Yagona qabul telefoni (+99871) 202-99-99
Yagona ishonch telefoni: (+99871) 273-04-40
Bosh sahifaMatbuot markazi

Bosh ofis

100096, Toshkent sh., Lutfiy ko'chasi, 14.
Harita

Telefon.: (+998 71) 202-99-99
Faks: (+998 71) 273-05-90
Yagona ishonch telefoni: (71) 273-04-40

Matbuot markazi

Mikrokreditbank ATB aksiyadorlari DIQQATIGA!
30.09.2017


HURMATLI AKSIYADORLAR!

«Mikrokreditbank» aksiyadorlik - tijorat banki aksiyadorlarining navbatdan tashqari umumiy yig‘ilishi 2017-yil 9- oktabr kuni Toshkent shahri, Lutfiy ko‘chasi, 14-uy manzili bo‘yicha «Mikrokreditbank» ATB majlislar zalida o‘tkaziladi.

Yig‘ilish soat 10:00 da boshlanadi. Aksiyadorlarni ruyxatga olish soat 09:00 dan boshlanadi. Umumiy yig‘ilish o‘tkazish uchun Bank aksiyadorlari reyestri 2017-yil 3-oktabr holatiga tuziladi.

Yig‘ilish kun tartibi:

1. «Mikrokreditbank» aksiyadorlik-tijorat banki aksiyadorlarining umumiy yig‘ilishi reglamentini tasdiqlash.

2. «Mikrokreditbank» aksiyadorlik-tijorat banki Kuzatuvi Kengashi a’zolari vakolatini tugatish to‘g‘risida.

3. «Mikrokreditbank» aksiyadorlik-tijorat banki taftish komissiyasi a’zolari vakolatini tugatish to‘g‘risida.

4. «Mikrokreditbank» aksiyadorlik-tijorat banki Kuzatuvi Kengashi tarkibiga yangi a’zolarni saylash to‘g‘risida.

5. «Mikrokreditbank» aksiyadorlik-tijorat banki Taftish komissiyasi tarkibiga yangi a’zolarni saylash to‘g‘risida.

6.«Mikrokreditbank» aksiyadorlik-tijorat bankining yangitashkiliy tuzilmasini tasdiqlash.

7. «Mikrokreditbank» aksiyadorlik-tijorat bankining investitsiya portfelida mavjud «Agro invest sug‘urta» aksiyadorlik jamiyati faoliyatini tiklash yuzasidan sug‘urta faoliyatini amalga oshirish uchun qayta litsenziya olish to‘g‘risida.

Aksiyadorlarning umumiy yig‘ilishini o‘tkazilishi haqida xabar qilish 2017-yil «28» sentabr holatiga tuzilgan aksiyadorlar reyestri ma’lumotlari asosida aksiyadorlarning elektron pochta manzillariga bildirishnoma yuborish orqali amalga oshiriladi.

Aksiyadorlar Umumiy yig‘ilishda shaxsini tasdiqlovchi hujjat va yozma shaklda tuzilgan ishonchnoma asosida qatnashadi, yuridik shaxs nomidan berilgan ishonchnoma qonun xujjatlarda belgilangan tartibda, jismoniy shaxs nomidan berilgan ishonchnoma notarial tasdiqlangan bo‘lishi kerak.

Yig‘ilish o‘tkazish bo‘yicha qo‘shimcha axborot, unda ko‘riladigan masalalarning hujjatlari bilan quyidagi manzilga va telefon raqamlariga murojaat qilish hamda bankning korporativ veb-sayti(www.mikrokreditbank.uz) orqali tanishish mumkin.

Tel: 202 99-99 (1011, 1014)

Bank Kuzatuv kengashi

Iste'mol krediti onlayn-kalkulyatori

To`lov terminali va kredit olish uchun anketalar to'ldirish

Forumda bank va uning xizmatlari muhokamasi