Matbuot markazi

Nashr uchun talqin
Mikrokreditbank va Vakifbank (Turkiya) oʻrtasida hamkorlik memorandumi imzolandi
8.10.2018

 Mikrokreditbank va Vakifbank (Turkiya) oʻrtasida hamkorlik memorandumi imzolandi

Joriy yilning 1-6 oktyabr kunlari Turkiya Hamkorlik va muvofiqlashtirish agentligi (TIKA) taklifiga binoan Mikrokreditbankning bir guruh mutasaddi xodimlari oʻzaro tajriba almashish va hamkorlik aloqalarini mustahkamlash maqsadida xizmat safarida boʻlib kelishdi.

Mazkur safar doirasida Istanbul shahrida Oʻzbekiston Respublikasining “Mikrokreditbank” ATB boshqaruv raisi oʻrinbosari A.Nizamov bilan Turkiya Vakifbank raisi oʻrinbosari Xasan Ejesoy oʻrtasida uchrashuv boʻlib oʻtdi.

Uchrashuvda banklarimiz oʻrtasida doimiy hamkorlik qilib borish, oʻzaro tajriba almashish tizimini yoʻlga qoʻyish hamda moliyaviy sohadagi hamkorlikni boshlashga qaratilgan oʻzaro aloqalarni tashkil etish borasida kelishuv memorandumi imzolandi.

Bundan tashqari, tomonlar innovatsion texnologiyalarni qoʻllash orqali bank xizmatlarining yangi turlarini joriy qilish hamda xizmat koʻrsatish sifatini yanada yaxshilash, tadbirkorlik subyektlarini moliyaviy qoʻllab-quvvatlashni takomillashtirish masalalarida oʻzaro fikr almashishdi. Vakillarimiz Vakifbankda tashkil etilgan oʻquv mashgʻulotlarida ishtirok etib, Turkiya bank tizimning oʻziga xos xususiyatlari toʻgʻrisida, shuningdek Vakifbankning faoliyati, mijozlarga xizmat koʻrsatish jarayonlarining tashkil etilishi, kredit ajratish, plastik kartochkalar emissiya qilish va boshqa yoʻnalishlardagi maʼlumotlar bilan yaqindan tanishdilar.

Valyutalar kursi

17.10.2018 holatiga kora

Sotib olish Sotish OzR MB
USD 8205.00 8270.00 8208.04
EUR 9300.00 9600.00 9490.14
GBR 10500.00 10850.00 10796.86
JPY 67.00 73.00 73.16

Valyutalar konvertori