Yagona qabul telefoni (+99871) 202-99-99
Yagona ishonch telefoni: (+99871) 273-04-40
Bosh sahifaMatbuot markazi

Bosh ofis

100096, Toshkent sh., Lutfiy ko'chasi, 14.
Harita

Telefon.: (+998 71) 202-99-99
Faks: (+998 71) 273-05-90
Ishonch telefoni: (71) 273-04-40

Matbuot markazi

BANK KOMAGI BILAN YANGI KORXONA ISH BOSHLADI
10.05.2018

BANK KOMAGI BILAN YANGI KORXONA ISH BOSHLADI

Mamlakatimizda aholi salomatligini asrash, tibbiy xizmat ko‘rsatish sifatini oshirishga qaratilayotgan alohida e’tibor tufayli farmatsevtika sanoati ham jadal rivojlanib, ishlab chiqarilayotgan dori-darmon va tibbiyot vositalari turi va sifati tobora ortib bormoqda.

Bu borada Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyevning 2016-yil 16-sentyabrdagi “2016-2020-yillarda respublika farmatsevtika sanoatini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari dasturi to‘g‘risida”gi hamda 2016 yil 31 oktyabrdagi “Aholini dori-darmon vositalari va tibbiyot buyumlari bilan ta’minlashni yanada yaxshilashga doir chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi qarorlari bu boradagi ishlarda muhim dasturilamal bo‘lmoqda.

Kuni kecha Andijon viloyati Oltinkul tumanida tibbiy kulkoplar ishlab chiqarishga ixtisoslashgan “Gold Grown Pharma” mas’uliyati cheklangan jamiyati ish boshladi. Mazkur loyiha qiymati 7 mlrd. so‘m bo‘lgan ushbu korxonada yiliga 30 mln. juft tibbiy kulkoplar yoki 54 mlrd. so‘mlik mahsulot ishlab chikarishimkoniyati mavjud.

– Mamlakatimizda farmatsevtika sanoatini rivojlantirish, aholi va davolash muassasalarini sifatli, xavfsiz va arzon dori-darmon vositalari va tibbiyot buyumlari bilan ta’minlashga alohida e’tibor qaratilmoqda, – deydi “Gold Grown Pharma”ma’uliyati cheklangan jamiyati rahbari Rustam Xaydarov.– Bu sohada tadbirkorlarga ko‘plab imtiyozlar berilayotgani ularni yangi loyihalarga undamoqda. Ayni paytda korxonamiz ish boshlashi bilan 120 ta ish o‘rni yaratilib, tibbiyot kollejlarining farmatsevtika yo‘nalishi bitiruvchilari doimiy ishli bo‘ldi.

Ilm-fanning so‘nggi yutuqlari asosida jihozlangan texnologik jarayonlar va logistika tizimi bir-biri bilan uzviy bog‘liqligi mehnat unumdorligi yuqori bo‘lishiga xizmat qiladi. Zamonaviy andozalar asosida barpo etilgan korxonaga “Mikrokreditbank” aksiyadorlik tijorat banki tomonidan 2017 yilda ajratilgan 6 mlrd. 280 mln. so‘mlikkredit hisobigaXitoy davlatidan yuqori texnologik ishlab chiqarish liniyasi keltirib o‘rnatildi. Shuningdek, 2018 yilda korxonaga xomashyo sotib olish uchun “Mikrokreditbank”tomonidan qo‘shimcha1 mlrd. 800 mln. sum kredit mablagiajratildi.

Iste'mol krediti onlayn-kalkulyatori

To`lov terminali va kredit olish uchun anketalar to'ldirish

Forumda bank va uning xizmatlari muhokamasi