Yagona qabul telefoni (+99871) 202-99-99
Yagona ishonch telefoni: (+99871) 273-04-40
Bosh sahifaMatbuot markazi

Bosh ofis

100096, Toshkent sh., Lutfiy ko'chasi, 14.
Harita

Telefon.: (+998 71) 202-99-99
Faks: (+998 71) 273-05-90
Yagona ishonch telefoni: (71) 273-04-40

Matbuot markazi

Kam taminlangan oilalarni boqimandalik kayfiyatidan xalos etishga qaratilgan sminar
4.12.2017

 O‘zbekiston XDP Markaziy Kengashi va Toshkent viloyat kengashi tomonidan “Mehnatga layoqatli kam ta’minlangan aholining ish bilan bandligi: sohada amalga oshirilayotgan ijobiy ishlar, mavjud muammolar hamda ularning yechimini topish yuzasidan taklif va mulohazalar” mavzusida seminar o‘tkazildi.

Seminarda, O‘zbekiston XDP Markaziy Kengashi va Toshkent viloyat kengashi mas’ul xodimlari, Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi, O‘zbekiston Savdo-sanoat palatasi, “Mikrokredit” ATB, O‘zbekiston Kasaba uyushmalari Federatsiyasi va Tadbirkor ayol uyushmasi ma’sul xodimlari hamda OAV vakillari ishtirok etdi.

Mazkur seminar mehnatga layoqatli kam ta’minlangan aholi bandligini ta’minlash, hududlarda ish o‘rinlarini yaratish, muayyan mehnat turlari bilan shug‘ullanish istagida bo‘lgan kam ta’minlangan oilalarga o‘z oilalarini ta’minlash imkonini beradigan faoliyatlarini yuritishlari uchun yetarli shart-sharoitlar yaratish, bu borada tijorat banklarining maxsus Imtiyozli kreditlash jamg‘armasi mablag‘lari hisobidan imtiyozli foiz stavkasi bo‘yicha mikrokreditlar taqdim etishni yo‘lga qo‘yish, shu orqali aholining mehnatga layoqatli kam ta’minlangan qatlami vakillarini boqimandalik kayfiyatidan xalos etish maqsadida tashkil etildi.

Tadbirda ta’kidlandiki, bozor munosabatlari rivojlangan sari ijtimoiy siyosatning asosiy yo‘nalishlariga alohida e’tibor qaratilmoqda. Bu o‘rinda aholining ijtimoiy himoyaga muhtoj bo‘lgan kam ta’minlangan oilalardan iborat qatlami manfaatlari asosiy ustuvor jihat sifatida doimiy nazoratga olingan.

– O‘zbekiston XDPning dasturiy maqsadlarini amalga oshirishning asosiy tamoyili kam ta’minlangan oilalarni aniq ijtimoiy muhofaza qilishni yanada kuchaytirish, ularning turmush darajasini oshirish, ijtimoiy hizmat ko‘rsatish tizimini takomillashtirish va yangi texnologiyalarni joriy etish asosida ularning ijtimoiy ta’minotga bo‘lgan ehtiyojlarini yana ham to‘liqroq qondirish hisoblanadi, – deydi O‘zbekiston XDP Toshkent viloyat kengashi raisi Mehroj Darhonov. – Kam ta’minlangan oilalarni boqimandalik kayfiyatidan xalos etish va ijtimoiy faolligini oshirish maqsadida ularga tovuq tarqatilishi, tomorqalariga issiqxonalar qurib berilishi, qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini yetishtirish, qoramol, qo‘y, echki, quyon boqish va go‘sht yetishtirish, parrandachilik va asalarichilikni rivojlantirish, ixcham issiqxonalar tashkil etish, shuningdek, urug‘ va ko‘chatlar uchun, shuningdek, tikuv mashinalari, matolar va zarur materiallar, hunarmandchilik faoliyatini amalga oshirish uchun inventarlar, maishiy, kompyuter va boshqa texnikalar uchun mikrokreditlar ajratilishi xalqimizning ertangi kunga bo‘lgan ishonchini mustahkamlab, partiya elektorati vakillarining ijtimoiy himoyaga muhtoj aholi toifasidan jamiyatning faol a’zosiga aylanishiga zamin yaratmoqda. Bu esa partiya dasturiy maqsadlarining hayotga nechog‘li tadbiq etilayotganini ko‘rsatadi.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 17-noyabrdagi “Hunarmandchilikni yanada rivojlantirish va hunarmandlarni har tomonlama qo‘llab-qo‘vvatlash chora tadbirlari to‘g‘risida”gi Farmoni bilan mamlakatimizda qabul qilingan qonunchilik hujjatlari tajribasida ilk bor Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahrida hunarmandchilikni rivojlantirish bo‘yicha manzilli dasturlar tasdiqlangan bo‘lib, unga ko‘ra 2018-2019-yillarda qiymati 146,6 milliard so‘mga teng, shundan 86,8 milliard so‘m tijorat banklarining kredit mablag‘lari hisobiga, aksariyat qishloq joylariga to‘g‘ri keladigan 9 mingdan ortiq yangi ish o‘rinlari yaratilishini ko‘zda tutuvchi 3015 ta loyiha amalga oshiriladi. Shu bilan birga respublikamizning barcha hududlaridagi 16ta kasb-hunar kollejlarida kasbiy ta’lim yo‘nalishlari ochiladi.

Ta’kidlandiki, bu yo‘nalishdagi ishlarni yanada samarali tashkil etish maqsadida, xalq deputatlari mahalliy kengashlardagi partiya guruhlari faoliyatini jonlantirish, barcha bo‘g‘indagi ijro etuvchi tuzilmalarning mintaqa ijtimoiy-iqtisodiy taraqqiyotiga doir amaliy vazifalarni hal etish ishiga deputatlik guruhlari ta’sirini oshirish talab etiladi.

Seminarda mutaxassislar tomonidan kam ta’minlangan oilalar uchun ajratiladigan mikrokreditlar haqida yig‘ilganlarga tushuncha berildi. Shuningdek, partiyaning mahalliy tashkilotlari va mahalliy Kengashlardagi partiya guruhlari tomonidan mintaqalarning aniq investitsion dasturlarini shakllantirish, o‘z loyihalariga ega bo‘lgan kam ta’minlangan oila vakillarini biznes loyihalarini amalga oshirishga ko‘maklashish bo‘yicha rejalashtirilgan ishlar haqida axborot berildi.

Tadbir doirasida seminar ishtirokchilari Zangiota tumani Qatortol qishlog‘ida istiqomat qilib kelayotgan kam ta’minlangan oilalar xonadonlarida bo‘lishdi. Ularning yashash sharoitlari bilan yaqindan tanishdilar. Tuman bandlikka ko‘maklashish markazi tomonidan hududda istiqomat qilayotgan kasb-hunar kolleji bitiruvchilari, uyushmagan yoshlar, ish bilan band bo‘lmagan mehnatga layoqatli kam ta’minlangan aholi vakillariga bo‘sh ish o‘rinlari taklif qilindi.

Tadbir davomida tegishli taklif va tavsiyalar asosida hamkor tashkilotlar vakillari bilan loyihalar yo‘nalishida kelishuvlar amalga oshirildi va o‘z biznesini boshlamoqchi bo‘lgan partiya elektorati vakillariga “Mikrokredit” ATB tomonidan kredit olish bo‘yicha aniq takliflar bildirildi. Shuningdek, Xalq deputatlari Zangiota tuman Kengashidagi partiya guruhi oldiga vazifalar qo‘yildi.

Tadbir so‘nggida savol-javoblar, ishtirokchilar tomonidan mavzu yuzasidan turli fikr-mulohazalar, takliflar bildirildi.

xdp.uz

 

 

 

Iste'mol krediti onlayn-kalkulyatori

To`lov terminali va kredit olish uchun anketalar to'ldirish

Forumda bank va uning xizmatlari muhokamasi