Aksariyat beriladigan savollar

Nashr uchun talqin

 VALYUTA OPRATSIYALARI BOʻYICHA TZ-TZ BRILADIGAN SAVOLLAR VA JAVOBLAR

 

Jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlarida eng koʻp uchraydigan savollar

 

Jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlarida eng koʻp uchraydigan savollarga javoblar (tushuntirishlar)

1.

Qachon valyuta noqonuniy bozorini bartaraf etish choralari koʻriladi?

Oʻzbekiston Respublikasining “Valyutani tartibga solish toʻgʻrisida”gi Qonunining 18-moddasiga muvofiq Oʻzbekiston Respublikasi hududida barcha hisob-kitoblar va toʻlovlar milliy valyutada amalga oshiriladi, ushbu Qonunda koʻzda tutilgan hollar bundan mustasno.

Shu bilan bir qatorda, mazkur Qonunga binoan respublika hududida chet el valyutasini sotib olish va sotish yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan tijorat banklar orqali amalga oshiriladi. Banklardan tashqari valyuta boyliklarini qonunga xilof ravishda sotib olish yoki sotish Oʻzbekiston Respublikasining Maʼmuriy javobgarlik toʻgʻrisidagi kodeksi va Jinoyat kodeksida belgilangan javobgarlikka sabab boʻladi. Taʼkidlash joizki, mazkur qonun hujjatlarini buzgan aybdor shaxslarga nisbatan Oʻzbekiston Respublikasi huquqni muhofaza qiluvchi organlar tomonidan tegishli choralar koʻrib boriladi.

Bugungi kunda, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 7 fevraldagi “Oʻzbekiston Respublikasini yanada rivojlantirish boʻyicha harakatlar strategiyasi toʻgʻrisida”gi PF-4947-sonli Farmoniga asosan valyutani tartibga solishda zamonaviy bozor mexanizmlarini bosqichma-bosqich joriy etish masalasi boʻyicha ishlar olib borilmoqda.

 

2.

Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki tomonidan belgilanadigan xorijiy valyutalarni soʻmga nisbatan kursi toʻgʻrisidagi rasmiy maʼlumotlarni qanday olishimiz mumkin?

 

Xorijiy valyutalarni soʻmga nisbatan kursi toʻgʻrisidagi maʼlumotlar Markaziy bankning rasmiy saytida (www.cbu.uz)
joylashtirilib boriladi. Mazkur maʼlumotlarni elektron shaklda (Excel faylida) olish mumkin. Markaziy bankning saytidan olingan xorijiy valyutalarning kursi toʻgʻrisidagi maʼlumotlar rasmiy hisoblanadi va soʻrovchi tomonidan mazkur saytdagi maʼlumotlar qayta tekshirilib olinishi mumkin.

3.

Milliy valyuta “soʻm”ning xorijiy valyutalarga nisbatan kursi qanday oʻrnatiladi?Xorijiy valyutalarni soʻmga nisbatan kursi toʻgʻrisidagi maʼlumotlar Markaziy bankning rasmiy saytida (www.cbu.uz) joylashtirilib boriladi. Mazkur maʼlumotlarni elektron shaklda (Excel faylida) olish mumkin. Markaziy bankning saytidan olingan xorijiy valyutalarning kursi toʻgʻrisidagi maʼlumotlar rasmiy hisoblanadi va soʻrovchi tomonidan mazkur saytdagi maʼlumotlar qayta tekshirilib olinishi mumkin.

 

Oʻz navbatida, valyuta bozoridagi talab va taklif darajasi hamda alamashuv kursining oʻzgarishi mamlakatdagi makroiqtisodiy vaziyat, xususan toʻlov balansi, shu jumladan, tashqi savdo balansining holati kabi omillar taʼsirida shakllanib boradi.

 

4.

Internet magazinlarda tovarlarni sotib olish uchun onlayn toʻlovlarni qanday amalga oshirish mumkin?

 

Internet “magazinlar”da tovarlarni xarid qilishda onlayn toʻlovlarni xalqaro toʻlov kartalaridan (masalan, VISA, MasterCard va boshqalar) foydalangan holda amalga oshirish mumkin. Mazkur kartalar respublikamizning banklari tomonidan muomalaga chiqariladi.

 

5.

Fuqarolar tomonidan chet el valyutasini sotib olish tartibini tushuntirib bering?

Rezident–jismoniy shaxslarga tijorat banklar tomonidan chet el valyutasini xalqaro toʻlov kartalaridan foydalangan holda naqdsiz shaklda sotish banklarning konversion operatsiyalar boʻlimlari orqali amalga oshiriladi.

Bunda, rezident–jismoniy shaxs chet el valyutasini sotib olish uchun tijorat bankining konversion operatsiyalar boʻlimiga shaxsni tasdiqlovchi hujjat (pasport, Oʻzbekiston Respublikasida yashash guvohnomasi yoki Oʻzbekiston Respublikasi harbiy xizmatchilari uchun harbiy bilet) mijozning nomiga ochilgan xalqaro toʻlov kartasi hamda valyuta ayirboshlash operatsiyalarini amalga oshirish uchun milliy valyutada bank hisob-raqamida yetarli miqdorda pul mablagʻlari mavjud boʻlgan shaxsiy bank kartasini taqdim etganda amalga oshiriladi.

Rezident-jismoniy shaxslarning shaxsiy kartasida yetarli miqdorda milliy valyutadagi mablagʻ boʻlmagan taqdirda, shaxsiy karta emitent bankning istalgan filialida naqd milliy valyutani bank kassasiga topshirish orqali toʻldirilishi mumkin.

Shaxsiy kartada milliy valyutadagi mablagʻ yetarli boʻlganda, rezident-jismoniy shaxs tomonidan bankka chet el valyutasini sotib olish uchun ariza orqali murojaat etiladi.

Milliy valyutadagi mablagʻ tijorat bankning operatsiya bajariladigan kundagi chet el valyutasini sotish kursi boʻyicha toʻlov terminali orqali yechib olinadi va rezident-jismoniy shaxsning xalqaro toʻlov kartasiga oʻtkazib beriladi.

Bank va rezident-jismoniy shaxs oʻrtasidagi munosabatlar chet el valyutasida bank hisobvaraqlarini ochish boʻyicha ikki tomonlama shartnoma talablari asosida tartibga solinib, mazkur shartnomada xalqaro toʻlov kartasidan foydalanish qoidalari koʻrsatiladi.

6.

Tashqi savdo operatsiyalarining yagona elektron axborot tizimiga (TSOYAEAT) yangi shartnomalar hamda ularga oʻzgartirish kiritish tartibini tushuntirib bering?

Tashqi savdo shartnomalari boʻyicha
axborotlarni Tashqi savdo operatsiyalarining yagona elektron axborot tizimiga (TSOYAEAT) kiritish “Ye-Kontrakt” yoki “VED kontrakt” dasturlari orqali amalga oshiriladi. Ushbu dasturlarda ishlash tartibi xizmat koʻrsatuvchi bank tomonidan tushuntiriladi. Shuningdek, xizmat koʻrsatuvchi banklar Tashqi savdo shartnomalari boʻyicha axborotlarni Tashqi savdo operatsiyalarining yagona elektron axborot tizimiga (TSOYAEAT) kiritishda ham yordam berishlari mumkin.

7.

Tashkilotimizning hisob raqamiga xorijiy tashkilotlardan begʻaraz moliyaviy yordam kelib tushishi kerak. Ushbu mablagʻlarning tashkilotimiz hisob raqamiga oʻtkazish tartibini tushuntirib bering?

Qonunchilikka muvofiq begʻaraz yordam oluvchilarning hisobvaraqlariga xizmat koʻrsatish Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy faoliyat Milliy banki va “Asaka” aksiyadorlik tijorat banklarining zimmalariga yuklangan.

Shu munosabat bilan, hisob raqamingizga xorijiy tashkilotlardan begʻaraz yordam mablagʻlari kelib tushganda Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy faoliyat milliy banki va “Asaka” aksiyadorlik tijorat banklariga maxsus hisob raqam ochish uchun murojaat etishingiz zarur. Oʻz navbatida, kelib tushgan mablagʻlarni sizning maxsus hisob raqamingizga oʻtkazish uchun yuqoridagi banklarga topshiriqnoma berishingiz lozim.

8.

Bizning tashkilotimiz xorijiy korxona bilan qarz shartnomasi imzoladi. Ushbu shartnomaga koʻra tashkilotimiz hisob raqamiga xorijiy valyuta kelib tushishi lozim. Mazkur mablagʻlar bizning bank hisob raqamimizga oʻtkazilishi uchun nima qilishim kerak? Qonunchilikka muvofiq tashqi qarzni jalb etish bilan bogʻliq valyuta operatsiyasini amalga oshirish uchun talab qilib olguncha asosiy hisob raqam ochilgan bankka ariza, qarz shartnomasi va unga tegishli hujjatlarni topshirish lozim.

Bunda hujjat matni davlat yoki rus tilida bayon etilgan boʻlishi, agar hujjat matni boshqa tilda bayon etilgan boʻlsa, u legallashtirilgan yoki unga belgilangan tartibda apostil qoʻyilgan boʻlishi hamda davlat yoki rus tiliga tarjima qilingan va notarial tasdiqlangan boʻlishi kerak.

Yuqoridagi hujjatlar topshirilgandan soʻng bank qarz shartnomasi boʻyicha kelib tushgan mablagʻlarni korxonaning hisob raqamiga oʻtkazadi.

9.

Men Oʻzbekiston Respublikasi fuqarosiman. Mening akam xorijdan pul oʻtkazmasi (Western Union, MoneyGramva boshqalar) tizimi orqali nomimga pul yubormoqchi. Ushbu pul oʻtkazmalarini xalqaro pul oʻtkazmalari orqali olishimda toʻsiqlar mavjudmi?

Mazkur mablagʻlarni xorijiy valyutada olsam boʻladimi?

Amaldagi qonunchilikka koʻra jismoniy shaxslar Oʻzbekiston Respublikasiga olib kirilgan va joʻnatilgan, shuningdek Oʻzbekiston Respublikasidan olib chiqilgan va joʻnatilgan valyuta boyliklariga ega boʻlishi va ushbu valyuta boyliklarini erkin tasarruf etishi mumkin.

Xalqaro pul oʻtkazmalari jismoniy shaxslar tomonidan hech qanday toʻsiqlarsiz amalga oshiriladi va xalqaro pul oʻtkazmalari orqali yuborilgan pul mablagʻlari yuborilgan xorijiy valyutada qabul qilinadi.

 

10.

Bizning tashkilotimizda Oʻzbekiston Respublikasining qonunchiligiga muvofiq ishlashga ruhsat olgan chet el fuqarolari ishlaydi. Ular oylik maoshini milliy valyutada oladi va oʻz faoliyati doirasida respublikaning turli viloyatlariga xizmat safarlarini amalga oshirishadi. Ularning mehmonxonada yashash haqqi bizning hisob raqamimiz orqali mehmonxonaning hisob raqamiga oʻtkazilardi.

Hozirda mehmonxonalar ishchilarimizning mehmonxonada yashash uchun toʻlovni xorijiy valyutada amalga oshirishimizni soʻrashmoqda.
Mehmonxonalarning yuqoridagi talablari qonuniymi?

 


Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2016 yil 2 dekabrdagi “Oʻzbekiston Respublikasining turizm sohasini jadal rivojlantirishni taʼminlash chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi

PF-4861-sonli Farmoniga asosan Oʻzbekiston Respublikasi hududida

mehmonxonalarda va boshqa joylashtirish joylarida xorijiy fuqarolarga hamda

Oʻzbekiston Respublikasida doimiy turar joyiga ega boʻlmagan, fuqaroligi boʻlmagan shaxslarga, joylashtirish boʻyicha xizmatlarga shu jumladan turizm faoliyati subyektlari orqali haq toʻlash faqat erkin almashtiriladigan valyutada amalga oshiriladi, ular uchun toʻlov respublikaning taklif etuvchi davlat va byudjet tashkilotlari tomonidan amalga oshiriladigan holatlar
bundan mustasno.

11.

Oʻzbekiston Respublikasida faoliyatini doimiy muassasa sifatida olib boruvchi norezidentning ishchilari-jismoniy shaxslarning hisob raqamlariga ish haqi uchun qarzdorlikni qoplash hisobidan xorijiy valyutadagi pul mablagʻlarini doimiy muassasa oʻtkaza oladimi?

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 1996 yil 24 oktyabrdagi “Respublikada naqd xorijiy valyuta muomalasini tartibga solish choralari toʻgʻrisida”gi PF-1601-sonli farmoniga muvofiq Oʻzbekiston Respublikasi hududida yuridik va jismoniy shaxslar rezidentlar va norezidentlar, shu jumladan xorijiy sarmoyalar ishtirokidagi korxonalar tomonidan barcha turdagi ishlar va xizmatlar haqini, shu jumladan maosh va unga tenglashtirilgan toʻlovlarni berishda naqd xorijiy valyutada hisob-kitoblar hamda toʻlovlarni amalga oshirishlari qatiyan man qilingan.

Mazkur toʻlovlar Oʻzbekiston Respublikasining naqd milliy valyutasida, shuningdek soʻmlarni respublika tijorat banklaridagi tegishli hisobvaraqlarga oʻtkazish yoʻli bilan amalga oshirilishi mumkin. Norezidentlar uchun toʻlovlar yuqorida koʻrsatilgan toʻlov shakllari bilan bir qatorda xorijiy valyutani ularning Oʻzbekiston Respublikasidan tashqaridagi valyuta hisobvaraqlariga oʻtkazish yoʻli bilan amalga oshirilishi mumkin.

Valyutalar kursi

28.08.2019 holatiga kora

Sotib olish Sotish OzR MB
USD 9350.00 9440.00 9373.93
EUR 10000.00 10600.00 10446.31
GBR 11200.00 11700.00 11508.37
JPY 85.00 90.00 88.95

Valyutalar konvertori