Bank haqida

Nashr uchun talqin

"Mikrokreditbank" aksiyadorlik-tijorat banki O`zbekiston Respublikasi Prezidentining "Mikrokreditbank aksiyadorlik-tijorat bankini tashkil etish to`g`risida" 2006 yil 5 maydagi PF-3750-son Farmoni bajarish yuzasidan hamda uning samarali faoliyatini tashkil etishni ta`minlash va moddiy-texnika bazasini mustahkamlash maqsadida Vazirlar Mahkamasi 78-sonli qarori bilan tashkil etilgan.
 

 "Mikrokreditbank"ning asossiy vazifalari:
•    Kichik biznes, xususiy tadbirkorlik sub`ektlariga, fermer va dehqon xo`jaliklariga o`zlarining ishlab chiqarish faoliyatini mustahkamlash va kengaytirishlari uchun mikrokreditlar berish, keng ko`lamdagi bank hamda konsalting xizmatlari ko`rsatish;
•    Mikrokreditlar berish yo`li bilan mikrofirmalar, oilaviy biznes va kasanachilik rivojlanishini rag`batlantirish       va qo`llab-quvvatlash xisobiga tadbirkorlik sohasi kengayishiga ko`maklashish;
•    Qarz oluvchi tomonidan taqdim etiladigan biznes-rejani, uning moliyaviy holatini, kreditni to`lash bo`yicha majburiyatlari ta`minlash manbalarini sinchiklab tahlil etish asosida mikrokreditlarning qaytarilishini ta`minlash;
•    Mikrokredit berish bo`yicha xizmatlar ko`rsatishni kengaytirish uchun xalqaro moliya institutlari hamda yetakchi xorijiy banklarning imtiyozli kreditlari, investisiya va grantlarini jalb etish;
•    Qishloq joylarda, kichik biznes va xususiy tadbirkorlik subektlariga xizmat ko`rsatish uchun qo`shimcha imkoniyatlarni ta`minlaydigan filiallar va mini-banklar tizimi orqali moliyaviy infratuzilmani yanada rivojlantirish.  
 

 "Mikrokreditbank" aksiyadorlik-tijorat banki faoliyati haqida FOTOGALEREYA

Valyutalar kursi

17.10.2018 holatiga kora

Sotib olish Sotish OzR MB
USD 8205.00 8270.00 8208.04
EUR 9300.00 9600.00 9490.14
GBR 10500.00 10850.00 10796.86
JPY 67.00 73.00 73.16

Valyutalar konvertori