Taklif sahifasi

Nashr uchun talqin

TAKLIF SAHIFASI

 XORIJIY VA MAXALLIY INVSTORLAR DIQQATIGA

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 3 maydagi 5032-sonli farmoniga asosan Qoraqalpogʻiston Respublikasi, Jizzax, Namangan, Sirdaryo, Surxondaryo hamda Toshkent viloyatlarida “Nukus-farm”, “Zomin-farm”, “Kosonsoy-farm”, “Sirdaryo-farm”, “Boysun-farm”, “Boʻstonliq-farm” va “Parkent-farm” erkin iqtisodiy zonalari tashkil qilindi.

Ushbu farmon ijrosini taʼminlash hamda amalga oshiriladigan ishlarni   nazorta qilish boʻyicha “Mikrokreditbank” ATB Jizzax viloyatining Zomin tumanida tashkil etilgan “Zomin-farm” erkin iqtisodiy zonasiga muvofiqlashtiruvchi bank sifatida biriktirilgan.

Respublikamizning farmatsevtika tarmogʻini rivojlantirishga yoʻnaltirilgan investitsiya loyihalarini amalga oshirishda xorijiy va mahalliy investitsiyalarni faol jalb etish uchun qulay shart-sharoitlar tashkil qilinganligini hamda Zomin tumanida dorivor oʻsimliklar yetishtirishning noyob sharoitlari mavjudligini inobatga olgan  holda xorijiy va mahalliy investorlarni “Zomin-farm” erkin iqtisodiy zonasida loyihalarni amalga oshirish uchun taklif qilamiz.

 

Zomin hududi tabiiy shifoxona sanalib, dorivor oʻsimliklarning 80 turi mavjud. Ushbu hudud mahalliy dorivor vositalarini ishlab chiqarish uchun juda qulay hisoblanadi.

Kovul –oyogʻimiz ostidagi xazina

Jumladan, birgina Kovul oʻsimligini misol qilib keltirsak ham boʻladi. Ushbu dorivor oʻsimlik Jizzax viloyatining Zomin, Gʻallaorol, Forish, Sharof Rashidov tumanlarida koʻplab uchratish mumkin. Kovul ildizidan bargigacha shifobaxsh. Shu bois u farmatsevtika sanoatida qimmatbaho xom ashyo sifatida juda qadrlanadi.Mevasi tarkibida saponinlar, alkaloidlar, uglevodlar, askorbin kislota, moy, ildiz poʻstlogʻida staxidrin alkaloidi mavjud. Erta bahordan kavlab olingan ildizi quritilib, allergiyaga moyil bemorlar uchun dori tayyorlanadi. Gullash mavsumidan oldin ham allergiyaga em boʻladigan qaynatma qilinadi. Qayd etilishicha, oʻsimlikning ildiz qismidan olinadigan daslama gepatitga shifo boʻlsa, poyasi va bargi teri kasalliklariga, mevasi tarkibidagi yod buqoqdan aziyat chekadigan insonlarga naf keltiradi. Jahon farmatsevtika sanoatida mazkur tavsiyalar asosida dorilar tayyorlash keng yoʻlga qoʻyilgan.

Ushbu oʻsimlik Fransiya, Ispaniya, Italiya, Jazior hamda Kiprda, Gretsiya va Shimoliy Amerikada madaniylashtirilgan. Yurtimizning togʻ yon bagʻirlarida hududlarida esa tabiiy holda oʻsadi. Yer bagʻirlab oʻsadigan ushbu tikanli buta joy tanlamaydi, suvsizlikka va sovuqqa chidamli. May oyidan oktyabr oyigacha oʻsadi. Kovul oʻsimligi nafaqat dori tayyorlashda ishlatiladi, bu oʻsimlik koʻpgina davlatlarda xushbuy va foydali ziravor sifatida ham ishlatiladi.


 Trikotaj matolar va tikuv mahsulotlarni ishlab chiqarish loyihasi

 Loyihaning
umumiy qiymati:
 1,23 mln. AQSH dollari
 Oʻz mablagʻlari:  0,64  mln. AQSH dollari
 Kredit mablagʻlari:  0,60   mln. AQSH dollari
 Maqsadi:  Trikotaj matolar va tikuv mahsulotlarni ishlab chiqarish.
 Loyihani qoplash davri:  4 yil
 Yaratiladigan ish oʻrni:  75 ta

 

 


  Mikrokreditbank” aksiyadorlik - tijorat banki boʻyicha Qishloq xoʻjaligini rivojlantirish Xalqaro fondi (IFAD) kredit liniyasi toʻgʻrisida.(Revolver)
MAʼLUMOT

I. Xorijiy moliya institutining kredit liniyasi toʻgʻrisida maʼlumot
Kelishuv sanasi va nomeri 19.04.20172000000714
Kelishuvga oid Xukumat qarori sanasi va nomeri 22.02.2017      PQ-2795  
Hukumat kafolati mavjudligi Hukumat kafolati
Kredit kelishuvining miqdori 3 300 000 AQSH dollari (2 349 590 SPZ)
Xorijiy kredit muassasasining foiz stavkasi Xorijiy valyutada ajratilgan kredit uchun 2,65%
Kredit liniya oʻzlashtirilishining oxirgi sanasi 2017-2037 y
Kredit liniyasi mablagʻlarining yoʻnaltirish sohasi “Oʻzbekistonda sutni qayta ishlash tarmogʻida qoʻshilgan qiymat tizimini rivojlantirish”
Kredit liniyasi mablagʻlarining yoʻnaltirish maqsadi Tadbirkorlarga sutni qayta ishlash tarmogʻi bilan bogʻliq loyihalarini moliyalashtirish uchun kreditlar ajratish
   
II. Xorijiy kredit liniyasi yoki grant hisobidan kichik biznes va xususiy tadbirkorlik subyektlariga kredit ajratish toʻgʻrisida maʼlumot
Har bir loyiha boʻyicha ajratiladigan kreditning minimal va maksimal summasi  -Qoramol sotib olish, sutni sogʻib  oluvchi ixcham (portativ)  uskunasi va shunga oʻxshash usnunalar sotib olishga dehqon xoʻjaliklariga 10.000 AQSHdollarigacha;
-Sut maxsulotlarini saqlash, qayta ishlash va qadoqlash uskunalarini sotib olish, sutni sogʻib  olish uskunasi sotib olish,  sut va sut maxsulotlarini tashishga moʻljallangan maxsus texnikalar sotib olish, naslli qoramol, ozuqa va yem-xashak ishlab chiqaruvchi, yigʻib oluvchi va qayta ishlovchi texnika va uskunalar sotib olish uchun fermer xoʻjaliklariga 100.000 AQSH dollargacha;
-Xususiy   veterinariya xizmatlarini tashkil etish  uchun, veterinariya jihozlari va dori-darmonlarini sotib olish, yem-xashak tayerlash texnoligiyalari uchun                 10.000 AQSH dollaridan 100.000 AQSH dollargacha;
- Sut yigʻuvchi markazlar tashkil etish va yangi texnoligiyalar bilan taʼminlash, sut maxsulotlarini saqlash, qayta ishlash va qadoqlash uskunalarini sotib olish, aylanma mablagʻni toʻldirish va boshqa shu sohaga tegishli loyihalar  uchun  250.000 AQSH dollargacha;
Mazkur kredit liniya hisobidan ajratiladigan kreditning maksimal muddati Qisqa muddatli-24 oygacha boʻlgan muddatga
Uzoq  muddatli- 5 yilgacha  boʻlgan muddatga
Ajratiladigan kredit uchun mijoz tomonidan toʻlanadigan yillik foiz toʻlovlari Xorijiy valyutada ajratilgan kredit uchun 5%
Kichik biznes va xususiy tadbirkorlik subyektlarining loyihani moliyalashtirishdagi ulushi  20 %  dan kam boʻlmagan miqdorda
   
Tashqi iqtisodiy aloqalar Milliy banki orqali Xitoy davlati “Eksimbank” kredit liniyasi toʻgʻrisida
 Kreditor Xitoyning Eksimbanki
 Kredit liniyasi mablagʻlarining yoʻnaltirish sohasi Kichik biznes va xususiy tadbirkorlik faoliyatini qoʻllab quvvatlash maqsadi uchun kreditlar ajratish.
Kredit liniyasi mablagʻlarining yoʻnaltirish maqsadi     Jami kredit miqdorining 50% dan kam boʻlmagan qismi Xitoy davlatidan sotib olinidigan ishlab chiqarish usunalari va maxsus texnikalarga yoʻnaltirilishi shart
 Kredit kelishuvining miqdori (valyutasi)  10 000 000,0 AQSH dollari
 Mazkur kredit liniya hisobidan ajratiladigan kreditning maksimal muddati  5 y
 Loyiha boʻyicha beriladigan imtiyozli davr  12 oyga qadar
 Xorijiy kredit muassasasining foiz indikativ stavkasi (suzuvchi foiz stavkasi, moliyalashtiriladigan loyihalar boʻyicha individual marjalari asosida)  6 oylik LIBOR + yillik 8,5%
 Boshqaruv komissiyasi miqdori 1% (bir martalik)
 Majburiyat uchun komissiya toʻlovi  Kreditning oʻzlashtirilmagan kismiga yillik 0,5% miqdorida.  Ushbu komissiya toʻlovi foiz toʻlovlari vaqtida toʻlanadi.
 Toʻlovlar davri     Har 6 oyda
 Kredit boʻyicha mijoz toʻlaydigan boshqa komissiyalari turlari va miqdorlari  Muddatidan oldindan soʻndirilgan qarzlar uchun 2% miqdorida jami ushbu mablagʻlardan komissiya undiriladi
 Kredit qarzdorligini soʻndirish  Kredit qarzdorligi va foizlari qaytarish milliy valyutadagi mablagʻlarni birja kursida konvertatsiya qilish orqali amalga oshiriladi.
   
   

 

Valyutalar kursi

08.05.2019 holatiga kora

Sotib olish Sotish OzR MB
USD 8420.00 8470.00 8448.89
EUR 8800.00 9500.00 9462.76
GBR 10600.00 11200.00 11128.03
JPY 73.00 77.00 76.05

Valyutalar konvertori

 

Jismoniy shaxslar bilan ishlash bo’limi:

Telefon: +998 71 2029999 (ichki 1158)

 

Bo’lim rahbari:

Ilashev Alijon

 

Sorovnoma

Sayt haqida fikringiz