Matbuot markazi

Nashr uchun talqin
“BankExpo-2019”: “Mikrokreditbank”ning oʻziga xos faoliyati
13.04.2019

 “BankExpo-2019”: “Mikrokreditbank”ning oʻziga xos faoliyati
Xabaringiz bor, ayni kunlarda “Oʻzekspomarkaz” pavilyonida “BankExpo-2019” koʻrgazmasi oʻz ishini davom ettirmoqda. Mazkur koʻrgazmada “Mikrokreditbank” oʻz mijozlariga zamonaviy xizmat turlarini taqdim qilmoqda, degan gapni ishlatsak, bu gapdan xabardor boʻlmasligingiz mumkin. Demak, bir boshdan sanaymiz. 
Bank tomonidan jismoniy shaxslar uchun “overdraft” hamda “mikroqarz” kreditlari hamda bank hisob raqamlarini masofadan turib boshqarish imkonini beruvchi “MKB Mobile” ilovasi joriy etilgan. Mijozlar uchun qulayliklar yaratish maqsadida bankning “MKB Mobile” ilovasi yordamida:
- kommunal toʻlovlarni bir zumda toʻlash;
- kartadan kartaga mablagʻ oʻtkazish (R2R);
- QR-kod orqali kontaktsiz toʻlovlarni amalga oshirish;
- mijozning “soʻm” plastik kartasidan “valyuta” plastik kartasiga avtokonversiya qilish;
- plastik kartadagi mablagʻlarni “online omonat”ga qoʻyish;
- “online-overdraft” va “online-mikroqarz” kreditlaridan foydalanish imkoniyatlari yaratilgan.
Eʼtiborli tomoni shundaki, bank tomonidan joriy qilingan “online-mikroqarz” xizmatidan foydalanuvchilar atigi 5 soniya ichida, boz ustiga turfa qogʻozbozlig-u, ming xil hujjatlarni rasmiylashtirmagan holda kredit olish imkoniga ega boʻlishadi. Buning uchun bor-yoʻgʻi mijozning oylik ish haqi – “Mikrokreditbank” plastik kartochkalariga moliyalashtirilganining oʻzi yetarli asos boʻlib hisoblanadi. 
Ushbu xizmat turining joriy qilingani – bank oʻz mijozlarini kunlik ehtiyojlar uchun talab etiladigan mablagʻlar bilan tez, qulay va “onlayn” tarzda taʼminlashni bosh maqsad qilib olganidan dalolat beradi.
Yana bir gap. Koʻrgazma davomida bank oʻzining – ishonchli, faol hamda barqaror faoliyat koʻrsatayotgan mijozlarini taqdirladi.
 

Valyutalar kursi

17.04.2019 holatiga ko’ra

Sotib olish Sotish O’zR MB
USD 8420.00 8470.00 8455.37
EUR 9300.00 9600.00 9554.57
GBR 10600.00 11200.00 11060.47
JPY 73.00 77.00 75.48

Valyutalar konvertori

 

Jismoniy shaxslar bilan ishlash bo’limi:

Telefon: +998 71 2029999 (ichki 1158)

 

Bo’lim rahbari:

Ilashev Alijon

 

So’rovnoma

Sayt haqida fikringiz