Yuridik shaxslar uchun xizmatlar

Nashr uchun talqin

 

"Mikrokreditbank" aksiyadorlik-tijorat banki kichik biznes, xususiy tadbirkorlik hamda fermerlikni rivojlantirish, yakka tartibdagi mehnat faoliyatini, oilaviy biznes va kasanachilikni faollashtirish yo`li bilan yangi ish o`rinlarini yaratish, ayniqsa qishloq joylarida aholi keng tabaqalarining mikromoliyaviy xizmatlardan bahramand bo`lishini ta`minlash uchun moliyaviy mablag`lar berishni yanada kengaytirishga da`vat etilgan.

Bugungi kunda respublikamizning barcha mintaqalaridagi bankning 71 ta filiali, 25 ta bank xizmatlari markazi va 55 ta mini-banklari tomonidan 500 mingdan ortiq aholi hamda tadbirkorlik subyektlariga bank xizmatlaridan foydalanish imkoniyati ta'minlanmoqda.

"Mikrokreditbank" aksiyadorlik-tijorat banki o`z mijozlariga milliy hamda chet el valyutasida quyidagi bank xizmatlarini ko`rsatadi:

  • jismoniy va yuridik shaxslarning, shu jumladan vakil banklarning xisob-varaqalarini ochish va hisob-varaqalar bo`yicha hisob-kitob yuritish;
  • omonatlarni jalb qilish;
  • kreditlar va uning foizlarini o`z vaqtida qaytarilishini ta`minlash bilan, o`z mablag`lari va jalb etilgan mablag`lar hisobidan o`z nomidan kreditlar berish;
  • mablag` egasi yoki mablag`ni tasarruf etuvchi bilan tuzilgan shartnomaga binoan pul mablag`larini boshqarish;
  • pul mablag`larining to`lov va hisob-kitob xujjatlarini inkassa qilish;
  • uchinchi shaxslar nomidan majburiyatlarning bajarilishini talab qilish huquqini olish;
  • qimmatli qog`ozlar chiqarish, xarid qilish, sotish, ularning hisobini yuritish va saqlash, mijoz bilan tuzilgan shartnomaga binoan qimmatli qog`ozlarni boshqarish, qimmatli qog`ozlar bilan boshqa operasiyalarni bajarish;
  • bank faoliyati yuzasidan maslahat va axborot xizmati ko`rsatish;
  • jismoniy va yuridik shaxslarga hujjatlar va boshqa boyliklarni saqlash uchun maxsus binolar yoki ular ichidagi po`lat sandiqlarni ijaraga berish;
  • xalqaro pul ko`chirish xizmatlarini amalga oshirish;
  • moliya lizing xizmatlari ko`rsatish.

 Xizmat ko`rsatish tariflari 

   

Valyutalar kursi

12.02.2020 holatiga kora

Sotib olish Sotish OzR MB
USD 9510.00 9560.00 9539.16
EUR 10300.00 10700.00 10438.70
GBR 12000.00 12400.00 12296.93
JPY 85.00 90.00 86.94

Valyutalar konvertori

 

Jismoniy shaxslar bilan ishlash bo’limi:

Telefon: +998 71 2029999 (ichki 1158)

 

Bo’lim rahbari:

Ilashev Alijon

 

Jismoniy shaxslar uchun mobil ilova

 

 

Sorovnoma

Qaysi bank xizmatlari sizni ko'proq qiziqtiradi?