Matbuot markazi

Nashr uchun talqin
“Mikrokreditbank” Boshqaruv raisi birinchi oʻrinbosari oʻzi oʻqigan maktabga kitob sovgʻa qildi
8.04.2019

“Mikrokreditbank” Boshqaruv raisi birinchi oʻrinbosari oʻzi oʻqigan maktabga kitob sovgʻa qildi
Kitob — insonning eng yaqin doʻsti va maslahatchisi hamda bilim manbai. Uni oʻqigan insonning aqli charxlanadi va maʼnaviyati yuksalib boradi. Kitobga boʻlgan muhabbat, uni qadrlash va sevib oʻqish bolalikdan boshlanadi.
 
Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyevning “Kitob mahsulotlarini nashr etish va tarqatish tizimini rivojlantirish, kitob mutolaasi va kitobxonlik madaniyatini oshirish hamda targʻib qilish buyicha kompleks chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi qarorida belgilab berilgan vazifalar ijrosini taʼminlash maqsadida qator tadbirlar amalga oshirilmoqda.
 
Respublikamiz boʻylab kitob tarqatish aksiyalari uyushtirilmoqda, el orasida ardoqli insonlar ibrat tariqasida turli taʼlim maskanlariga tashrif buyurib, bilim va maʼrifat manbalarini ulashmoqdalar.
 
Ana shunday tadbirlardan biri, Nukus shahridagi 27-sonli umumiy oʻrta taʼlim maktabda boʻlib oʻtdi.
Mazkur tadbirda ushbu maktabda taʼlim olgan “Mikrokreditbank” ATB boshqaruvi raisi birinchi oʻrinbosari Shuxrat Rasulov yuzga yaqin badiiy adabiyotlarni oʻquvchilarga tuhfa qildi.
 
Shuningdek, darslarda bilimi, namunali xulqi va odobi bilan yuqori natijalarga erishayotgan, istedodli oʻquvchilarga hamda kam taʼminlangan oilalarning farzandlariga qoʻshimcha oʻquv adabiyotlari ham sovgʻa qilindi.   Kitoblar oʻquvchilar va ustozlar tomonidan mamnuniyat bilan qabul qilindi. 
 
Bank axborot xizmati

 

Valyutalar kursi

17.04.2019 holatiga ko’ra

Sotib olish Sotish O’zR MB
USD 8420.00 8470.00 8441.36
EUR 9300.00 9600.00 9493.15
GBR 10600.00 11200.00 10963.64
JPY 73.00 77.00 75.43

Valyutalar konvertori

 

Jismoniy shaxslar bilan ishlash bo’limi:

Telefon: +998 71 2029999 (ichki 1158)

 

Bo’lim rahbari:

Ilashev Alijon

 

So’rovnoma

Sayt haqida fikringiz