Yagona qabul telefoni (+99871) 202-99-99
Yagona ishonch telefoni: (+99871) 273-04-40
Bosh sahifaMatbuot markazi

Bosh ofis

100096, Toshkent sh., Lutfiy ko'chasi, 14.
Harita

Telefon.: (+998 71) 202-99-99
Faks: (+998 71) 273-05-90
Ishonch telefoni: (71) 273-04-40

Matbuot markazi

Diqqat! Buxoroda quyonchilik sohasini rivojlantirish boyicha seminar tashkil etiladi.
28.07.2018

Diqqat! Buxoroda quyonchilik sohasini rivojlantirish boyicha seminar tashkil etiladi.

Joriy yilning 2-avgust kuni Italiya quyon yetishtiruvchilar assotsiatsiyasi direktori doktor Mishel Shiavitto hamda Italiya seleksionerlar Assotsiatsiyasi rahbari va Pyachensa universitetining genetika bo‘yicha professori Nigreni Rikardo ishtirokida Buxoro shahrida (viloyat hokimligi binosida) quyonchilik sohasini sanoat usulida rivojlantirish bo‘yicha seminar tashkil etiladi.

Ushbu seminarda quyon go‘shti mahsuloti yetishtirish uchun ishlab chiqarishning tizimli shaklini yanada rivojlantirish, go‘sht va mo‘ynachilikka moslashtirilgan zotdor quyonlar boqish, go‘sht va terini qayta ishlash, eksport qilishning yahlit tizimini joriy qilishda lozim bo‘lgan jihatlar yoritib beriladi.

Shuningdek, innovatsion g‘oyalar va ishbilarmonlik muhitini yaxshilashni ta’minlash, sotib olingan quyonlarni boqish texnologiyalarini batafsil tushuntirish, kelgusida har bir xonadonda mavjud quyonlarni vaksinatsiya qilish, aholi va tadbirkorlarga nasldor quyonlarni sun’iy qochirish va uzluksiz veterinariya xizmatlari ko‘rsatish tarmog‘ini kengaytirish, quyonchilik mahsulotlarini yetishtirish, quyonchilik genetikasi, ko‘payishi va fiziologiyasi, quyon go‘shti va mo‘ynachilikka moslashtirilgan yangi quyon zotlari, ularni urug‘lantirish uchun tegishli vositalar taqdimoti namoyish etiladi.

Iste'mol krediti onlayn-kalkulyatori

To`lov terminali va kredit olish uchun anketalar to'ldirish

Forumda bank va uning xizmatlari muhokamasi