Yagona qabul telefoni (+99871) 202-99-99
Yagona ishonch telefoni: (+99871) 273-04-40
Bosh sahifaMatbuot markazi

Bosh ofis

100096, Toshkent sh., Lutfiy ko'chasi, 14.
Harita

Telefon.: (+998 71) 202-99-99
Faks: (+998 71) 273-05-90
Ishonch telefoni: (71) 273-04-40

Matbuot markazi

ULUG' AJDODLARGA EHTIROM
9.02.2018

ULUG' AJDODLARGA EHTIROM

     Shu kunlarda mamlakatimiz bo'ylab buyuk shoir, mutafakkir, davlat arbobi Alisher Navoiy hamda Zaxiriddin Muhammad Bobur tavalludi keng nishonlanmoqda. Kuni kecha mazkur sana munosabati bilan “Mikrokreditbank” aksiyadorlik tijorat bankida ham adabiy-ma'rifiy tadbir o'tkazildi.
    Unda O‘zbekiston Xalq artisti Tesha Mo‘minov hamda Respublika Ma’navit va ma’rifat markazi bosh mutaxassisi Sh.Tojiddinova ishtirok etdi. Tadbirda buyuk ajdodlarimizning umrboqiy ilmiy-ma'rifiy merosini targ'ib etish borasida olib borilayotgan sa'y-harakatlar xalqimiz, hususan, yoshlar ma'naviyatini yuksaltirishga, ona tiliga muhabbat, uning beqiyos boyligi va buyukligini anglashga xizmat qilayotganini ta'kidlandi.
    Darhaqiqat, bugungi globallashuv davrida buyuk ajdodlarimizning  ijod namunalari jahon xalqlarining ko'plab tillariga tarjima qilinib, olimlar, keng jamoatchilik tomonidan katta qiziqish bilan o'rganilmog'da. Ularning asarlarida yurt ravnaqi, osuda va farovon hayot, jamiyatdagi barqarorlik, o'zaro totuvlik va ahillik, mehr-oqibat muhitini asrab-avaylashdek ezgu g'oyalar ulug'lanadi.

                                                                                                                                     Bank matbuot xizmati
 

Iste'mol krediti onlayn-kalkulyatori

To`lov terminali va kredit olish uchun anketalar to'ldirish

Forumda bank va uning xizmatlari muhokamasi