Prezidentning 10 noyabr 2008 yildagi Farmoni
Nashr uchun talqinHujjatni yuklab olish(mdi, 33.5 KB)
O`ZBEKISTON RESPUBLIKASI PREZIDENTINING FARMONI
10.11.2008 y. N PF-4051
"MIKROKREDITBANK" AKSIYADORLIK TIJORAT BANKINING TADBIRKORLIK SUB`EKTLARINI QO`LLAB-QUVVATLASH BORASIDAGI FAOLIYATINI YANADA
KENGAYTIRISH CHORA-TADBIRLARI TO`G`RISIDA
"Mikrokreditbank" aksiyadorlik tijorat bankining kapitallashuvi darajasini yanada oshirish, kichik biznes va xususiy tadbirkorlikni tashkil eta boshlash hamda jadal rivojlantirish uchun qulay shart-sharoitlarni yaratishda bankning ishtirokini kengaytirish, yakka tartibdagi mehnat faoliyatini
aktivlashtirish va kasanachilikni rivojlantirish hisobiga aholi bandliligini oshirish, tadbirkorlik sub`ektlarining mini-texnologiyalarni va zamonaviy texnologik uskunalarni xarid qilish, ichki va tashqi bozorlarda raqobatbardosh mahsulotlar ishlab chiqarishni o`zlashtirish uchun imtiyozli kreditlardan keng ko`lamda foydalanishlarini ta`minlash maqsadida:
1. "Mikrokreditbank" aksiyadorlik tijorat banki aksiyadorlari, ¡zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi va Markaziy bankining 2008-2009 yillarda "Mikrokreditbank" aksiyadorlik tijorat bankining ustav kapitalini 1-ilovaga muvofiq qo`shimcha 72 mlrd. so`mga ko`paytirib, uning umumiy miqdorini 150 mlrd. so`mga yetkazish to`g`risidagi taklifiga rozilik berilsin.
2. Quyidagilar "Mikrokreditbank" aksiyadorlik tijorat bankining asosiy vazifalari deb hisoblansin:
maqsadli imtiyozli kreditlar ajratish orqali yangi korxonalar va ish o`rinlarini yaratish uchun boshlang`ich kapitalni shakllantirishda kichik biznes va xususiy tadbirkorlikka, ayniqsa, qishloq joylarda ko`maklashish;
tadbirkorlik sub`ektlariga o`z faoliyatini kengaytirish ³amda xom ashyo va materiallarni keyinchalik qayta ishlash uchun xarid qilish, tayyor mahsulot ishlab chiqarish va sotish, ichki bozorni respublikamizda ishlab chiqarilgan tovarlar bilan boyitish, shuning hisobiga qo`shimcha ish o`rinlari yaratish va aholi daromadlarini oshirish maqsadida o`z aylanma mablag`larini to`ldirish uchun imtiyozli kredit mablag`laridan foydalanishlariga keng yo`l ochib berish;
tadbirkorlik sub`ektlari tomonidan korxonalarni texnik hamda texnologik ji³ozlash va modernizasiya qilish uchun zamonaviy uskunalar va mini-texnologiyalarni, shu jumladan, mikrolizing shartlari asosida sotib olishlari uchun shart-sharoitlar yaratish;
fermer va dehqon xo`jaliklariga qishloq xo`jalik mahsulotlarini qayta ishlash bo`yicha mini-texnologiyalarni, chorva mol, uy parrandalari, urug`lik va ko`chatlar sotib olishga, qishloq xo`jalik mahsulotlari yetishtirish, sug`orish, tuproqqa ishlov berishning zamonaviy texnologiyalarini joriy etishga mikrokreditlar ajratish va mikrolizing bo`yicha xizmat ko`rsatish;
tadbirkorlar tomonidan ishlab chiqariladigan raqobatbardosh mahsulotlar ko`rgazma, yarmarkalarini tashkil etishda, reklama kampaniyalarini o`tkazishda, shuningdek ularni tashqi va ichki bozorlarga olib chiqishning boshqa shakllarini tashkil qilishda tadbirkorlarga yordam berish;
bank mijozlariga barcha turdagi bank xizmatlarini ko`rsatish, yangi bank mahsulot larini amaliyotga joriy etish, tadbirkorlik sub`ektlari va aholing shahar ³amda qishloq joylardagi bank xizmatlaridan keng ko`lamda foydalanishlarini ta`minlaydigan filiallar va mini-banklar tarmog`ini kengaytirish;
mikrokreditlash va mikrolizing bo`yicha xizmatlar ko`rsatishni kengaytirish uchun xalqaro moliya institutlari hamda yetakchi xorijiy banklarning imtiyozli kreditlari, investisiyalari va grantlarini jalb etish.
3. O`zbekiston Respublikasi Markaziy banki, Moliya vazirligi va "Mikrokreditbank" ATBning "Mikrokreditbank" ATB tomonidan:
tadbirkorlik faoliyatini boshlash uchun 18 oygacha muddatga beriladigan eng kam ish haqining 200 barobari miqdoridagi imtiyozli mikrokreditlar bo`yicha maksimal stavkani yillik 5 foizdan 3 foizga;
kichik biznes sub`ektlari faoliyatini kengaytirish va aylanma mablag`larini to`ldirish uchun 24 oygacha muddatga beriladigan eng kam ish haqining 500 barobari miqdoridagi mikrokreditlar bo`yicha - Markaziy bank tomonidan qayta moliyalashtirish stavkasining 100 foizidan 50 foiziga;
kichik biznes sub`ektlari uchun 3 yilgacha muddatga beriladigan eng kam ish haqining 2000 barobari miqdoridagi imtiyozli mikrolizing xizmatlari bo`yicha maksimal stavkani yillik 7 foizdan 5 foizga tushirish to`g`risidagi takliflari ma`qullansin. Bunda tadbirkorlik faoliyatini boshlash uchun avval olingan mikrokreditlar va unga qo`shilgan foizlarini o`z vaqtida va to`liq qaytarib bergan tadbirkorlik sub`ektlari biznesni yanada rivojlantirish uchun keyingi
mikrokreditlarni olish va "Mikrokreditbank" ATB xizmatlaridan foydalanishda ustunlik ³uquqiga ega bo`ladilar.
4. O`zbekiston Respublikasi Markaziy bankiga zarur hollarda kichik biznes sub`ektlari va xususiy tadbirkorlikni keng miqyosda qo`llab-quvvatlash uchun "Mikrokreditbank" ATBga imtiyozli shartlarda
kreditlar berish tavsiya etilsin.
5. O`zbekiston Respublikasi Prezidentining "Mikrokreditbank" aksiyadorlik tijorat bankini tashkil etish to`g`risida" 2006 yil 5 maydagi PF-3750-son Farmoniga 2-ilovaga muvofiq o`zgartish va qo`shimchalar kiritilsin.
6. O`zbekiston Respublikasi Markaziy banki Adliya vazirligi va boshqa manfaatdor vazirliklar hamda idoralar bilan birgalikda bir oy muddatda qonun hujjatlariga ushbu Farmondan kelib chiqadigan qo`shimcha va o`zgartishlar to`g`risida O`zbekiston Respublikasi Vazirlar Ma³kamasiga takliflar kiritsin.
7. Mazkur Farmonning ijrosini nazorat qilish O`zbekiston Respublikasi Bosh vazirining birinchi o`rinbosari R.S.Azimov va O`zbekiston Respublikasi Markaziy banki Raisi F.M.Mullajonov zimmalariga yuklansin.
O`zbekiston Respublikasi Prezidenti
I. Karimov
Valyutalar kursi
19.08.2022 holatiga ko’ra
Sotib olish | Sotish | O’zR MB | |
---|---|---|---|
USD | 10940.00 | 10990.00 | 10934.97 |
EUR | 10900.00 | 12000.00 | 11120.86 |
GBR | 12600.00 | 13700.00 | 13199.60 |
JPY | 77.00 | 90.00 | 80.88 |
Valyutalar konvertori
Bank xizmatlari iste'molchilari huquqlarini himoya qilish boshqarmasi:
Telefon: +998 71 202-99-99
1285 (ichki 1299)
BANK HAQIDA
- Bank haqida
- Litsenziyalar
- Aksiyadorlar
- Bank kengashi
- Rahbariyat
- Boshqaruv Raisi
- Qabul kunlari
- Asosiy ko`rsatkichlar
- Tarkibiy bo‘linmalar
- Bank nazorati
- Biz bilan bog`lanish
- Filiallar
- Bank hamkorlari
- Bo`sh ish o`rinlari
- Tender va tanlovlar
- Fotogalereya
- Taklif sahifasi
- Bank xizmatlar markazi
- Bank homiyligi
- Davlat dasturlari ijrosi
- Ichki valyuta bozorida etika kodeksi
JISMONIY SHAXSLARGA
YURIDIK SHAXSLARGA
MOLIYAVIY TASHKILOTLARGA
INTERAKTIV XIZMATLAR
- Jismoniy shaxslarga kredit olish uchun onlayn buyurtmanoma
- Yuridik shaxslarga kredit olish uchun onlayn buyurtmanoma
- Yakka tartibdagi tadbirkorlarga kredit olish uchun onlayn buyurtmanoma
- Kartochka yo’qotilganda yoki qulflanib qolganda kartochka ochish uchun ariza
- To`lov terminali olish uchun onlayn ariza
- Me`yoriy hujjatlar
- Internet banking
- Bank bilan bog`lanish
- Iste`mol krediti onlayn-kalkulyatori
- Axborotni oshkor qilish
- Bazaviy interaktiv xizmatlar
- Aksariyat beriladigan savollar
- Murojaatlar statistikasi