Prezidentning 10 noyabr 2008 yildagi Farmoni

Nashr uchun talqin

Hujjatni yuklab olish(mdi, 33.5 KB)
 

O`ZBEKISTON RESPUBLIKASI PREZIDENTINING FARMONI
10.11.2008 y. N PF-4051

"MIKROKREDITBANK" AKSIYADORLIK TIJORAT BANKINING TADBIRKORLIK SUB`EKTLARINI QO`LLAB-QUVVATLASH BORASIDAGI FAOLIYATINI YANADA
KENGAYTIRISH CHORA-TADBIRLARI TO`G`RISIDA

"Mikrokreditbank" aksiyadorlik tijorat bankining kapitallashuvi darajasini yanada oshirish, kichik biznes va xususiy tadbirkorlikni tashkil eta boshlash hamda jadal rivojlantirish uchun qulay shart-sharoitlarni yaratishda bankning ishtirokini kengaytirish, yakka tartibdagi mehnat faoliyatini
aktivlashtirish va kasanachilikni rivojlantirish hisobiga aholi bandliligini oshirish, tadbirkorlik sub`ektlarining mini-texnologiyalarni va zamonaviy texnologik uskunalarni xarid qilish, ichki va tashqi bozorlarda raqobatbardosh mahsulotlar ishlab chiqarishni o`zlashtirish uchun imtiyozli kreditlardan keng ko`lamda foydalanishlarini ta`minlash maqsadida:
 
1. "Mikrokreditbank" aksiyadorlik tijorat banki aksiyadorlari, ¡zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi va Markaziy bankining 2008-2009 yillarda "Mikrokreditbank" aksiyadorlik tijorat bankining ustav kapitalini 1-ilovaga muvofiq qo`shimcha 72 mlrd. so`mga ko`paytirib, uning umumiy miqdorini 150 mlrd. so`mga yetkazish to`g`risidagi taklifiga rozilik berilsin.

2. Quyidagilar "Mikrokreditbank" aksiyadorlik tijorat bankining asosiy vazifalari deb hisoblansin:
maqsadli imtiyozli kreditlar ajratish orqali yangi korxonalar va ish o`rinlarini yaratish uchun boshlang`ich kapitalni shakllantirishda kichik biznes va xususiy tadbirkorlikka, ayniqsa, qishloq joylarda ko`maklashish;
tadbirkorlik sub`ektlariga o`z faoliyatini kengaytirish ³amda xom ashyo va materiallarni keyinchalik qayta ishlash uchun xarid qilish, tayyor mahsulot ishlab chiqarish va sotish, ichki bozorni respublikamizda ishlab chiqarilgan tovarlar bilan boyitish, shuning hisobiga qo`shimcha ish o`rinlari yaratish va aholi daromadlarini oshirish maqsadida o`z aylanma mablag`larini to`ldirish uchun imtiyozli kredit mablag`laridan foydalanishlariga keng yo`l ochib berish;
tadbirkorlik sub`ektlari tomonidan korxonalarni texnik hamda texnologik ji³ozlash va modernizasiya qilish uchun zamonaviy uskunalar va mini-texnologiyalarni, shu jumladan, mikrolizing shartlari asosida sotib olishlari uchun shart-sharoitlar yaratish;
fermer va dehqon xo`jaliklariga qishloq xo`jalik mahsulotlarini qayta ishlash bo`yicha mini-texnologiyalarni, chorva mol, uy parrandalari, urug`lik va ko`chatlar sotib olishga, qishloq xo`jalik mahsulotlari yetishtirish, sug`orish, tuproqqa ishlov berishning zamonaviy texnologiyalarini joriy etishga mikrokreditlar ajratish va mikrolizing bo`yicha xizmat ko`rsatish;
tadbirkorlar tomonidan ishlab chiqariladigan raqobatbardosh mahsulotlar ko`rgazma, yarmarkalarini tashkil etishda, reklama kampaniyalarini o`tkazishda, shuningdek ularni tashqi va ichki bozorlarga olib chiqishning boshqa shakllarini tashkil qilishda tadbirkorlarga yordam berish;
bank mijozlariga barcha turdagi bank xizmatlarini ko`rsatish, yangi bank mahsulot larini amaliyotga joriy etish, tadbirkorlik sub`ektlari va aholing shahar ³amda qishloq joylardagi bank xizmatlaridan keng ko`lamda foydalanishlarini ta`minlaydigan filiallar va mini-banklar tarmog`ini kengaytirish;
mikrokreditlash va mikrolizing bo`yicha xizmatlar ko`rsatishni kengaytirish uchun xalqaro moliya institutlari hamda yetakchi xorijiy banklarning imtiyozli kreditlari, investisiyalari va grantlarini jalb etish.

3. O`zbekiston Respublikasi Markaziy banki, Moliya vazirligi va "Mikrokreditbank" ATBning "Mikrokreditbank" ATB tomonidan:
tadbirkorlik faoliyatini boshlash uchun 18 oygacha muddatga beriladigan eng kam ish haqining 200 barobari miqdoridagi imtiyozli mikrokreditlar bo`yicha maksimal stavkani yillik 5 foizdan 3 foizga;
kichik biznes sub`ektlari faoliyatini kengaytirish va aylanma mablag`larini to`ldirish uchun 24 oygacha muddatga beriladigan eng kam ish haqining 500 barobari miqdoridagi mikrokreditlar bo`yicha - Markaziy bank tomonidan qayta moliyalashtirish stavkasining 100 foizidan 50 foiziga;
kichik biznes sub`ektlari uchun 3 yilgacha muddatga beriladigan eng kam ish haqining 2000 barobari miqdoridagi imtiyozli mikrolizing xizmatlari bo`yicha maksimal stavkani yillik 7 foizdan 5 foizga tushirish to`g`risidagi takliflari ma`qullansin. Bunda tadbirkorlik faoliyatini boshlash uchun avval olingan mikrokreditlar va unga qo`shilgan foizlarini o`z vaqtida va to`liq qaytarib bergan tadbirkorlik sub`ektlari biznesni yanada rivojlantirish uchun keyingi
mikrokreditlarni olish va "Mikrokreditbank" ATB xizmatlaridan foydalanishda ustunlik ³uquqiga ega bo`ladilar.

4. O`zbekiston Respublikasi Markaziy bankiga zarur hollarda kichik biznes sub`ektlari va xususiy tadbirkorlikni keng miqyosda qo`llab-quvvatlash uchun "Mikrokreditbank" ATBga imtiyozli shartlarda
kreditlar berish tavsiya etilsin.

5. O`zbekiston Respublikasi Prezidentining "Mikrokreditbank" aksiyadorlik tijorat bankini tashkil etish to`g`risida" 2006 yil 5 maydagi PF-3750-son Farmoniga 2-ilovaga muvofiq o`zgartish va qo`shimchalar kiritilsin.

6. O`zbekiston Respublikasi Markaziy banki Adliya vazirligi va boshqa manfaatdor vazirliklar hamda idoralar bilan birgalikda bir oy muddatda qonun hujjatlariga ushbu Farmondan kelib chiqadigan qo`shimcha va o`zgartishlar to`g`risida O`zbekiston Respublikasi Vazirlar Ma³kamasiga takliflar kiritsin.

7. Mazkur Farmonning ijrosini nazorat qilish O`zbekiston Respublikasi Bosh vazirining birinchi o`rinbosari R.S.Azimov va O`zbekiston Respublikasi Markaziy banki Raisi F.M.Mullajonov zimmalariga yuklansin.

O`zbekiston Respublikasi Prezidenti
I. Karimov

Valyutalar kursi

28.08.2019 holatiga kora

Sotib olish Sotish OzR MB
USD 9350.00 9440.00 9373.93
EUR 10000.00 10600.00 10446.31
GBR 11200.00 11700.00 11508.37
JPY 85.00 90.00 88.95

Valyutalar konvertori