Matbuot markazi

Nashr uchun talqin
MIKROKRÅDITBANKDA MINI-FUTBOL BOʻYICHA MUSOBAQA OʻTKAZILDI
17.12.2018

MIKROKRÅDITBANKDA MINI-FUTBOL BOʻYICHA MUSOBAQA OʻTKAZILDI

12-16 dekabr kunlari “Mikrokreditbank” ATB xodimlari oʻrtasida sportning futzal turi boʻyicha musobaqaning Respublika bosqichi oʻtkazildi.

Yoshlar ittifoqi Markaziy kengashi bilan hamkorlikda tashkil etilgan mazkur turnirda bankning Markaziy apparati, Qoraqalpogʻiston Respublikasi va viloyat filiallari jamoalari ishtirok etdi.

Maʼlumki, butun dunyoda sportni doʻstlik, tinchlik va birdamlik ramzi deya eʼtirof etiladi. Bu kabi sport musobaqalarining bank tizimida tez-tez oʻtkazilishi esa nafaqat jamoada jismoniy tarbiya va sogʻlom turmush tarzini targʻib qilishga, qolaversa hamkasblar oʻrtasida oʻzaro hamjixatlik va doʻstona munosabatlarning shakllanishiga, yosh iqtidor egalarini yangi marralar sari ruhlantirishga ham xizmat qiladi.

Shunday qilib, 14 ta jamoa 4 ta guruhga boʻlingan holda gʻoliblik uchun kurashishdi. Har bir guruhdan ikkitadan jamoa chorak finalga chiqdi.

Finalga qadar Qoraqalpogʻiston va Sirdaryo jamoalari yetib kelishdi. Hal qiluvchi bahsda Sirdaryo viloyati jamoasi 6:4 hisobida gʻalabaga erishib kubokni qoʻlga kiritdi.

Musobaqa yakunida gʻoliblarga diplom va esdalik sovgʻalari topshirildi.

Bank Axborot xizmati

Valyutalar kursi

11.05.2021 holatiga ko’ra

Sotib olish Sotish O’zR MB
USD 10480.00 10570.00 10529.73
EUR 12400.00 13200.00 12808.36
GBR 14400.00 15200.00 14838.50
JPY 90.00 115.00 96.82

Valyutalar konvertori

 

Bank xizmatlari iste'molchilari huquqlarini himoya qilish boshqarmasi:

Telefon: +998 71 273-04-40

                1285 (ichki 1297)

 

Bo’lim rahbari:

Ilashev Alijon

 

So’rovnoma

Sayt haqida fikringiz