmnidn mikrkrditlr jrtish mikrlizing xizmtlri ko`rstish uni qytrish trtibi, bizns–rj tuzish qidlri bo`yich bpul tshkil etildign ikkit bzviy sminrd ishtirk etishi mjburiy hisblndi. Ushbu sminrlrd tdbirkrlr o`zlrini qiziqtirgn brch svllrig jvb ldilr, bnk v mikrkrdit luvchining huquq v mjburiyatlri biln tnishdilr.

Mikrokreditlar ikki yo`nalishda ajratiladi:
— Boshlang`ich (start) sarmoyani shakllantirish uchun;
— Biznesni rivojlantirishga (kengaytirishga) va aylanma mablag`larni to`ldirish uchun.

Boshlang`ich (start) sarmoyani shakllantirishga ajratiladigan mikrokreditlar:

Ushbu mikrokreditlar yiliga 3 foizlik stavka bo`yicha 18 oygacha bo`lgan muddatga tashkil topganiga 6 oydan oshmagan kichik tadbirkorlik sub`yektlariga quyidagi miqdorlarda ajratiladi:

— eng kam oylik ish haqining 50 baravarigacha yuridik shaxs maqomini olmasdan faoliyat ko`rsatayotgan tadbirkorlik sub`yektlariga;
— eng kam oylik ish haqining 100 baravarigacha mikrofirmalar va yuridik shaxs maqomini olib faoliyat ko`rsatayotgan dehqon xo`jaliklariga;
— eng kam oylik ish haqining 200 baravarigacha fermer xo`jaliklariga.

Biznesni rivojlantirishga (kengaytirishga) va aylanma mablag`larni to`ldirish uchun mikrokreditlar.

Mikrofirmalar, kichik korxonalar, dehqon va fermer xo`jaliklari uchun:

— MIQDORI — eng kam oylik ish haqining 500 baravarigacha;
— MUDDATI — 24 oygacha;
— FOIZI — Markaziy bankning qayta moliyalash stavkasining 50 foizidan oshmagan foiz stavkasida.

O'zbekiston Respublikasida mikrokreditlash haqida batafsil ma'lumot

Savollar va Javoblar

Iste`mol kreditni 3 yildan ko`p muddatga olsa bo`ladimi?Qosimov
 
Iste'mol kreditlari 36 oy muddatgacha beriladi.
 
 

Iste'mol krediti onlayn-kalkulyatori

To`lov terminali va kredit olish uchun anketalar to'ldirish

Forumda bank va uning xizmatlari muhokamasi