Matbuot markazi

Nashr uchun talqin
MIKROKRDITBANK CHILONZOR TUMANIDA TARAQQIYOT NOMLI YANGI MINI-BANKINI OCHDI
17.01.2019

MIKROKRDITBANK CHILONZOR TUMANIDA TARAQQIYOT NOMLI YANGI MINI-BANKINI OCHDI
Poytaxtimizning Chilonzor tumanidagi “Qatortol” savdo majmuasida “Mikrokreditbank” aksiyadorlik tijorat banki Amaliyot boshqarmasiga qarashli “Taraqqiyot” nomli yangi mini-bank ish boshladi.
 
Mazkur mini-bankning ochilish marosimida turli davlat va jamoat tashkilotlari xodimlari, bank mijozlari boʻlgan yetakchi tadbirkorlarvaaholivakillari ishtirok etdi.Malakali mutaxassislar tomonidan mijozlarga barcha turdagi bank xizmatlari koʻrsatadigan mazkurmini-bank zamonaviy jihozlar, shinam va yorugʻ xonalar hamda uzluksiz xizmat koʻrsatuvchi bankomatlar bilan taʼminlangan.
 
Mazkur mini-bankda mijozlar ortiqcha ovoragarchiliklarsiz hisob raqam ochish, omonat qoʻyish, kredit olish, barcha turdagi toʻlovlarni amalga oshirish, bankomat orqali milliy va xalqaro plastik kartalardagi mablagʻlarni naqdlashtirish, xalqaro valyutani soʻmga ayirboshlash, pul oʻtkazmalarini amalga oshirish imkoniyatlari yaratilgan.
 
Mini-bankning tantanali ochilish marosimida bank Boshqaruv raisi oʻrinbosari Aziz Nizamov soʻzga chiqib,mamlakatimiz iqtisodiyoti rivojida moliya muassasalarining oʻrni dolzarbligini hamda mazkur mini-bank misolida bank tomonidan shakllantiriladigan xizmat koʻrsatish markazlari aholi va tadbirkorlik subyektlarining bank xizmatlariga boʻlgan ehtiyojlarini qulay, tez va zamonaviy texnologiyalar asosida qondirishini alohida taʼkidlab oʻtdi.
 
Bu kabi mini-banklarni ochish orqali bank xizmatlarini bevosita isteʼmolchilar uchun qulay boʻlgan hududlarga yetkazib berish – bank rahbariyatining kelgusi davrlarda amalga oshirishi rejalashtirilgan bosh maqsadlaridan biridir.

Bank Axborot xizmati
 
 

Valyutalar kursi

17.04.2019 holatiga kora

Sotib olish Sotish OzR MB
USD 8420.00 8470.00 8455.37
EUR 9300.00 9600.00 9554.57
GBR 10600.00 11200.00 11060.47
JPY 73.00 77.00 75.48

Valyutalar konvertori

 

Jismoniy shaxslar bilan ishlash bo’limi:

Telefon: +998 71 2029999 (ichki 1158)

 

Bo’lim rahbari:

Ilashev Alijon

 

Sorovnoma

Sayt haqida fikringiz