Matbuot markazi

Nashr uchun talqin
Mikrokreditbank ATB yurtimiz xotin-qizlarini tadbirkorlikka jalb qilish maqsadida mikrokreditlar ajratadi.
6.03.2018

Mikrokreditbank ATB yurtimiz xotin-qizlarini  tadbirkorlikka jalb qilish maqsadida mikrokreditlar ajratadi.

1. Qarz oluvchi – yakka tartibdagi tadbirkor ayol, yuridik shaxs ustav jamg‘armasining 51 foizidan ortiq ulishiga ega bo‘lgan ayol tadbirkorlar, asosan ayollar mehnatidan foydalanadigan (ayollarning soni 50 foizdan yuqori bo‘lgan) va ayollar boshqaradigan mikrofirma, kichik korxona va fermer xo‘jaliklari;

2. Mikrokreditlar qaytarishlik, to‘lovlilik, ta’minlanganlik, muddatlilik va maqsadli foydalanish shartlari asosida beriladi.

3. Mikrokreditlar kreditlanayotgan tadbirning o‘zini-o‘zi qoplashini hisobga olgan holda quyidagi muddatlarga va miqdorda beriladi:

- boshlang‘ich sarmoyani shakllantirish uchun eng kam oylik ish haqining 100 baravarigacha 18 oy muddatga;

- aylanma mablag‘larni to‘ldirishga eng kam oylik ish haqining
500 baravarigacha 18 oy muddatga (qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini yetishtirishni tashkil etish uchun aylanma mablag‘larni to‘ldirishga - 24 oy muddatgacha);

- hunarmandchilik va kasanachilik faoliyatini boshlash hamdarivojlantirish maqsadida – eng kam oylik ish haqining 300 baravarigacha 24 oy muddatga;

- investitsion loyihalarni moliyalashtirishga - 36 oy muddatgacha.

- ozodlikdan mahrum etish joylaridan ozod etilgan va zararli ta’sirlarga berilmagan xotin-qizlar uchun o‘z tadbirkorlik faoliyatlarini boshlashlari uchun mikrokreditlar – eng kam ish haqining 50 barobarigacha 24 oy muddatga;

- maxsus o‘quv kurslarida (haydovchilik, hamshiralik, chevarchilik, til o‘rganish va boshqalar) – eng kam oylik ish haqining 20 barobarigacha 12 oy muddatga;

- O‘zbekiston Respublikasi hududida joylashgan dam olish maskanlarida dam olib davolanish uchun eng kam ish haqining
30 barobarigacha 24 oy muddatgacha;

4. Mikrokreditlardan foydalanganlik uchun foiz stavkasi miqdori O‘zbekiston Respublikasi Markaziy bankining amaldagi qayta moliyalash stavkasidan oshmagan miqdorda belgilanadi.

5. Mikrokreditlar o‘zining maqsad va yo‘nalishlaridan kelib chiqib yillik imtiyozli 7 (yetti) foiz hamda O‘zbekiston Respublikasi Markaziy bankining amaldagi qayta moliyalash stavkasi miqdordaajratiladi:

5.1. Yillik 7 (yetti) foiz hisobidan quyidagi yo‘nalishlarga ajratiladi:

- xizmat ko‘rsatish va servis sohasi (qizlarni turmushga tayyorlash uchun keng qamrovli o‘quv kurslari tashkil qilish, maktabgacha ta’lim muassalari (hususiy bog‘chalar) tashkil etish, ularni jihozlash va ta’mirlash, marosim o‘tkazish joylarini bezatish faoliyatiga aylanma mablag‘larni to‘ldirish, go‘zallik saloni tashkil qilish, to‘y liboslarini ijaraga berish, to‘y anjomlarini ijaraga berish);

- hunarmandchilik (milliy kashtachilik va zardo‘zlik, milliy liboslar ko‘ylaklar tikish, to‘n, ayollar va erkaklar do‘ppilari tayyorlash, kelin sarpolarini tikish, ko‘rpa-yostiq, qiyiqcha tikish uchun tikuv mashinalari, asbob-uskunalar va xom-ashyo sotib olish, zargarlik buyumlari ishlab chiqarish, milliy qandolatchilik maxsulotlari tayyorlash va yetkazib berish, milliy taomlar tayyorlash);

5.2. O‘zbekiston Respublikasi Markaziy bankining amaldagi qayta moliyalash stavkasidan oshmagan miqdorda quyidagi yo‘nalishlarga ajratiladi:

- sanoat sohasiga (ishlab chiqarish faoliyatini tashkil qilish, qayta jihozlash va modernizatsiyalar, yangi innovatsion texnologiyalarni joriy qilish hamda aylanma mablag‘larni to‘ldirish);

- chorvachilik va qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini yetishtirish, qayta ishlash.

6. Mikrokredit olish uchun qarz oluvchi tomonidan bankka quyidagi hujjatlar taqdim etiladi:

a) mikrokredit olish uchun ariza;

b) pul oqimlari prognozi ko‘rsatilgan biznes reja;

v) qarz oluvchining taqdim qilgan tegishli davlat soliq inspeksiyasiga oxirgi hisobot davri uchun buxgalteriya balansi (1-son shakl), 90 kundan ortiq muddatdagi qarzlarga doir solishtirish dalolatnomalari, moliyaviy natijalar to‘g‘risida hisobot (2-son shakl), yangi tashkil etilgan, ya’ni davlat ro‘yxatidan o‘tganiga 6 oydan oshmagan yuridik shaxslar hamda yakka tartibdagi tadbirkorlar, yuridik shaxs tashkil etmagan holda faoliyat yuritayotgan dehqon xo‘jaliklari bundan mustasno.

g) mikrokreditni qaytarishning ta’minlanishi to‘g‘risida hujjat.

(Bunda Bank qarz oluvchilarga kredit berishda kreditning umumiy summasida qarz oluvchining garov ta’minotini rasmiylashtirish bilan bog‘liq xarajatlarni hisobga olishi mumkin).

7. Mikrokreditlar qaytarilishining ta’minoti sifatida bankka quyidagi ta’minot turlaridan biri taqdim etiladi:

a) mol-mulk garovi;

b) tijorat banki yoki sug‘urta kompaniyasi kafolati;

v) uchinchi shaxs kafilligi;

g) qarz oluvchi tomonidan olingan mikrokreditni qaytarmaslik xatarining bank foydasiga sug‘urta qilinganligi;

d) guruh kafilligi (guruh a’zolari O‘zbekiston Respublikasi “Hunarmand” uyushmasiga a’zo bo‘lgan 3-5 nafargacha hunarmandlardan iborat bo‘lishi lozim).

 

Bank Axborot xizmati

 

Valyutalar kursi

11.12.2018 holatiga kora

Sotib olish Sotish OzR MB
USD 8310.00 8360.00 8312.64
EUR 9250.00 9550.00 9456.46
GBR 10200.00 10650.00 10578.67
JPY 70.00 75.00 73.75

Valyutalar konvertori

 

Jismoniy shaxslar bilan ishlash bo’limi:

Telefon: +998 71 2029999 (ichki 1158)

 

Bo’lim rahbari:

Ilashev Alijon

 

Sorovnoma

Qaysi bank xizmatlari sizni ko'proq qiziqtiradi?