Matbuot markazi

Nashr uchun talqin
Mikrokreditbank ATB aksiyadorlari DIQQATIGA!
1.11.2018

HURMATLI AKSIYADORLAR!
 
“Mikrokreditbank” aksiyadorlik - tijorat banki aksiyadorlarining navbatdan tashqari umumiy yigʻilishi 2018-yil 16-noyabr kuni, Toshkent shahri, Lutfiy koʻchasi, 14-uy, “Mikrokreditbank” ATBning majlislar zalida oʻtkaziladi.
 
Yigʻilish soat 10:00 da boshlanadi. Aksiyadorlarni ro'yxatga olish soat 09:00 dan boshlanadi. Umumiy yigʻilish oʻtkazish uchun Bank aksiyadorlari reyestri 2018-yil 12-noyabr holatiga tuziladi.
 
Bankning elektron pochtasi va veb-sayti manzili: info@mikrokreditbank.uz, www.mikrokreditbank.uz.
 
 
Yigʻilish kun tartibi:
  
1.“Mikrokreditbank” aksiyadorlik-tijorat banki aksiyadorlarining navbatdan tashqari umumiy yigʻilishi reglamentini tasdiqlash.
 
2.“Mikrokreditbank” aksiyadorlik-tijorat banki Kuzatuv Kengashi aʼzosi vakolatini muddatidan ilgari tugatish toʻgʻrisida.
 
3.“Mikrokreditbank” aksiyadorlik-tijorat banki Kuzatuv Kengashi tarkibiga yangi aʼzoni saylash toʻgʻrisida.
 
Aksiyadorlarning navbatdan tashqari Umumiy yigʻilishini oʻtkazilishi haqida xabar qilish 2018-yil 30-oktyabr holatiga tuzilgan aksiyadorlar reyestri maʼlumotlari asosida aksiyadorlarning elektron pochta manzillariga bildirishnoma yuborish orqali amalga oshiriladi.
 
Aksiyadorlar Umumiy yigʻilishda shaxsini tasdiqlovchi hujjat va yozma shaklda tuzilgan ishonchnoma asosida qatnashadi, yuridik shaxs nomidan berilgan ishonchnoma qonun xujjatlarda belgilangan tartibda, jismoniy shaxs nomidan berilgan ishonchnoma notarial tasdiqlangan boʻlishi kerak.
 
Yigʻilish oʻtkazish boʻyicha qoʻshimcha axborot, unda koʻriladigan masalalarning hujjatlari bilan quyidagi manzilga va telefon raqamlariga murojaat qilish orqali tanishish mumkin.
 
 
Tel: 71 202-99-99 (1122, 1015), 71 273-96-29.
 
Bank Kuzatuv Kengashi

Valyutalar kursi

15.11.2018 holatiga kora

Sotib olish Sotish OzR MB
USD 8250.00 8320.00 8271.27
EUR 9000.00 9500.00 9374.66
GBR 10200.00 10800.00 0.00
JPY 68.50 73.00 72.67

Valyutalar konvertori