Aksariyat beriladigan savollar

Nashr uchun talqin

 JISMONIY VA YURIDIK SHAXSLARDAN ENG KO‘P BERILADIGAN SAVOL-JAVOBLAR

¹

 

Jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlarida eng koʻp uchraydigan savollar

 

Jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlarida eng koʻp uchraydigan savollarga javoblar (tushuntirishlar)

1.

Oilaviy tadbirkorlik faoliyatimni boshlash uchun imtiyozli kredit olmoqchiman, qayerga murojaat qilishim mumkin?

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 27-martdagi PQ-5041-son qaroriga asosan, oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirish bo‘yicha Dasturlar doirasida 2021-yil 1-apreldan boshlab:

- aholi va tadbirkorlik subyektlarining kredit olish uchun arizalari Oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirish dasturlari yagona elektron platformasi orqali qabul qilinadi;

- kredit olishda talabgorlarga «Àgrobank» ÀTB, ÀT Xalq banki va «Mikrokreditbank» ÀTBlar orasidan birini ixtiyoriy tanlab, barcha dasturlar doirasida imtiyozli kredit olish bo‘yicha murojaat etish imkoniyati yaratildi;

- kredit oluvchi tanlagan mahsulot yetkazib beruvchi (ish bajaruvchi) tashkilot tomonidan mahsulotlar yetkazib berilgandan (ish bajarilganidan) so‘ng, kredit mablag‘lari taʼminotchiga ajratib beriladi.

Har bir jarayon boʼyicha, elektron SMS-xabarnoma keladi.

 

2.

“Har bir oila – tadbirkor” dasturi doirasida imtiyozli kredit olish tartiblari haqida tushuncha bersangiz?

 

"Har bir oila – tadbirkor" dasturi doirasida imtiyozli kreditlar O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 7-iyundagi PQ-3777-sonli qaroriga asosan quyidagi shartlar asosida ajratiladi.


    Jismoniy shaxslar uchun – Respublikada o‘rnatilgan BHMning (bugungi kunda BHM 270 ming so‘mni tashkil etadi) 150 barobarigacha, 6 oylik imtiyozli davr bilan, 36 oygacha bo‘lgan muddatga, yillik 14 foiz bilan ajratiladi.


    Yuridik shaxslar uchun – BHMning 1000 barobarigacha, 6 oylik imtiyozli davr bilan, 36 oygacha bo‘lgan muddatga, yillik 14 foiz bilan beriladi. Shuningdek, yuridik shaxslar uchun, Hunarmandchilikni rivojlantirish uchun 2017-yil 17-noyabrdagi PF-5242-sonli qaroriga asosan imtiyozli kredit miqdori BHMning 250 barobarigacha;


  - Xotin qizlarni va oilani qo‘llab-quvvatlash uchun 2018-yil 2-fevraldagi PF-5325-sonli qarorga asosan imtiyozli kredit miqdori BHMning 1500 barobarigacha;

- Yoshlarni tadbirkorlikka jalb qilish uchun 2020-yil 13-oktyabrdagi PQ-4862-sonli qaroriga asosan imtiyozli kredit miqdori 225 mln. so‘mgacha;

- Fermer, dehqon xo‘jaliklari va tomorqa yer egalari uchun 2018-yil 26-apreldagi PQ-3680-sonli qaroriga asosan imtiyozli kredit miqdori loyiha miqdori doirasida;

- Àholi bandligini taʼminlash uchun 2018-yil 14-iyuldagi PQ-3856-sonli qaroriga asosan imtiyozli kredit miqdori BHMning 500 barobarigacha hisoblanadi.

Yuridik shaxslarga ajratiladigan kredit BHMning 150 barobaridan ortiq bo‘lganda, kredit taʼminoti sifatida mol-mulk garovi taqdim qilinadi.

3.

Taʼlim krediti to‘g‘risida tushuncha bersangiz?

 

   Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 18-avgustdagi “Oliy taʼlim tashkilotlarida to‘lov-kontrakt asosida o‘qish uchun taʼlim kreditlari ajratishni tartibga solish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 527-sonli qaroriga asosan tartibga solinadi.

   Kredit miqdori: talaba va OTM o‘rtasida tuzilgan to‘lov-kontrakt shartnomasi miqdorida.

   Muddati: o‘qish muddati tugagandan so‘ng yettinchi oydan boshlab 7 yil muddatga.

   Kredit foizi: Markaziy bankning asosiy stavkasi miqdorida (hozirda 14 %)

   Taʼlim krediti O‘zbekiston Respublikasida faoliyat yurituvchi OTMlar uchun faqat O‘zbekiston Respublikasi fuqarolari uchun, kunduzgi taʼlim shakliga ajratiladi (super kontrakt uchun yoki maxsus sirtqi, kechki va sirtqi taʼlim shakllari uchun berilmaydi).

4.

Taʼlim krediti olish uchun nima hujjatlar talab qilinadi?

 

Bankka quyidagi hujjatlar topshiriladi.

1) ariza;

2) talaba va OTM o‘rtasida tuzilgan shartnoma (kontrakt);

3) Yaqin qarindoshi sherik qarzdor bo‘lishi mumkin (pasport, ish haqi maʼlumoti);

4) kredit qaytarilishining taʼminoti bo‘yicha hujjat. Bunda “ijtimoiy himoya yagona reestriga” kirgan oilalarning farzandlariga ajratiladigan taʼlim krediti bo‘yicha garov va kafillik talab etilmaydi;

5) “ijtimoiy himoya yagona reestriga” kiritilganligini tasdiqlovchi maʼlumotnoma (agar bo‘lsa).

Barcha hujjatlar topshirilgandan so‘ng, ariza 5 ish kunida ko‘rib chiqiladi. 

5.

Isteʼmol krediti shartlari qanaqa?

BHMning 150 barobarigacha, imtiyozli davrsiz, 36 oygacha bo‘lgan muddatga, yillik 28 foiz bilan, O‘zbekiston Respublikasida ishlab chiqarilgan isteʼmol tovarlari va xizmatlarini sotib olish uchun ajratiladi.

6.

Mikroqarz haqida tushuncha bersangiz?

Mikroqarz mijoz arizasiga ko‘ra BHMning 150 barobarigacha miqdorida, naqd pulda ajratilsa yillik 28 % va plastik kartaga pul o‘tkazish yo‘li bilan yillik 27 % bilan, bir yilgacha bo‘lgan muddatga ajratiladi.

7.

Kartam blokka tushib qoldi nima qilishim lozim bo‘ladi?

Kartangiz ochilgan filialga shaxsingizni tasdiqlovchi hujjatingiz bilan boriladi hamda 5 daqiqa ichida kartangizni blokdan yechib beriladi.

Shuningdek, Uzcard plastik kartangizni parolini 3 marotaba noto‘g‘ri kiritgan bo‘lsangiz, bankning mobil ilovasi orqali noto‘g‘ri terilgan parolni mobil ilova orqali bo‘shatish imkoniyati mavjud. Buning uchun bankning mobil ilovasini yuklab olishingiz lozim bo‘ladi.

8.

MKB mobile orqali qanday xizmatlarni amalga oshirish mumkin? Uyali aloqa operatorlariga to‘lovni amalga oshirish, internet provayder, raqamli televideniega to‘lovni amalga oshirish, kommunal to‘lovlarni amalga oshirish, bankimiz tomonidan ajratilgan kreditlarni so‘ndirish, hisobraqam holatini ko‘rish va tekshirish, omonat qoldiqlari va unga yozilayotgan foizlarni ko‘rish, byudjetga to‘lovlar, kartadan kartaga pul o‘tkazish, onlayn ravishda kredit ajratish, plastik kartangiz kirim-chiqimini monitoring qilib borish, konvertsiya operatsiyalari, Uzcard va Humo kartalarini blokka qo‘yish va blokdan chiqarish (blok bank tomonidan hujjat takdim etilganda ochib beriladi), HumoPay xizmati orqali (Android smartfonlarda) Humo kartalaridan kontaktsiz to‘lovlarni bajarish, oilaviy kartalarga limit qo‘yish, valyuta kurslarini bilib turish, xalqaro pul o‘tkazmasi orqali kelgan pul mablag‘larini plastik kartalariga bankka tashrif buyurmasdan qabul qilish imkoniyatlari yaratilgan.

9.

Bir hududdan ikkinchi hududga naqd pulda jo‘natma yuborsam bo‘ladimi?

O‘zbekiston Respublikasi bo‘ylab, fuqaro o‘zi turgan hududdagi bankimiz bo‘limiga yuboriladigan naqd pul topshiriladi. Ikkinchi hududdagi bank bo‘limidan (pul mablag‘ini olmoqchi bo‘lgan hudud) naqd pul olinadi. Bunda 0,5 foiz miqdorida xizmat haqi belgilanadi.

 

10.

Mikrokreditbankda qanday xalqaro pul o‘tkazmalari mavjud?

 


Bankda “Western Union”, “Contact”, “Unistream”, “Zolotaya Korona”, “Moneygram”, “Ria” xalqaro pul o‘tkazmalari tizimi va Bank o‘tkazmasi (SVIFT) mavjud.

     


Valyutalar kursi

25.10.2021 holatiga ko’ra

Sotib olish Sotish O’zR MB
USD 10680.00 10750.00 10703.02
EUR 12000.00 13000.00 12461.53
GBR 14000.00 15200.00 14775.52
JPY 90.00 115.00 94.01

Valyutalar konvertori