Matbuot markazi

Nashr uchun talqin
Konstitutsiya huquq va erkinligimiz kafolati
6.12.2017

Konstitutsiya  huquq va  erkinligimiz kafolati

       “Mikrokreditbank”  aksiyadorlik  tijorat  bankida  Mamlakatimiz Bosh Qomusining 25  yilligiga bag‘ishlangan “Konstitutsiya – huquq va  erkinligimiz kafolati”  mavzusida tadbir  o’tkazildi. Unda “Huquq va burch” jurnali bosh muharrir o’rinbosari To’lqin Tursunov ishtirok etdi.

Tadbirda Konstitutsiya mamlakatimiz ijtimoiy-siyosiy, iqtisodiy taraqqiyotining muhim qonuniy asosi, fuqarolar huquq va manfaatlarining ishonchli kafolati bo‘lib, unda mamlakatimizda huquqiy demokratik davlat, adolatli jamiyat barpo etish, millatlararo totuvlik, diniy bag‘rikenglikni ta’minlash g‘oyalari va xalqaro huquqning umume’tirof etilgan barcha tamoyillari o‘z ifodasini topganligi haqida so‘z yuritildi. Konstitutsiyamizni chuqur o‘rganish, unda belgilangan qoida va tamoyillarni hayotga tatbiq etishda har bir fuqaro faol ishtirok etishi lozimligi ta’kidlandi.

 

Valyutalar kursi

17.10.2018 holatiga kora

Sotib olish Sotish OzR MB
USD 8205.00 8270.00 8208.04
EUR 9300.00 9600.00 9490.14
GBR 10500.00 10850.00 10796.86
JPY 67.00 73.00 73.16

Valyutalar konvertori