Press center

Nashr uchun talqin
Toshkent shahar Amaliyot boshqarmasida navbatdagi sayyor qabul tashkil etildi.
6.06.2018

Toshkent shahar Amaliyot boshqarmasida navbatdagi sayyor qabul tashkil etildi.

Mazkur sayyor qabulda Jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari bilan ishlash boshqarmasi boshlig‘i K.Isayev, Kreditlash departamenti bo‘lim boshlig‘i U.Xo‘jaqulov va Amaliyot boshqarmasi boshlig‘i Z.Axmedovlar ishtirok etib, aholi va tadbirkorlarga bank faoliyatiga oid xususan, bankning asosiy faoliyat turlari, kredit mablag‘lari ajratish, bank omonatlari, plastik kartochka va terminallar ajratish, internet-bank xizmatlari, xalqaro pul o‘tkazmalari amaliyotlari, bank tariflari va boshqa bir qator bank xizmatlari bo‘yicha atroflicha ma’lumot va tushunchalar berib o‘tildi.

Shu bilan birga, o‘tgan davr mobaynida bank filiallari tomonidan mijozlarga bir qator bank xizmatlari ko‘rsatilganligi, pensiya, nafaqa va omonatlarni o‘z vaqtida berilayotganligi, avtokredit, savdo krediti, iste’mol kreditlari jumladan, ichki turizmni rivojlantirish hamda sayohat uchun xam is’temol kreditlari ajratib berilayotganligi ta’kidlanib, bank filiallari tomonidan amalga oshirilayotgan ishlarning barchasi xalq farovonligi, ularning daromadlarini oshirish va kredit mablag‘lari ajratilishida yangi ish o‘rni yaratilishi evaziga ish bilan ta’minlanishida muhim ahamiyatga ega ekanligi alohida ta’kidlandi.

Sayyor qabul davomida 8 ta murojaat ko‘rib chiqildi, shundan, 6 tasi kredit, 2 tasi bank xizmatlari masalasiga taalluqli bo‘ldi.

Kelib tushgan 8 ta murojaatdan 3 tasi joyida hal etildi, 5ta murojaatda ko‘tarilgan masalalarijrosi yuzasidan tegishli mas’ul ijrochilarga zaruriy ko‘rsatmalar berildi hamda ijrosi qat’iy nazoratga olindi.

Currency rates

Updated on 20.03.2019

Buy Sell CB
USD 8350.00 8400.00 8403.19
EUR 9300.00 9600.00 9530.06
GBR 10600.00 11200.00 10967.84
JPY 73.00 77.00 75.92

Currency converter

 

Jismoniy shaxslar bilan ishlash bolimi:

Telefon: +998 71 1234567 (ichki 100)


Bolim rahbari:

Isomova Dilbar Ahrorovna

isomova.d@mkb.uz

How do you like our new site?