Matbuot markazi

Nashr uchun talqin
Mikrokreditbank va Oʻzbekiston Xotin-qizlar qoʻmitasi oʻrtasida imtiyozli kreditlash boʻyicha kelishuv imzolandi
20.09.2018

 Mikrokreditbank va Oʻzbekiston Xotin-qizlar qoʻmitasi oʻrtasida imtiyozli kreditlash boʻyicha kelishuv imzolandi

Bugun “Mikrokreditbank” aksiyadorlik tijorat banki Bosh ofisida Oʻzbekiston Xotin-qizlar qoʻmitasi, Xotin-qizlarni va oilani qoʻllab-quvvatlash jamoat fondi hamda “Mikrokreditbank” ATB hamkorligida “Xotin-qizlarni qoʻllab-quvvatlash va oila institutini mustahkamlash faoliyatimiz mezoni!” mavzusida anjuman oʻtkazildi.

Tadbirda Oʻzbekiston Xotin-qizlar qoʻmitasi raisi T.Norboyeva, “Mikrokreditbank” ATB Boshqaruv raisi O.Almardonov, Xotin-qizlarni va oilani qoʻllab-quvvatlash jamoat fondi raisi Sh.Keldiboyev, tegishli hamda ommaviy axborot vositalari vakillari ishtirok etdi.

Maʼlumki, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2018 yil 2 fevraldagi PF-5325-son “Xotin-qizlarni qoʻllab-quvvatlash va oila institutini mustahkamlash sohasidagi faoliyatni tubdan takomillashtirish toʻgʻrisida”gi farmoniga asosan respublikamizda ayollarning ijtimoiy-siyosiy va sotsial faolligini kuchaytirish, ularning turli soha va tarmoqlarda oʻz qobiliyat va imkoniyatlarini ruyobga chiqarish uchun shart-sharoitlar yaratish, huquq va qonuniy manfaatlariga soʻzsiz rioya qilinishini taʼminlash, onalik va bolalikni har tomonlama qoʻllab-quvvatlash, shuningdek oila institutini mustahkamlash borasida koʻplab chora-tadbirlar belgilandi.

Ayni paytda “Mikrokreditbank” aksiyadorlik-tijorat banki tomonidan respublikamiz olis xududlaridagi xotin-qizlarga oilaviy va xususiy tadbirkorlikni tashkil etishda imtiyozli kreditlar berishni yoʻlga qoʻyish, ayollar tadbirkorligini har tomonlama rivojlantirishda moddiy va tashkiliy koʻmak berish uchun keng koʻlamli ishlar amalga oshirib kelinmoqda. Hususan, joriy yilning oʻtgan davri davomida bank tomonidan 2 820 nafar ayolga 139,6 mlrd.soʻm miqdorida kredit mablagʻlari ajratildi.

Bu boradagi xayrli ishlarni yanada kengaytirish, respublikamiz iqtisodiyotida ayollar tadbirkorligi ulushini oshirish va ularni har tomonlama qoʻllab-quvvatlash maqsadida Oʻzbekiston Xotin-qizlar qoʻmitasi, Xotin-qizlarni va oilani qoʻllab-quvvatlash jamoat fondi hamda “Mikrokreditbank” aksiyadorlik tijorat banki hamkorligida uch tomonlama Bosh kelishuv imzolandi.

Mazkur Kelishuvga koʻra “Jamoat fondi” tomonidan Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018 yil 14 martidagi “Xotin-qizlarni va oilani qoʻllab-quvvatlash jamoat fondi faoliyatini tashkil etish toʻgʻrisida”gi 201-sonli qaroriga muvofiq, joylardagi tuman (shahar) hokimining oʻrinbosari - xotin-qizlar qoʻmitasi raisining imtiyozli kreditlash boʻyicha yozma ravishda bergan tavsiyanomasi asosida “Mikrokreditbank” aksiyadorlik-tijorat banki tomonidan jismoniy shaxslar, yaʼni xotin-qizlarga tadbirkorlikni boshlash yoki rivojlantirish uchun eng kam ish haqining 150 baravarigacha miqdorda hamda xotin-qizlar tashkil etgan yuridik shaxslarga eng kam ish haqining 1500 baravarigacha miqdorda biznesni qoʻllab-qoʻllatlash va boshqa tadbirkorlik faoliyatlari uchun yillik 7 foizdan imtiyozli kreditlar ajratish koʻzda tutilgan.

Tadbirda shuningdek, xotin-qizlarni tadbirkorlikka jalb qilishni yanada qoʻllab-quvvatlash hamda tadbirkorlik faoliyatini yuritish natijasida yuzaga kelishi mumkin boʻlgan muammolarni yechimini topish, tadbirkorlik qilish istagi bor boʻlgan xotin-qizlarga toʻgʻri yoʻnalish koʻrsatish yuzasidan bir qator vazifalar belgilab olindi.

 

Bank Axborot xizmati

Valyutalar kursi

11.12.2018 holatiga kora

Sotib olish Sotish OzR MB
USD 8310.00 8360.00 8312.64
EUR 9250.00 9550.00 9456.46
GBR 10200.00 10650.00 10578.67
JPY 70.00 75.00 73.75

Valyutalar konvertori

 

Jismoniy shaxslar bilan ishlash bo’limi:

Telefon: +998 71 2029999 (ichki 1158)

 

Bo’lim rahbari:

Ilashev Alijon

 

Sorovnoma

Qaysi bank xizmatlari sizni ko'proq qiziqtiradi?