Matbuot markazi

Nashr uchun talqin
VATAN HIMOYASI MUQADDAS BURCH
12.01.2018

VATAN HIMOYASI  MUQADDAS BURCH

   Shu kunlarda yurtimizda 14-yanvar – “Vatan himoyachilari kuni”ni umumhalq bayrami sifatida nishonlashga qizg‘in tayyorgarlik ko‘rilmoqda va respublikamiz miqyosida ko‘plab tadbirlar tashkil etilmoqda. Ana shunday tadbirlardan biri “Mikrokreditbank” aksiyadorlik tijorat bankida ham o‘tkazildi.
   Respublika Ma’navit va ma’rifat markazi bilan hamkorlikda “Vatan himosi muqaddas burch” mavzusida tashkil etilgan ushbu tadbirda O‘zbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi Havo hujumidan mudofaa qo‘shinlari va harbiy havo kuchlari qo‘mondonligi harbiy ofitseri F.Ahmadullayev, Respublika Ma’navit va ma’rifat markazi bosh mutaxassisi Sh.Tojiddinova, hamda bank Markaziy apparati xodimlari ishtirok etdi.
   Tadbirda Vatanni himoya qilish har bir farzand uchun muqaddas yigitlik burchi hisoblanishi, bunday sharafli ishga butun vujud, qalb, iymon-e’tiqod bilan tayyor turish, hamisha sergak va ogoh bo‘lish, zamonaviy harbiy va texnik bilimlarni puxta egallash, farzandlarimizni ajdodlardan bizga meros bo‘lib kelayotgan ezgu fazilatlar hisoblanmish mardlik, matonat va jasorat, ma’naviyatva ma’rifat bilan yo‘g‘irilgan ruhda tarbiyalash bugungi kunning muhim vazifalaridan biri ekanligi haqida so‘z bordi.
 

 

Bank Axborot xizmati
 

Valyutalar kursi

11.12.2018 holatiga kora

Sotib olish Sotish OzR MB
USD 8310.00 8360.00 8312.64
EUR 9250.00 9550.00 9456.46
GBR 10200.00 10650.00 10578.67
JPY 70.00 75.00 73.75

Valyutalar konvertori

 

Jismoniy shaxslar bilan ishlash bo’limi:

Telefon: +998 71 2029999 (ichki 1158)

 

Bo’lim rahbari:

Ilashev Alijon

 

Sorovnoma

Sayt haqida fikringiz