Matbuot markazi

Nashr uchun talqin
“Mikrokreditbank” ATB xodimlari yoshlar bilan uchrashuvlar oʻtkazmoqda
11.02.2019

 “Mikrokreditbank” ATB xodimlari yoshlar bilan uchrashuvlar oʻtkazmoqda

Joriy yilning 11-fevral kuni “Mikrokreditbank” aksiyadorlik tijorat banki bosh binosida bank rahbariyati hamda Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti va Toshkent moliya institutining bir guruh bitiruvchi talabalari bilan uchrashuv boʻlib oʻtdi.

Maʼlumki, davlatimiz rahbarining 2017-yil 5-iyuldagi “Yoshlarga oid davlat siyosati samaradorligini oshirish va Oʻzbekiston yoshlar ittifoqi faoliyatini qoʻllab-quvvatlash toʻgʻrisida”gi farmoni mamlakatimiz yoshlari hayotida muhim dasturil amal boʻlib xizmat qilmoqda.

Bu borada joriy yilning 26-yanvar kuni Toshkent davlat iqtisodiyot universitetida “Karyera kuni” oʻtkazildi. Mazkur tadbirda bank xodimlari talabalar bilan suhbat oʻtkazib, ularni ishga jalb etish koʻzda tutilgan edi. Mazkuruchrashuv ham shuning uzviy davomi boʻldi.

Xususan, yurtimizning oliy oʻquv yurtlarida tahsil olayotgan yoshlarni har tomonlama qoʻllab-quvvatlash va ularga zaruriy shart-sharoitlarni yaratish maqsadida “Mikrokreditbank” ATB tomonidan ham keng koʻlamli tadbirlar amalga oshirilib kelinmoqda.

Jumladan, 2018 yil oktyabr oyida “Mikrokreditbank” ATB va Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti oʻrtasida oʻzaro hamkorlikni yanada kengaytirish toʻgʻrisida kelishuv bitimi imzolandi.

Mazkur bitimga koʻra universitetning bakalavriat va magistratura mutaxassisliklarida taʼlim olayotgan yoshlarni bankda malakali mutaxassis biriktirgan holda amaliyot oʻtashlarini taʼminlash, bank extiyojlaridan kelib chiqqan holda ishga qabul qilish, pedagog-xodimlar, doktorantlar va magistratura talablarining koʻnikmalarini oshirish maqsadida stajirovka oʻtashi hamda sohaga oid meʼyoriy hujjatlarni amaliyotda qoʻllash mexanizmi bilan tanishish uchun shart-sharoitlar yaratish kabi bir qator majburiyatlar va zaruriy tadbirlarni amalga oshirish belgilangan.

Bundan tashqari, yana talabalar uchun “Mikrokreditbank”stipendiyasini joriy qilish rejalashtirilmoqda. Unga koʻra ushbu stipendiyani olish uchun talabalar chet tillarini mukammal bilishlari, kompyuter savodxonligi boʻyicha yetarli bilimga ega boʻlishlari hamda aʼlo baholarga oʻqishlari lozim boʻladi.

Shuningdek, “Mikrokreditbank” ATB tizimida kadrlar zaxirasini istiqbolli va munosib nomzodlar bilan jamlash, kadrlar zaxirasiga kiritilganlar bilan maqsadli kasbiy tayyorgarlik ishlarini olib borish, kadrlar zaxirasiga kiritilganlarni tegishli lavozimlarga taqdim etish, tayinlashning adolatli, shaffof va oshkora hamda korrupsion va boshqa shaxsiy gʻarazli maqsadlardan holi boʻlish maqsadida yosh iqtidorli xodimlarni rahbarlik lavozimlarga oʻtkazish maqsadida zahira tarkibi shakllantirildi.

Jumladan, ayni paytda “Mikrokreditbank” ATB tizimida 880 nafar 30 yoshgacha boʻlgan yoshlar tashkil etsa, ularning 159 nafari rahbarlik lavozimlarida samarali faoliyat yuritib kelmoqda. 2018-yilda taʼlim muassasalari bitiruvchilarining 33 nafari “Mikrokreditbank” ATB tizimida oʻz mehnat faoliyatlarini boshlagan.

Bank axborot xizmati

 

Valyutalar kursi

22.08.2019 holatiga ko’ra

Sotib olish Sotish O’zR MB
USD 9350.00 9440.00 9384.00
EUR 10000.00 10600.00 10393.72
GBR 11000.00 11600.00 11378.10
JPY 85.00 90.00 88.01

Valyutalar konvertori

 

Jismoniy shaxslar bilan ishlash bo’limi:

Telefon: +998 71 2029999 (ichki 1158)

 

Bo’lim rahbari:

Ilashev Alijon

 

Jismoniy shaxslar uchun mobil ilova

 

 

So’rovnoma

Qaysi bank xizmatlari sizni ko'proq qiziqtiradi?