Prezidentning 5 may 2006 yildagi Qarori
Nashr uchun talqinHujjatni yuklab olish (doc, 28 KB)
O`ZBEKISTON RESPUBLIKASI PREZIDENTINING FARMONI
05.05.2006 y. N PF-3750
"MIKROKREDITBANK" AKSIYADORLIK TIJORAT BANKINI TASHKIL ETISH TO`G`RISIDA
Kichik biznes, xususiy tadbirkorlik hamda fermerlikni rivojlantirish, yakka tartibdagi mehnat faoliyatini, oilaviy biznes va kasanachilikni faollashtirish yo`li bilan yangi ish o`rinlarini yaratish, ayniqsa qishloq joylarda aholi keng tabaqalarining mikromoliyaviy xizmatlardan bahramand bo`lishini ta`minlash uchun moliyaviy mablag`lar berishni yanada kengaytirish maqsadida:
1. "Tadbirkor" aksiyadorlik tijorat banki negizida "Mikrokreditbank" aksiyadorlik tijorat bankini tashkil etish to`g`risida;
Ilovaga muvofiq, uning aksiyadorlari tarkibi va ustav sarmoyasini ko`paytirish to`g`risida "Tadbirkor" aksiyadorlik tijorat banki aksiyadorlari umumiy yig`ilishining qaroriga, shuningdek O`zbekiston Respublikasi Markaziy banki, Moliya vazirligi va tijorat banklarining takliflariga rozilik berilsin.
"Mikrokreditbank" "Tadbirkor" aksiyadorlik tijorat bankining barcha huquq va majburiyatlari bo`yicha, shu jumladan mulkiy, moliyaviy va boshqa majburiyatlari, shuningdek yuridik va jismoniy shaxslarning pul mablag`lari saqlanishi hamda o`z vaqtida qaytarilishini kafolatlaydigan talabnomalari bo`yicha huquqiy vorisi hisoblanadi.
2. Quyidagilar "Mikrokreditbank"ning asosiy vazifalari etib belgilansin:
kichik biznes, xususiy tadbirkorlik sub`ektlariga, fermer va dehqon xo`jaliklariga o`zlarining ishlab chiqarish faoliyatini mustahkamlash va kengaytirishlari uchun mikrokreditlar berish, keng ko`lamdagi bank hamda konsalting xizmatlari ko`rsatish;
mikrokreditlar berish hamda mikrolizing yo`li bilan mikrofirmalar, oilaviy biznes va kasanachilik rivojlanishini rag`batlantirish va qo`llab-quvvatlash hisobiga tadbirkorlik sohasi kengayishiga ko`maklashish;
qarz oluvchi tomonidan taqdim etiladigan biznes-rejani, uning moliyaviy holatini, kreditni to`lash bo`yicha majburiyatlarni ta`minlash manbalarini sinchiklab tahlil etish asosida mikrokreditlarning qaytarilishini ta`minlash;
mikrokredit berish va mikrolizing bo`yicha xizmatlar ko`rsatishni kengaytirish uchun xalqaro moliya institutlari hamda yetakchi xorijiy banklarning imtiyozli kreditlari, investisiya va grantlarini jalb etish;
ayniqsa qishloq joylarda, kichik biznes va xususiy tadbirkorlik sub`ektlariga xizmat ko`rsatish uchun qo`shimcha imkoniyatlarni ta`minlaydigan filiallar va mini-banklar tizimi orqali moliyaviy infratuzilmani yanada rivojlantirish.
3. Belgilansinki, "Mikrokreditbank" mintaqaviy, asosan qishloq joylardagi filiallari va mini-banklari tizimi orqali:
tadbirkorlik faoliyatini boshlash uchun imtiyozli mikrokreditlarni yiliga 5 foizdan yuqori bo`lmagan foiz stavkasida, eng kam ish haqining 200 karragacha miqdorida 18 oygacha bo`lgan muddatga;
kichik biznes sub`ektlari faoliyatini kengaytirish va aylanma mablag`larini to`ldirishga mikrokreditlarni Markaziy bankning qayta moliyalash stavkasidan yuqori bo`lmagan stavka bo`yicha, eng kam ish haqining 500 karragacha miqdorida 24 oygacha bo`lgan muddatga beradi;
kichik biznes sub`ektlari uchun Markaziy bankning qayta moliyalash stavkasining 50 foizidan yuqori bo`lmagan stavka bo`yicha, eng kam ish haqining 2000 karragacha miqdorida 3 yilgacha bo`lgan muddatga imtiyozli mikrolizing bo`yicha xizmatlar ko`rsatadi.
Shu bilan birga, tadbirkorlik faoliyatini boshlash uchun ilgari olgan mikrokreditini o`z vaqtida va to`liq qaytargan hamda u bo`yicha qo`shilgan foizlarni to`lagan tadbirkorlik sub`ektlari biznesni rivojlantirishga keyingi mikrokreditlarni olish hamda "Mikrokreditbank" xizmatlaridan foydalanish uchun ustunlik huquqiga ega bo`ladilar.
4. "Mikrokreditbank" mikrokreditlarni rasmiylashtirishda byurokratizm va rasmiyatchilik hollariga yo`l qo`ymasin. Shunday tartib o`rnatilsinki, bunda qarz oluvchi tomonidan mikrokredit olish uchun taqdim etiladigan hujjatlar ro`yxati faqat:
mikrokredit olishga buyurtmanoma;
biznes-reja;
mikrokredit qaytarilishi ta`minlanishini tasdiqlovchi hujjatlar bilan cheklanadi.
rivojlantirishga keyingi mikrokreditlarni olish hamda "Mikrokreditbank" xizmatlaridan foydalanish uchun ustunlik huquqiga ega bo`ladilar.
Vazirlar Mahkamasi ikki hafta muddatda Mikrokreditlar berish va mikrolizing xizmatlari ko`rsatish tartibi to`g`risidagi muvaqqat nizomni ishlab chiqsin va tasdiqlasin.
5. Quyidagilar "Mikrokreditbank" resurs bazasini shakllantirish manbalari etib belgilansin:
aksiyadorlarning bank ustav sarmoyasini shakllantirishga yo`naltiradigan mablag`lari;
O`zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi tomonidan 2007-2010 yillar mobaynida Markaziy bankning respublika byudjeti daromadiga yo`naltiradigan foydasi hisobidan yillik 2 foiz stavka bo`yicha 10 yil muddatga 10 mlrd. so`m miqdorida beriladigan har yilgi ssudalar;
O`zbekiston Respublikasi Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligi huzuridagi Bandlikka ko`maklashuvchi davlat jamg`armasining kredit liniyalari.
6. Belgilansinki, mikromoliyalashtirish shartnomalari, shuningdek garov, kafolat shartnomalari hamda mikromoliyalashtirish bilan bog`liq boshqa shartnomalarni notarial tasdiqlash shartnoma summasining 0,1 foizi stavkasi bo`yicha amalga oshiriladi.
7. O`zbekiston Respublikasi Markaziy banki:
"Mikrokreditbank" filiallarining Kredit axboroti milliy institutining ma`lumotlar bazasiga kirishini ta`minlasin hamda qarz oluvchilarning kredit tarixi bo`yicha o`zining ma`lumotlar bazasini yaratishda "Mikrokreditbank"ka yordam ko`rsatsin;
O`zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi, Tashqi iqtisodiy aloqalar, investisiyalar va savdo vazirligi bilan birgalikda xalqaro moliya institutlari hamda yetakchi xorijiy banklarning imtiyozli kreditlari, investisiya va grantlarini jalb etishda "Mikrokreditbank"ka ko`maklashsin.
8. "Mikrokreditbank" 2015 yilning 1 yanvarigacha: (O`zR Prezidentining 10.11.2008 y. PF-4051-son Farmoni taxriridagi xat boshi)
foyda va mulk soliqlari to`lashdan; (O`zR Prezidentining 27.02.2009 y. PF-4087-son Farmoni taxriridagi xat boshi)
olib kelinadigan bank uskunalari va texnologiyalari uchun bojxona to`lovlaridan (bojxona rasmiylashtirishi uchun yig`imlardan tashqari);
bank foydasiga undirilgan mulkni sotishda qo`shilgan qiymat solig`i to`lashdan ozod qilinsin;
berilgan imtiyozlar tufayli bo`shaydigan mablag`lar maqsadli tarzda "Mikrokreditbank" ATBning moddiy-texnik bazasini mustahkamlashga yo`naltirilsin. (O`zR Prezidentining 10.11.2008 y. PF-4051-son Farmoni taxriridagi xat boshi)
9. O`zbekiston Respublikasi Markaziy banki, Adliya vazirligi manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda bir oy muddatda qonun hujjatlariga ushbu Farmondan kelib chiqadigan o`zgartish va qo`shimchalar to`g`risida Vazirlar Mahkamasiga takliflar kiritsin.
10. Mazkur Farmonning ijrosini nazorat qilish O`zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o`rinbosari R.S. Azimov va O`zbekiston Respublikasi Markaziy banki raisi F.M. Mullajonov zimmalariga yuklansin.
O`zbekiston Respublikasi Prezidenti
I. Karimov
Valyutalar kursi
19.08.2022 holatiga ko’ra
Sotib olish | Sotish | O’zR MB | |
---|---|---|---|
USD | 10940.00 | 10990.00 | 10934.97 |
EUR | 10900.00 | 12000.00 | 11120.86 |
GBR | 12600.00 | 13700.00 | 13199.60 |
JPY | 77.00 | 90.00 | 80.88 |
Valyutalar konvertori
Bank xizmatlari iste'molchilari huquqlarini himoya qilish boshqarmasi:
Telefon: +998 71 202-99-99
1285 (ichki 1299)
BANK HAQIDA
- Bank haqida
- Litsenziyalar
- Aksiyadorlar
- Bank kengashi
- Rahbariyat
- Boshqaruv Raisi
- Qabul kunlari
- Asosiy ko`rsatkichlar
- Tarkibiy bo‘linmalar
- Bank nazorati
- Biz bilan bog`lanish
- Filiallar
- Bank hamkorlari
- Bo`sh ish o`rinlari
- Tender va tanlovlar
- Fotogalereya
- Taklif sahifasi
- Bank xizmatlar markazi
- Bank homiyligi
- Davlat dasturlari ijrosi
- Ichki valyuta bozorida etika kodeksi
JISMONIY SHAXSLARGA
YURIDIK SHAXSLARGA
MOLIYAVIY TASHKILOTLARGA
INTERAKTIV XIZMATLAR
- Jismoniy shaxslarga kredit olish uchun onlayn buyurtmanoma
- Yuridik shaxslarga kredit olish uchun onlayn buyurtmanoma
- Yakka tartibdagi tadbirkorlarga kredit olish uchun onlayn buyurtmanoma
- Kartochka yo’qotilganda yoki qulflanib qolganda kartochka ochish uchun ariza
- To`lov terminali olish uchun onlayn ariza
- Me`yoriy hujjatlar
- Internet banking
- Bank bilan bog`lanish
- Iste`mol krediti onlayn-kalkulyatori
- Axborotni oshkor qilish
- Bazaviy interaktiv xizmatlar
- Aksariyat beriladigan savollar
- Murojaatlar statistikasi