Matbuot markazi

Nashr uchun talqin
Akademik Shavkat Ayupovning bank xodimlari bilan uchrashuvi
24.04.2019

 Akademik Shavkat Ayupovning bank xodimlari bilan uchrashuvi
Bugun zamon kimniki, dersiz? Ha, balli – ish bilganniki. O‘sha ish bilgan odam esa, boz ustiga deng, hayot sinovlarida toblangan, ilmning kamolotiga yetgan inson bilan hammaslak bo‘lsa, uning maslahatlariga quloq tutsa, omad-u muvaffaqiyat o‘sha tomonda, deyavering.
 
“Mikrokreditbank” ATBning O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi akademigi, fizika-matematika fanlari doktori, professor, O‘zFAning Matematika instututi direktori Sh.A.Ayupov bilan hamkorligi ham shu tarzda davom etmoqda.
 
Biroz ilmiyroq til bilan ifodalaydigan bo‘lsak, iqtisodiyotning innovatsion rivojlanishini taminlash, akademik ilm-fanning ta’lim va ishlab chiqarish bilan integratsiyasini kuchaytirish, shu yo‘l bilan boshqaruvni takomillashtirish, fan-ta’lim rivojida intellektual salohiyatdan samarali foydalanish bo‘yicha hazilakam ishlar qilingani yo‘q.
 
Birgina misol. Boshqaruvning zamonaviy va ilg‘or uslublarini o‘rgatish yo‘li bilan bank mutaxassislarining ishbilarmonlik ko‘nikmalari-yu yetakchilik mahoratini shakllantirish va takomillashtirish maqsadida –Respublikaning eng ko‘zga ko‘ringan hamda yetakchi olimlari ishtirokida bank faoliyatiga bag‘ishlangan seminarlar, mijozlar moliyaviy savodxonligini oshirishga yo‘naltirilgan tadbirlar surunkali tarzda o‘tkazilmoqda.
 
Xuddi shunday navbatdagi tadbir Nukusda, “Mikrokreditbank” aksiyadorlik-tijorat bankining Qoraqalpog‘iston Respublikasi mintaqaviy filiali hamda barcha tuman filiallari xodimlari, qolaversa, Qoraqalpog‘iston davlat universiteti talabalari uchun tashkil qilindi.
 
Tadbirda davlatimiz rahbari tashabbusi bilan raqamli iqtisodiyot va uning respublikamiz taraqqiyotidagi o‘rnining oshib borayotgani to‘g‘risida, shuningdek, O‘zbekistonda bank-moliya tizimida amalga oshirilayotgan islohotlar mazmun-mohiyati va ularning dastlabki samaralari to‘g‘risida fikrlar almashildi.
 
Samimiy muloqotlarda “Mikrokreditbank” tomonidan ko‘rsatilayotgan xizmatlar, mijozlarga yaratilgan qo‘shimcha qulayliklar hamda kelgusida tadbiq etilishi mo‘ljallanayotgan innovatsion loyihalar haqida ma’lumotlar taqdim qilindi.
 

Valyutalar kursi

24.05.2019 holatiga kora

Sotib olish Sotish OzR MB
USD 8440.00 8490.00 8460.92
EUR 8800.00 9600.00 9439.00
GBR 10600.00 11200.00 10760.60
JPY 73.00 78.00 76.87

Valyutalar konvertori

 

Jismoniy shaxslar bilan ishlash bo’limi:

Telefon: +998 71 2029999 (ichki 1158)

 

Bo’lim rahbari:

Ilashev Alijon

 

Sorovnoma

Qaysi bank xizmatlari sizni ko'proq qiziqtiradi?