Kreditlash
Nashr uchun talqin
Yuridik shaxslar uchun "Business online" kredit |
||||
Kredit oluvchi |
Bankning "Mobile bankning" yoki "Internet banking" ilovasi orqali skoring tahlili va oferta shartnomasi orqali doimiy savdo tushumiga ega bo'lgan tadbirkorlik subyektlari (skoring tahlilda faqat tadbirkorlik faoliyati doirasidagi tushumlar inobatga olinadi, moliyaviy yordam, ustav jamga'rmasini to'ldirish mazmunidagi tushumlar skoring jarayonida inobatga olinmaydi). |
|||
Kredit maqsadi |
- Tadbirkorlik faoliyatida aylanma mablag‘larini shakllantirish va to‘ldirish - Kredit mablag'lari "Mobile bankning" yoki "Internet banking" ilovasi orqali online tarzda qarz oluvchining asosiy hisobraqamiga pul ko'chirish orqali ajratiladi |
|||
Muddati va Foizi |
Kredit mablag`lari 12 oy muddatda - 3 oyga teng taqsimlangan holda qaytarish sharti bilan revolver tarzda ajratiladi. |
|||
Miqdori (bazaviy hisoblash miqdori) |
Asosiy hisobraqami orqali so'nggi 6 oylik kredit aylanmasi o'rtacha 1 oylik miqdorining 3 baravarigacha, lekin 50 mln.so'mdan oshmagan miqdorda ajratiladi |
|||
Ta’minot turi |
- Tadbirkorlik subyektining hisobraqamida har oy tushum mavjud bo'lishi kerak |
|||
Kredit ajratilmaydigan holatlar |
- Mijoz tushumining uzluksizligi ta'minlanmaganda hamda boshqa kreditlari bo'yicha muddati o'tgan kredit/foiz qarzdorliklari (ÈÀÁÑ, ÊÀÒÌ) yoki "Kartoteka-2" qarzdorligi (ÈÀÁÑ) mavjud bo'lgan har qanday holatda; - Avval ajratilgan online kreditlari bo'yicha kredit qarzdorligi mavjud bo'lganda; - To'lov muddati bo'yicha 15 kunga kechiktirilgan asosiy yoki fozi qarzdorligi yuzaga kelgan mijozlarga qaytadan online kredit ajratilmaydi |
Kichik tadbirkorlik subyektlarini milliy valyutada kreditlash
|
||||
Kredit oluvchi |
Yakka tartibdagi tadbirkorlar, mikrofirmalar, kichik korxonalar, dehqon va fermer xo‘jaliklari hamda oilaviy korxonalar |
|||
Kredit maqsadi |
Tadbirkorlik faoliyatida aylanma mablag‘larini shakllantirish va to‘ldirish |
|||
Muddati va foizi |
- qarz oluvchi o‘z faoliyatini boshlashi uchun aylanma mablag‘larni shakllantirish va to`ldirishga 12 oy va undan kam muddatda – yillik 23 foizdan kam bo`lmagan miqdorda 12 oydan ortiq – yillik 24 foizdan kam bo`lmagan miqdorda |
|||
|
|
|||
Miqdori (bazaviy hisoblash miqdori) |
Taqdim etilgan loyiha doirasida |
|||
Ta’minot turi |
- uchinchi shaxs kafilligi; - kredit qaytmaslik xatari bo‘yicha sug‘urta polislari; - kredit hisobiga sotib olinayotgan mol-mulklar; - likvidli mol-mulk; - Tadbirkorlik faoliyatini rivojlantirishni qo‘llab-quvvatlash davlat jamg‘armasining kafilligi; - qonun hujjatlari doirasidagi boshqa ta’minot turlari. |
Kichik tadbirkorlik subyektlariga aylanma mablag‘larni to‘ldirish uchun uzoq muddatga tuziladigan Bosh bitim doirasida qisqa muddatli ochiq kredit liniyasi ochgan holda kreditlar ajratish
|
||||
Kredit oluvchi |
tegishli tartibda davlat ro‘yxatidan o‘tgan va o‘z faoliyatini yuritayotgan yuridik shaxs yoki yakka tartibdagi tadbirkor |
|||
Kredit maqsadi |
uzluksiz ishlab chiqarish va savdo faoliyatida tovarlar, xom-ashyo va materiallar olish orqali aylanma mablag‘larni to‘ldirish |
|||
Muddati va foizi |
36 oy muddatga tuziladigan Bosh kelishuv doirasida har 12 oyga ochiq kredit liniyasi orqali kreditlash. |
|||
Miqdori (bazaviy hisoblash miqdori) |
shartnoma asosida (hisob raqami orqali doimiy pul oqimiga ega bo‘lgan tadbirkorlik subyektlariga) |
|||
Kredit ajratish sharti |
Asosiy hisob raqami orqali muntazam pul oqimiga ega bo'lgan kamida 3 oydan buyon tadbirkorlik faoliyati bilan shug'ullanib kelayotgan va ijobiy kredit tarixiga ega bo'lgan tadbirkorlik subyektlariga ajratiladi. |
|||
Ta’minot turi |
- uchinchi shaxs kafilligi; - kredit qaytmaslik xatari bo‘yicha sug‘urta polislari; - kredit hisobiga sotib olinayotgan mol-mulklar; - likvidli mol-mulk; - Tadbirkorlik faoliyatini rivojlantirishni qo‘llab-quvvatlash davlat jamg‘armasining kafilligi; - qonun hujjatlari doirasidagi boshqa ta’minot turlari |
Asbob-uskunalar, ko`char-ko`chmas mulklar hamda boshqa asosiy vositalarni harid qilish, qurilish-ta'mirlash ishlarini amalga oshirish bilan bog`liq, shuningdek, boshqa investitsion loyihalarga kredit ajratish
|
||||
Kredit oluvchi |
Yuridik shaxs maqomiga ega tadbirkorlik subyektlari |
|||
Kredit maqsadi |
-korxona va ishlab chiqarish quvvatlari (obyektlari) qurilishiga; - bino va inshootlar qurilishiga; - faoliyat yuritayotgan ishlab chiqarish obyektlarini rekonstruksiya qilish, kengaytirish, modernizatsiya qilish, texnik va texnologik jihatdan qayta jihozlashga; - ishlab chiqarishga mo‘ljallangan asosiy fondlarni, texnika va texnologiyalarni, asbob-uskuna va transport vositalarini sotib olishga; - yirik investitsiya loyihalari tashabbuskorlariga loyiha-smeta hujjatlarini ishlab chiqish va ularni investitsiya loyihasini amalga oshirish uchun qabul qilishda umuman loyihani moliyalash uchun beriladigan kreditning umumiy summasiga kiritgan holda, ekspertizadan o‘tkazish bo‘yicha harajatlarni moliyalashga. |
|||
Muddati va foizi |
12 oygacha – yillik 23 foizdan kam bo`lmagan miqdorda 24 oygacha – yillik 24 foizdan kam bo`lmagan miqdorda 36 oygacha – yillik 25 foizdan kam bo`lmagan miqdorda 60 oygacha – yillik 26 foizdan kam bo`lmagan miqdorda |
|||
|
||||
Miqdori (bazaviy hisoblash miqdori) |
Loyiha qiymatidan kelib chiqib |
|||
Ta’minot turi |
- uchinchi shaxs kafilligi; - kredit qaytmaslik xatari bo‘yicha sug‘urta polislari; - kredit hisobiga sotib olinayotgan mol-mulklar; - likvidli mol-mulk; - Tadbirkorlik faoliyatini rivojlantirishni qo‘llab-quvvatlash davlat jamg‘armasining kafilligi; - qonun hujjatlari doirasidagi boshqa ta’minot turlari. |
|||
Boshqa shartlar |
investitsion loyihada tashabbuskorning o‘z ulushi kamida 30 foizni tashkil qilishi hamda loyiha ijobiy iqtisodiy samaradorlik ko‘rsatkichlariga ega bo‘lishi lozim |
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 21-dekabrdagi “Oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirish va aholining daromad manbaini kengaytirishga doir qo`shimcha chora-tadbirlari to‘g‘risida” gi PQ-55- sonli qaroriga asosan, yagona elektron platforma orqali aholiga oʼzini-oʼzi band qilish uchun kreditlar belgilangan mezonlar asosida skoring baholash natijalariga koʼra avtomatlashtirilgan holda kreditlar ajratiladi
|
||||
Kredit oluvchi |
"Oilaviy tadbirkorlik" dasturi doirasida imtiyozli kreditlar Oʼzbekiston Respublikasi 2021-yil 20-dekabrdagi PQ-55-sonli qaroriga asosan ajratiladi.
|
|||
Kredit maqsadi |
Aholi bandligini ta'minlash, tadbirkorlarning ishlab chiqarish va xizmat ko`rsatish imkoniyatlarini oshirish maqsadida xizmatlar va tovarlar uchun to`lovlarni amalga oshirish (umumiy ovqatlanish va savdo faoliyatida aylanma mablag`larni to`ldirish uchun ajratilmaydi). |
|||
Muddati va miqdori |
*Faqatgina, bog'dorchilik, uzumchilik, limonchilikni tashkil etish uchun 3 yilgacha imtiyozli davr bilan 7 yilgacha muddatda kreditlar ajratiladi |
|||
Foizi
|
14 foiz |
|||
Yuridik shaxslar uchun Ta’minot turi |
- uchinchi shaxs kafilligi; - kredit qaytmaslik xatari bo‘yicha sug‘urta polislari; - likvidli mol-mulk; - Tadbirkorlik faoliyatini rivojlantirishni qo‘llab-quvvatlash davlat jamg‘armasining kafilligi; - qonun hujjatlari doirasidagi boshqa ta’minot turlari. |
|||
Kreditni olish uchun |
oilakredit.uz elektron platformasi orqali murojaat qilinadi. * Kredit olish uchun arizalar barcha bosqichlarda onlayn ko'rib chiqiladi va har bir bosqichda qabul qilingan qaror to'g'risida SMS-xabarnoma, elektron pochta yoki shaxsiy kabinet orqali ma'lumot berib boriladi. |
Xoʼjalik yurituvchi subyektlarga ish haqi uchun kreditlar berish |
||||
Kredit oluvchi |
Yalpi iqtisodiyot yoki alohida tarmoqlar faoliyati uchun zarur boʼlgan mahsulot ishlab chiqarish yoki alohida muhim topshiriqlarni bajarish, shuningdek yaqin 45 kun ichida real pul oqimlariga ega davlat buyurtmalarini amalga oshirish sababli, moliyaviy-xoʼjalik faoliyati yakuniy natijalariga bogʼliq boʼlmagan va obyektiv sabablarga koʼra vaqtinchalik bank hisobvaragʼlarida zarur pul mablagʼlari mavjud boʼlmagan korxonalar |
|||
Muddati |
60 kungacha muddatga |
|||
Foizi |
Yillik 23 foizdan kam bo`lmagan miqdorda |
|||
Miqdori |
Ish haqiga kreditlar bir oy uchun hisoblangan ish haqi summasi, shuningdek yagona ijtimoiy toʼlovga yoʼnaltiriladigan va daromad soligʼi toʼloviga ajratiladi. Baʼzi hollarda, iqtisodiyotning bazaviy tarmoqlari tarkibiga kiruvchi yirik korxonalarning talablaridan kelib chiqib, bir necha oyga hisoblangan ish haqiga ham kreditlar berilishi mumkin. |
|||
Ta’minot turi |
- likvidli mol-mulk; - qonun hujjatlari doirasidagi boshqa ta’minot turlari. |
|||
Quyidagi hollarda ish haqiga kredit berish taʼqiqlanadi: |
a) agar korxona bank filialiga kreditni soʼndirish manbalari toʼgʼrisida aniq va ishonchli maʼlumot taqdim etmasa; b) agar korxona tomonidan uzoq davr mobaynida moliyaviy va xoʼjalik uzilishlarga yoʼl qoʼyilgan boʼlsa; v) kreditni soʼndirishning aniq manbalari mavjud boʼlmaganda. |
Kichik biznes subyektlariga lizing xizmatlari koʼrsatish |
||||
Lizing oluvchi |
Yuridik shaxs maqomiga ega kichik biznes subyektlari, mikrofirmalar, kichik korxonalar, dehqon va fermer xoʼjaliklari hamda oilaviy korxonalar |
|||
Maqsadi |
Bir taraf (lizing beruvchi) ikkinchi tarafning (lizing oluvchining) topshirigʼiga binoan uchinchi tarafdan (sotuvchidan) lizing shartnomasida shartlashilgan mol-mulkni (lizing obyektini) mulk qilib sotib olishni va uni shu shartnomada belgilangan shartlarda haq evaziga egalik qilish va foydalanish uchun lizing oluvchiga oʼn ikki oydan ortiq muddatga beriladi. |
|||
Muddati va foizi |
36 oygacha – 26 foizdan kam bo`lmagan miqdorda 60 oygacha – 27 foizdan kam bo`lmagan miqdorda |
|||
|
||||
Miqdori |
Loyiha qiymatidan kelib chiqib, shartnoma asosida |
|||
Ta’minot turi |
- uchinchi shaxs kafilligi; - qaytmaslik xatari bo‘yicha sug‘urta polislari; - likvidli mol-mulk; - Tadbirkorlik faoliyatini rivojlantirishni qo‘llab-quvvatlash davlat jamg‘armasining kafilligi; - qonun hujjatlari doirasidagi boshqa ta’minot turlari. |
Kichik biznes subyektlari uchun faktoring amaliyotlarini amalga oshirish |
||||
Faktoring operatsiyasidan foydalanuvchi |
Yuridik shaxs maqomiga ega kichik biznes subyektlari, mikrofirmalar, kichik korxonalar, dehqon va fermer xoʼjaliklari hamda oilaviy korxonalar |
|||
Maqsadi |
Debetorlik qarzdorlikni sotib olish (Xoʼjalik yurituvchi subyektlar — yetkazib beruvchilarni moliyalash maqsadida, ular bank — moliyaviy agentga yetkazib berilgan tovarlar, bajarilgan ishlar yoki koʼrsatilgan xizmatlar uchun toʼlovchilar tomonidan aktseptlangan, lekin toʼlov talabnomalari boʼyicha haqi toʼlanmagan toʼlovni, regress huquqisiz, olish huquqi). |
|||
Muddati |
90 kun muddatgacha |
|||
Diskont foizi |
12 foizdan kam boʼlmagan miqdorda |
|||
Miqdori |
Loyiha qiymatidan kelib chiqib, shartnoma asosida |
|||
Asosiy sharti: |
Faktoring operatsiyalari: - byudjet tashkilotlariga taqdim etiladigan talablar boʼyicha; - jismoniy shaxslarning qarz majburiyatlari boʼyicha; - toʼlovga noqobil deb eʼlon qilingan korxonalarning majburiyatlari boʼyicha; - zarar koʼrib ishlaydigan korxonalar boʼyicha; - kapital qoʼyilmalarni moliyalash boʼyicha; - eksportga oid konsignatsiya kontraktlari boʼyicha; - kompensatsiya va barter bitimlari boʼyicha; - ishga bosqichma-bosqich yoki boʼnak bilan haq toʼlash boʼyicha; - toʼlovchi shartnomada shartlangan vaqt mobaynida, shuningdek, sotish xizmati koʼrsatilganidan keyin mahsulotni qaytarish huquqiga ega boʼlgan oldi-sotdi shartnomalari boʼyicha amalga oshirilishi mumkin emas. |
Valyutalar kursi
04.07.2022 holatiga ko’ra
Sotib olish | Sotish | O’zR MB | |
---|---|---|---|
USD | 10850.00 | 10905.00 | 10850.10 |
EUR | 11000.00 | 12000.00 | 11344.86 |
GBR | 12600.00 | 13600.00 | 13094.99 |
JPY | 77.00 | 90.00 | 79.99 |
Valyutalar konvertori
Bank xizmatlari iste'molchilari huquqlarini himoya qilish boshqarmasi:
Telefon: +998 71 202-99-99
1285 (ichki 1299)
BANK HAQIDA
- Bank haqida
- Litsenziyalar
- Aksiyadorlar
- Bank kengashi
- Rahbariyat
- Boshqaruv Raisi
- Qabul kunlari
- Asosiy ko`rsatkichlar
- Tarkibiy bo‘linmalar
- Bank nazorati
- Biz bilan bog`lanish
- Filiallar
- Bank hamkorlari
- Bo`sh ish o`rinlari
- Tender va tanlovlar
- Fotogalereya
- Taklif sahifasi
- Bank xizmatlar markazi
- Bank homiyligi
- Davlat dasturlari ijrosi
- Ichki valyuta bozorida etika kodeksi
JISMONIY SHAXSLARGA
YURIDIK SHAXSLARGA
MOLIYAVIY TASHKILOTLARGA
INTERAKTIV XIZMATLAR
- Jismoniy shaxslarga kredit olish uchun onlayn buyurtmanoma
- Yuridik shaxslarga kredit olish uchun onlayn buyurtmanoma
- Yakka tartibdagi tadbirkorlarga kredit olish uchun onlayn buyurtmanoma
- Kartochka yo’qotilganda yoki qulflanib qolganda kartochka ochish uchun ariza
- To`lov terminali olish uchun onlayn ariza
- Me`yoriy hujjatlar
- Internet banking
- Bank bilan bog`lanish
- Iste`mol krediti onlayn-kalkulyatori
- Axborotni oshkor qilish
- Bazaviy interaktiv xizmatlar
- Aksariyat beriladigan savollar
- Murojaatlar statistikasi