Matbuot markazi

Nashr uchun talqin
Doimo ezozdasiz aziz faxriylar
8.05.2018

Doimo ezozdasiz aziz faxriylar

Prezidentimizning 2018 yil 16 apreldagi «Xotira va kadrlash kuniga tayyorgarlik ko‘rish va uni o‘tkazish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi qarori ijrosi yuzasidan joylarda turli tadbirlar bo‘lib o‘tmoqda.

Mazkur sana munosabati bilan “Mikrokreditbank” ATB xodimlari tomonidan Poytaxtimizning Chilonzor tumanida yashovchi faxriylar, Inagamov Abid va G‘aniyev Abdujalil ota holidan xabar olindi. Ikkinchi jahon urushi qatnashchilari fashizmga qarshi kechgan beayov janglarda vatanparvarlik va jasorat namunalarini ko‘rsatgan bu faxriylar e’zozu ardoqda hayot kechirmoqda.

Nuroniy otaxonlar bilan bo‘lgan suhbatlarda suronli urush yillari, olis yurtlardagi qonli janglar haqida so‘zlab, bugungi tinch-osoyishta kunlar uchun shukronalar aytdilar. Yoshlarning eng asosiy burchi tinchlikni qadrlash,uni himoya qilish, yurt ravnaqi va farovonligi yo‘lida halol xizmat qilishdan iborat ekanligini alohida ta’kidladi.

 

Bank Axborot xizmati

 

Valyutalar kursi

18.01.2019 holatiga kora

Sotib olish Sotish OzR MB
USD 8360.00 8400.00 8356.18
EUR 9300.00 9600.00 9582.03
GBR 10300.00 10650.00 10730.17
JPY 73.00 77.00 76.99

Valyutalar konvertori

 

Jismoniy shaxslar bilan ishlash bo’limi:

Telefon: +998 71 2029999 (ichki 1158)

 

Bo’lim rahbari:

Ilashev Alijon

 

Sorovnoma

Qaysi bank xizmatlari sizni ko'proq qiziqtiradi?