Matbuot markazi

Nashr uchun talqin
KITOB SOVGʻA QILISHNING OʻZIGA XOS USULI QOʻLLANDI
28.03.2019

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev tomonidan 2019 yil 19 mart kuni oʻtkazilgan videoselektor yigʻilishida– maktablarga kitob sovgʻa qilish toʻgʻrisida bildirgan tashabbusini “Mikrokreditbank” ATB jamoasi – qoʻllab-quvvatlagan holda, kitob sovgʻa qilishda oʻziga xos  yondashuv bilan kirishdi.
Gap shundaki, bank tomonidan poytaxtimizdagi A.Xlebushkina nomli 22-sonli mehribonlik uyi tarbiyalanuvchilarining har biriga oʻquv darsliklari va badiiy kitoblar tuhfa qilindi.
Sohibqiron Amir Temur taʼbiri bilan aytganda, “Kitob (bitig) barcha bunyodkorlik, yaratuvchilik va aql-idrokning, ilmu donishning asosidir”. Insonning maʼnaviy kamolotga erishuvi hamda bu yorugʻ dunyoni anglashida – kitobdek beminnat va ulugʻ xilqat yoʻq.
Shu maʼnoda, koʻngli yarim jigarbandlarimizga armugʻon etilgan bu kitoblar ham, ushbu maskanda tarbiyalanuvchilarning koʻproq ilm egallashiga, ular dunyoqarashining kengayishiga, maʼnaviy dunyolari boyishiga kamtarona hissa qoʻshadi, degan yorugʻ umidlar bor. Ezgu ishning esa – miqdor, vaqt hamda sabab kabi mezon va oʻlchovlari yoʻqligini koʻpchilik biladi.

Valyutalar kursi

21.06.2019 holatiga kora

Sotib olish Sotish OzR MB
USD 8540.00 8590.00 8535.74
EUR 9000.00 9700.00 9566.00
GBR 10600.00 11200.00 10746.50
JPY 73.00 79.00 78.63

Valyutalar konvertori

 

Jismoniy shaxslar bilan ishlash bo’limi:

Telefon: +998 71 2029999 (ichki 1158)

 

Bo’lim rahbari:

Ilashev Alijon

 

Sorovnoma

Sayt haqida fikringiz