BOSHQARUV RAISI MUROJAATI

Nashr uchun talqin

Hurmatli aksiyadorlar, tadbirkorlar va hamkorlar!

 

Mamlakatimizda davom etayotgan tub iqtisodiy-ijtimoiy oʼzgarishlar va bank tizimida olib borilayotgan islohotlar 2018 yilda ham izchil davom ettirildi.

Bugungi kunda respublikamizning barcha mintaqalaridagi bankning 81 ta filiali va 68 ta mini-banklari tomonidan 500 mingdan ortiq aholi hamda tadbirkorlik subʼektlariga bank xizmatlaridan foydalanish imkoniyati taʼminlanmoqda.

Oʼzbekiston Respublikasi Prezidentining 2018 yil 4 maydagi “Oʼzbekiston Respublikasi aktsiyadorlik tijorat Xalq banki va “Mikrokreditbank” aktsiyadorlik tijorat bankining moliyaviy holatini yaxshilash hamda faoliyatini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari toʼgʼrisida”gi PQ-3694-sonli Qaroriga muvofiq, 2018-2019 yillarda bank ustav kapitalini respublika byudjeti mablagʼlari hisobidan 600 mlrd.soʼmga oshirish belgilangan. Shundan, 100 mlrd.soʼmi 2018 yilda bank ustav kapitaliga yoʼnaltirildi. 2019 yil davomida bankning ustav kapitali qoʼshimcha 500 mlrd.soʼmga oshirilishi kutilmoqda.

2018 yilda bank faoliyatini yanada isloh qilish va barqarorligini oshirish, investitsion faoliyatini kuchaytirish va xalqaro tashkilotlar bilan hamkorlikni rivojlantirish, yetakchi xalqaro reyting kompaniyalari tomonidan qabul qilingan xalqaro meʼyorlar, mezonlar va standartlarga asoslangan xolda bank tizimini baholash koʼrsatkichlarining zamonaviy tizimini joriy etish maqsadlarida:

Bank korporativ boshqaruvini takomillashtirish yoʼnalishida ISO:9001 sifat standarti talablari darajasida tegishli tashkilotlar bilan hamkorlikda ishlar tashkil etilib, xalqaro muvofiqlik sertifikati olindi.

Moliyaviy hisobotlarning xalqaro standartlarini joriy qilish (MHXT 9-standartida) belgilangan moliyaviy aktivlarni tasniflash va baholash boʼyicha bankning malakali xodimlari fundamental bilimlar egalladi hamda bank hisobotlarini har chorakda xalqaro standartlarga muvofiq tayyorlash amaliyoti joriy etildi.

Bank tomonidan erishilayotgan ijobiy natijalar hamda barqaror oʼsish surʼatlari xalqaro va milliy reyting agentliklari tomonidan yuksak baholanib, eʼtirof etildi. Jumladan, “Fitch-Ratings” xalqaro reyting agentligi tomonidan bank reytingi 2019 yil yanvar oyida «V+» darajadan «VB-» ijobiy darajasiga koʼtarildi va “Barqaror” sifatida baholandi.

Bank xodimlari Turkiyaning ilgʼor tajribasini bank tizimida joriy qilish maqsadida 2018 yilda Turkiya hamkorlik va muvofiqlashtirish agentligi (TIK) hamkorligida Xalq, Vakif, Ziraat va ktif banklariga tashrif buyurishdi. Tashrif davomida Mikrokreditbank va Turkiyaning KOSGEB (Kichik va oʼrta biznesni rivojlantirish va qoʼllab-quvvatlash) departamenti bilan, Ziraat bank hamda ktif banklar bilan hamkorlik Memorandumlari imzolandi.

Bundan tashqari, bankning investitsion faoliyatini rivojlantirish yoʼnalishida:

- Qishloq xoʼjaligini rivojlantirish xalqaro fondi (IFAD) mablagʼlari (3,3 mln QSh dollari);

- Xususiy sektorni rivojlantirish Islom korporatsiyasining kredit liniyasi (12 mln. QSh dollari) jalb qilindi. 

Bankning moliyaviy barqarorligini va daromadliligini oshirish borasida qatʼiy nazorat oʼrnatilgan boʼlib, bank aktivlari yil davomida 

1 265,0 mlrd. soʼmga yoki 72 foizga oshirilib 3 trln. 008 mlrd. soʼmga, shundan kredit qoʼyilmasi 1 353 mlrd. soʼmga yoki 105 foizga oshirilib 2 trln. 640 mlrd. soʼmga yetkazildi.

Shuningdek, bank 2018 yil davomida muhtaram Prezidentimiz tashabbusi bilan aholini tadbirkorlikka keng jalb qilish yoʼnalishida ishlab chiqilgan dasturlar ijrosida eng faol ishtirokchilardan biri boʼldi. Xususan, bu borada quyidagi natijalarni alohida qayd etish lozim:

PF-5242-sonli “Hunarmandchilikni yanada rivojlantirish va hunarmandlarni har tomonlama qoʼllab-quvvatlash chora-tadbirlari toʼgʼrisida” 2017 yil 17 noyabrdagi Farmon ijrosi doirasida 20 mln. QSh dollari jalb qilinib, 2018 yil davomida 5 235 ta mijozga 147,6 mlrd.soʼm;

PQ-3777-sonli "Har bir oila - tadbirkor" dasturini amalga oshirish toʼgʼrisida” 2018 yil 7 iyundagi Qarori ijrosi doirasida 25 mln. QSh dollari jalb qilinib, 100,8 mlrd. soʼm;

PQ-3856-sonli “holi bandligini taʼminlash borasidagi ishlarni takomillashtirish va samaradorligini oshirish chora-tadbirlari toʼgʼrisida” 2018 yil 14 iyuldagi Qaror ijrosi doirasida 37,5 mlrd. soʼm jalb qilinib, 6,5 mlrd. soʼm;

PQ-3680-sonli “Fermer, dehqon xoʼjaliklari va tomorqa yer egalari faoliyatini takomillashtirish boʼyicha qoʼshimcha chora-tadbirlar toʼgʼrisida” 2018 yil 26 apreldagi Qaror ijrosi doirasida 33,7 mlrd. soʼm jalb qilinib, 21,8 mlrd. soʼm;

PF-5106 “Yoshlarga oid davlat siyosati samaradorligini oshirish va Oʼzbekiston yoshlar Ittifoqi faoliyatini qoʼllab-quvvatlash toʼgʼrisida” 

2017 yil 5 iyuldagi Farmon ijrosi doirasida 50 mlrd. soʼm jalb etilib, 

20,1 mlrd. soʼm kreditlar ajratildi.

PQ-5325-sonli 2018 yil 2 fevraldagi Qaror ijrosi doirasida Xotin-qizlar qoʼmitasi bilan tuzilgan bosh kelishuvga muvofiq 2018 yilda 25 mlrd. soʼm mablagʼlar jalb qilindi.

Oʼzbekiston Respublikasi Prezidentining 2018 yil 21 dekabrdagi “Tijorat banklarining moliyaviy barqarorligini taʼminlash, faoliyati samaradorligini oshirish va kredit siyosatini takomillashtirish chora-tadbirlari toʼgʼrisida”gi PQ-4071-sonli qarorga asosan bank faoliyatini tubdan qayta koʼrib chiqish, xizmat koʼrsatish sifatini oshirish hamda bankni xalqaro standartlarga mos zamonaviy bankka transformatsiya qilish jarayonlari boshlandi.

Ushbu yoʼnalishda bank faoliyatini 2019-2021 yillarda transformatsiya qilish strategiyasi ishlab chiqildi hamda unga koʼra bank oʼz aktivlari va majburiyatlarini boshqarish, kredit portfelini diversifikatsiya qilish, risklarni boshqarish, masofaviy bank xizmatlarini rivojlantirish, biznes jarayonlarni avtomatlashtirish va xodimlar malakasini oshirish borasida aniq ustuvor chora-tadbirlar belgilandi.

Shuningdek, bank faoliyatini moliyaviy sogʼlomlashtirish, operatsion xarajatlarni qisqartirish hisobiga xizmat koʼrsatish geografiyasini kengaytirish borasida 2018 yilda bankning 5 ta filiali faoliyati tugatilib, ular negizida ixcham va kam xarajat talab qiluvchi “Bank xizmatlari markazlari” tashkil etildi. Ushbu amaliyotlar kelgusida ham davom ettirilishi koʼzda tutilgan boʼlib, bank filiallarni optimallashtirish orqali bank xizmatlari geografiyasini yanada kengaytirish bank oldida turgan ustuvor vazifalardan biri hisoblanadi.

Shu oʼrinda bankimizning barcha aktsiyadorlari, mijozlari va hamkorlarimizga bizga bildirilgan ishonchlari hamda bankning rivojlanishiga qoʼshayotgan ulkan hissalari uchun samimiy minnatdorchiligimizni izhor etamiz va kelajakda oʼzaro manfaatli hamkorligimiz yanada samarali boʼlishiga ishonamiz.

Bank Boshqaruv Raisi
 
04.10.2019 y. Toshkent sh.

 

Valyutalar kursi

13.11.2019 holatiga kora

Sotib olish Sotish OzR MB
USD 9440.00 9530.00 9490.27
EUR 10200.00 10700.00 10455.03
GBR 12000.00 12500.00 12119.71
JPY 85.00 90.00 86.86

Valyutalar konvertori

 

Jismoniy shaxslar bilan ishlash bo’limi:

Telefon: +998 71 2029999 (ichki 1158)

 

Bo’lim rahbari:

Ilashev Alijon

 

Jismoniy shaxslar uchun mobil ilova

 

 

Sorovnoma

Xodimning bank mahsulotlari to`g`risida bilimi yetarlimi?