Matbuot markazi

Nashr uchun talqin
Germaniyaning Xalqaro hamkorlik boyicha jamgarma kassalari fondi bilan kelishuvga erishildi
7.05.2019

Germaniyaning Xalqaro hamkorlik boyicha jamgarma kassalari fondi bilan kelishuvga erishildi

 O‘zbekiston yoshlar ittifoqi Markaziy Kengashida Germaniya Federatsiyasining Xalqaro hamkorlik bo‘yicha jamg‘arma kassalari fondi (Sparkassenstiftung) O‘zbekiston yoshlar ittifoqi, «Agrobank» aksiyadorlik tijorat banki, «Xalq banki» aksiyadorlik tijorat banki, «Mikrokreditbank» AT banklari o‘rtasida o‘zaro hamkorlik kelishuvi imzolandi.

 
O‘zbekiston agrar sektorini rivojlantirish hamda yosh fermerlar faoliyatini qo‘llab-quvvatlash maqsadida o‘tkazilgan tadbirda O‘zbekiston qishloq xo‘jaligini rivojlantirish, ekologik muammolarni bartaraf etish, qishloq xo‘jaligi ekinlari hosildorligini oshirish va fermerlarning daromadlarini yaxshilash uchun kerakli modernizatsiya qilish tadbirlarini moliyalashtirish masalalari muhokama qilindi. 
 
— BMTning ma'lumotiga ko‘ra, 2061 yilda O‘zbekiston aholisi 42 millionga yetadi va uning 67 foizini yoshlar tashkil qiladi, – deydi O‘zbekiston yoshlar ittifoqi Markaziy Kengashi raisi birinchi o‘rinbosari Alisher Sa'dullayev. — Yoshlar bandligini ta'minlash, mamlakat iqtisodiyotini rivojlantirish uchun ham bugungi hamkorlik tuzilmoqda. Yosh fermerlar uchun imtiyozli kreditlar, soliq imtiyozlari va yerlar ajratilmoqda, ammo birinchi navbatda yoshlarning moliyaviy bilim va ko‘nikmalarini shakllantirmasak, ajratilgan kreditlarni maqsadli yo‘naltirishga o‘rgatmasak, ularning faoliyatida inqiroz kelib chiqishi mumkin. 
 
O‘zbekiston yoshlar ittifoqi delegatsiyasi Germaniya Federativ Respublikasidagi xizmat safarida Iqtisodiy hamkorlik va rivojlanish federal vazirligi bilan bir qator loyihalar bo‘yicha muzokaralar olib borgan edi. Dunyo bo‘yicha 200dan ortiq loyihalarga hamkorlik qilgan Xalqaro hamkorlik bo‘yicha Jamg‘arma kassalari fondi 2003-2015 yillarda O‘zbekistonda ham bir qator loyihalarni amalga oshirgan. Mazkur kelishuv    esa ikki mamlakat hamkorligining bardavomligiga ko‘prikdir.
 
Kelishuv orqali Germaniya Iqtisodiy hamkorlik va rivojlanish federal vazirligi (BMZ) homiyligida O‘zbekiston Qishloq xo‘jaligi sektorini mustahkamlash va yetarli moliyaviy xizmatlar ko‘rsatish orqali O‘zbekistonda qishloq xo‘jaligi rivojlantiriladi. Tadbirkorlik va fermerlik faoliyatini rivojlantirish yoki boshlashni maqsad qilgan yoshlarning 90 foizi imtiyozli ravishda kredit olishni istaydi. Banklarda imtiyozli kredit olish uchun yetarli darajada resurslar mavjud, lekin yoshlarning kreditlash jarayonida bilimlari yetarli bo‘lmagani sababli biznes reja tuzish, hujjatlar to‘plamini to‘liq shakllantirishda qiyinchilik yuzaga keladi. 
 
Hamkorlik aloqalarini o‘rnatishda O‘zbekiston yosh fermerlar Kengashi tashabbusi bilan yosh fermerlar bank bilan to‘g‘ri muomala qilish bo‘yicha o‘qitiladi. O‘qitish jarayonida asosan yosh fermer va dehqon xo‘jaliklarini bank bilan to‘g‘ri muomala qilishi, banklarga biznes reja bilan bir qatorda hujjatlar portfoliosini to‘liq va to‘g‘ri topshirishi o‘rgatiladi. 
 
—O‘zbekistonda so‘nggi bor 4-5 yil avval bo‘lganman. Hozirgi kunda 200 ming nafarga yaqin xodimimiz 400ga yaqin davlatdagi 12 mingga yaqin  filiallarimizda samarali faoliyat yuritib kelyapti. Bugungacha 15ta mamlakatda iqtisodiy loyihalarni amalga oshirganmiz. Asosan qishloq hududlarini rivojlantirish ustida ishlaymiz. Loyihalarimiz davomida jamg‘arish strategiyasini ishlab chiqqanmiz. Aholi o‘rtasida moliyaviy savodxonlikni oshirish borasida ham faoliyat yuritganmiz, – deydi  Xalqaro hamkorlik bo‘yicha Jamg‘arma kassalar fondi boshqaruvchisi Niklaus Bergmani. — Bu hamkorlik ikki mamlakat xalqaro aloqalarining rivojiga yo‘l ochadi. Kelishuvimiz 2 yilga mo‘ljallangan bo‘lsa-da, uning bardavomligi uzoq yillik bo‘ladi. Hozircha umumiy 8 yillik hamkorligimiz 2027 yilga qadar samarali davom etib, ko‘zlangan natijani beradi degan umiddamiz.
 
Loyiha  orqali  yangi texnologiyalarni hisobga olgan holda, qishloqdagi kam daromadli aholining va qishloq xo‘jaligi korxonalarining barqaror daromadlari ta'minlanadi. Shu tariqa, loyiha qishloq xo‘jaligi korxonalari va qishloq xo‘jaligida yakka tartibdagi dehqon xo‘jaliklari uchun yetarli moliyaviy xizmatlardan foydalanish imkoniyatini yaratib, qishloq xo‘jaligida ishtirok etayotganlarning tadbirkorlik va moliyaviy ta'limi oshiriladi.

Valyutalar kursi

24.05.2019 holatiga kora

Sotib olish Sotish OzR MB
USD 8440.00 8490.00 8460.92
EUR 8800.00 9600.00 9439.00
GBR 10600.00 11200.00 10760.60
JPY 73.00 78.00 76.87

Valyutalar konvertori

 

Jismoniy shaxslar bilan ishlash bo’limi:

Telefon: +998 71 2029999 (ichki 1158)

 

Bo’lim rahbari:

Ilashev Alijon

 

Sorovnoma

Qaysi bank xizmatlari sizni ko'proq qiziqtiradi?