Matbuot markazi

Nashr uchun talqin
OʻZBKISTONDA QUYON YETISHTIRISHNI SANOAT DARAJASIDA RIVOJLANTIRISHGA BAGʻISHLANGAN XALQARO SMINAR BOʻLIB OʻTDI
26.10.2018

   

    “Mikrokreditbank” aksiyadorlik tijorat banki, Italiya quyon yetishtiruvchilar assotsiatsiyasi hamda Rossiyaning mazkur sohadagi ekspertlari ishtirokida Samarqand viloyatida xalqaro seminar tashkil etildi. Oʻzbekistonda sanoat usulida quyon yetishtirishning zamonaviy jihatlariga qaratilgan mazkur seminarda yurtimizning 40 dan ortiq quyon yetishtirishga ixtisoslashgan agrofirmalari rahbarlari, kuyonchilik boʻyicha mahalliy mutaxassislar va havaskorlar  ishtirok etishdi.

    Shu oʻrinda, soʻnggi yillarda mamlakatimizda quyonchilik sohasini rivojlantirish uchun “Mikrokreditbank” tomonidan samarali ishlar amalga oshirilayotganligi, jumladan mazkur sohaga bank tomonidan ajratilayotgan kreditlar quyonchilik agrofirmalarini zamonaviy texnologiyalar bilan jihozlash va quyon yetishtirishni jadal surʼatlarda oʻsishiga hamda yangi ish oʻrinlari yaratilishiga imkonini bermoqda.

    Bundan tashqari, quyonchilikda ilgʻor boʻlgan davlatlar tajribalari bank tomonidan muntazam oʻrganilmoqda. Samarqand shahrida tashkil etilgan xalqaro seminar ham, bu borada tashlangan yirik qadam desak mubolagʻa boʻlmaydi. “Mikrokreditbank ATB boshqaruv raisining birinchi oʻrinbosari Shuxrat Rasulov seminarni ochib berar ekan mamlakatimizda quyonchilik sohasida amalga oshirilgan ishlar, erishilgan yutuqlarga toʻxtalib oʻtdi.

    Jumladan, 2015-2018 yillar davomida agrofirmalarga 31,3 mlrd. soʻm, aholiga xonadonga quyon boqish uchun 3,6 mlrd. soʻm miqdorida kredit mablagʻlari ajratilgan. Hozirgi kunda mazkur agrofirmalarda boqilayotgan quyonlar soni 132 ming boshdan ortib, tez orada quyonchilik sohasi mamlakatning goʻsht va muyna ishlab chiqarish sohalarida munosib oʻrin egallashi kutilmoqda.

    Quyonchilikni sanoat usulida yetishtirishga bagʻishlangan, Samarqand viloyatida tashkil etilgan seminarda – Italiyaning Aldo Moro Universiteti professori Vinchenso Tufarelli hamda Italiya quyon yetishtiruvchilar assotsiatsiyasi direktori Doktor Mishel Shiavittolar maxsus taqdimotlar qilib, unda quyonlarning asosiy kasalliklari - davolashda suv tizimining oʻrni, jonivorlarni boqish va ozuqa patalogiyasi hamda quyon fermalarini tashkil etish, goʻsht eksportiga talablar mavzuidagi maʼruzalari qilishdi.

    Shuningdek, tadbir doirasida Samarqand shahridagi “Zlato Praga” hamda Toshkent shahridagi “LaPiola” restoranlarida Mikrokreditbank ATB tomonidan "Quyon goʻshtidan taomlar” nomli master klasslar tashkil etildi. Unda Italiyaning toʻy marosimlari akademiyasi oshpazlari – Daniyel Borelli va Frensesko Paolo Morra Oʻzbekistonlik hamkasblariga Italiyada quyon goʻshtidan tayyorlanadigan taomlardan naʼmunalar koʻrsatishdi. Unda yurtimizning nufuzli restoranlarida faoliyat yuritayotgan 50 ga yaqin oshpazlar ishtirok etdi.

Bank Axborot xizmati

Valyutalar kursi

15.11.2018 holatiga kora

Sotib olish Sotish OzR MB
USD 8250.00 8320.00 8271.27
EUR 9000.00 9500.00 9374.66
GBR 10200.00 10800.00 0.00
JPY 68.50 73.00 72.67

Valyutalar konvertori