Yagona qabul telefoni (+99871) 202-99-99
Yagona ishonch telefoni: (+99871) 273-04-40
Bosh sahifaBOSHQARUV RAISI MUROJAATI

Bosh ofis

100096, Toshkent sh., Lutfiy ko'chasi, 14.
Harita

Telefon.: (+998 71) 202-99-99
Faks: (+998 71) 273-05-90
Yagona ishonch telefoni: (71) 273-04-40

BOSHQARUV RAISI MUROJAATI

Hurmatli aksiyadorlar, tadbirkorlar va hamkorlar!

   Bank-moliya tizimida islohotlarni yanada chuqurlashtirish va ko‘lamini kengaytirish bo‘yicha qabul qilingan dasturlarning tizimli amalga oshirilishi O‘zbekiston banklarining muvaffaqiyatli faoliyat yuritishi uchun keng imkoniyatlar ochib bermoqda. O‘z navbatida, “Mikrokreditbank” ATB 2016 yilga belgilangan vazifalarni sharaf bilan ado etib, respublikamiz iqtisodiyotini rivojlantirish va barqaror o‘sishini ta’minlash hamda xalqimiz farovonligini yuksaltirish yo‘lida o‘z hissasini qo‘shib kelmoqda. Hisobot yilida amalga oshirilgan izchil va aniq islohotlar natijasida bankning kapitallashuv darajasini oshirishga, resurs bazasini va likvidligini yanada mustahkamlashga, investitsion faollikni kuchaytirishga erishildi. Shuningdek, kichik biznes va xususiy tadbirkorlik sub’ektlarini moliyaviy qo‘llab-quvvatlash bilan birga bankning barcha moliyaviy ko‘rsatkichlarining barqaror o‘sishi ta’minlandi.

2016 yil moliyaviy natijalariga ko‘ra, bank aktivlari 1,2 barobarga, xususiy kapitali 1,1 barobarga, aholi va yuridik shaxslarning depozitlari hajmi 1,4 barobarga o‘sdi. Bank kredit portfelini shakllantirish hamda investitsion faolligini oshirish yuzasidan ko‘rilgan chora-tadbirlar natijasida, 2016 yil davomida kredit portfeli hajmi 1,3 barobarga oshib, uning 80,7 foizini uzoq muddatli kreditlar tashkil etgani alohida e’tiborga molik.

Bank tomonidan erishilayotgan ijobiy natijalar hamda barqaror o‘sish sur’atlari xalqaro va milliy reyting agentliklari tomonidan yuksak baholanib, e’tirof etib kelinmoqda. Jumladan, “Fitch-Ratings” xalqaro reyting agentligi tomonidan bankka so‘nggi yillarda «V» «Barqaror» reyting baholari berib kelinmoqda.     2016 yilda agentlik bank reytingini «V+» darajasiga ko‘tardi.

Respublikamizda kichik biznes va xususiy tadbirkorlikni rivojlantirishda keng imkoniyatlar yaratilganligi zamirida bankimiz mijozlari salohiyati ham oshib bormoqda. 2016 yil yakuniga kelib, bank mijozlarining soni qariyb 404 mingtaga yetgan bo‘lib, milliy iqtisodiyotimizning barcha jabhalarida faoliyat yuritmoqdalar.

2016 yilda «Mikrokreditbank» ATB tomonidan kichik biznes va xususiy tadbirkorlik sub’ektlariga jami 1 130,4 mlrd. so‘mlik kreditlar ajratilgan bo‘lsa, shundan 437,6 mlrd. so‘m miqdorida yoki 2015 yilga nisbatan 1,2 barobarga ko‘p mikromoliyaviy xizmatlar ko‘rsatildi.

O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki tomonidan Oliy Majlis Qonunchilik palatasining Byudjet va iqtisodiy islohotlar qo‘mitasi hamda Axborot va kommunikatsiya texnologiyalari masalalari qo‘mitasi, O‘zbekiston banklari assotsiatsiyasi va Axborot texnologiyalari korxonalari va tashkilotlari assotsiatsiyasi bilan hamkorlikda tashkil etilgan bank texnologiyalari, uskunalari va xizmatlari "Bank Expo-2016” IX milliy ko‘rgazmasida «Mikrokreditbank» ATB “Eng yaxshi mikrokreditlash xizmati” nominatsiyasida g‘olib deb topildi.

Bankimiz respublikamizni eng chekka xududlarida yangi tadbirkorlik sub’ektlarini tashkil etish maqsadida mikromoliyaviy xizmatlar ko‘rsatib kelmoqda. Natijada, ushbu xududlarda bank mijozlari tomonidan Respublikamizda deyarli 40 ming ta yangi ish o‘rinlari yaratilib, soliq to‘lovchilar safi shunchaga kengaytirildi.

Aholining mehnatga layoqatli qatlami – xotin qizlar, yoshlar, kasb-xunar kollejlari bitiruvchilari daromad manbaalariga ega bo‘lishlari, o‘z bizneslarini yaratishlari uchun mikromoliyaviy xizmatlar ko‘rsatib kelmoqdamiz.

Respublikamizda yoshlarni ish joyi bilan ta’minlash dasturiga bankimiz tomonidan yaqindan xamkorlik qilib kollej, akademik litsey bitiruvchilarini, ayniqsa, qizlarni tadbirkorlik sohasiga jalb etish maqsadida doimiy tushuntirish ishlari o‘quv amaliy seminarlar o‘tkazilib borilishi evaziga 66,6 mlrd. so‘mlik kreditlar ajratildi.

Bank ayollar tadbirkorligini har tomonlama qo‘llab-quvvatlash maqsadida yil davomida 117,5 mlrd. so‘mlik imtiyozli kreditlar ajratildi. Shuningdek, oilaviy tadbirkorlik va hunarmandchilik sub’yektlariga 78,4 mlrd. so‘mlik kredit mablag‘lari yo‘naltirildi va belgilab olingan vazifalar to‘liq amalga oshirildi.

Shuningdek, bank respublikamiz aholisini yashash sharoitini yanada yaxshilash maqsadida xizmat ko‘rsatish va servis sohasini rivojlantirish uchun 

154,5 mlrd. so‘m kredit ajratib, ushbu yo‘nalishda 11 mingdan ortiq ishchi o‘rni yaratildi, uzoq muddat foydalanishga mo‘ljallangan mahalliy uy-ro‘zg‘or buyumlariga bo‘lgan talablarini qondirishga 113 mlrd. so‘mlik imtiyozli iste’mol kreditlari ajratdi.

“Mikrokreditbank” aksiyadorlik-tijorat banki tomonidan Respublikamiz iqtisodiyoti va bank tizimida o‘tkazilayotgan islohotlarni amalga oshirilishida aktiv qatnashib, bankning kapitallashuv darajasini yanada oshirish, aktivlar sifati, salmog‘i va daromadliligini yaxshilash, mijozlar va moliyaviy tashkilotlar bilan hamkorlik munosabatlarini yangi bosqichga ko‘tarish orqali bank faoliyatiga doir barcha ko‘rsatkichlarning barqaror o‘sishini ta’minlash, eng muhimi, mijozlarning bankka bo‘lgan ishonchini yanada mustahkamlash bankning yaqin kelajakdagi ustuvor maqsadlari sifatida belgilab olingan. Hukumatimiz tomonidan bank tizimi oldiga qo‘yilgan yangi ijtimoiy-iqtisodiy sohani rivojlantirishga qaratilgan vazifalarni bajarilishida bankimiz har tomonlama faol qatnashib kelmoqda.

Bankimiz oldiga qo‘yilgan maqsad va vazifalarni yuqori sifatda bajarish bizdan xodimlar salohiyati, bilim va tajribasini muntazam o‘stirib borishni, korporativ boshqaruv tizimini takomillashtirishni, har bir mijozga alohida yondashib, ularning talab va istaklarini to‘liq qondirish hamda samaradorlikni oshirishni taqazo etadi, kelgusida strategik rejalarimizni amalga oshirish yo‘lida bor kuch va imkoniyatlarimizni safarbar etamiz hamda zimmamizdagi mas’uliyatni chuqur his etgan holda samarali mehnat qilamiz.

Shu o‘rinda bankimizning barcha aksiyadorlari, mijozlari va hamkorlarimizga bizga bildirilgan ishonchlari hamda bankning rivojlanishiga qo‘shayotgan ulkan hissalari uchun samimiy minnatdorchiligimizni izhor etamiz va kelajakda o‘zaro manfaatli hamkorligimiz yanada samarali bo‘lishiga ishonamiz.

 

Bank Boshqaruv Raisi

 28.06.2017y.

 

 

Iste'mol krediti onlayn-kalkulyatori

To`lov terminali va kredit olish uchun anketalar to'ldirish

Forumda bank va uning xizmatlari muhokamasi