Matbuot markazi

Nashr uchun talqin
Quyonchilik sohasini rivojlantirish boʻyicha Italiya-Oʻzbekiston mutaxassislari hamkorlik uchrashuvi
22.05.2019

Quyonchilik sohasini rivojlantirish boʻyicha Italiya-Oʻzbekiston mutaxassislari hamkorlik uchrashuvi

 Joriy yilning 22 may kuni Rim shahrida Italiya naslchilik uyushmasi vakillari hamda Oʻzbekiston quyonchilik agrofirmalari vakillari bilan oʻzaro hamkorlik uchrashuvi boʻlib oʻtdi. Uchrashuv “Mikrokreditbank” aksiyadorlik-tijorat banki tashabbusi bilan Oʻzbekistonning Italiyadagi elchixonasi koʻmagida tashkil etildi.

Uchrashuv mobaynida, italiyalik mutaxassislarning naslchilik genetikasi va seleksiyasi sohasidagi yutuqlari butun dunyoda tan olinganligini inobatga olgan holda, Oʻzbekistonlik Respublikasining ushbu mamlakat vakillari bilan hamkorligi samarali natijalarga olib kelishi mumkinligi alohida taʼkidlandi.
Uchrashuv yakunida Italiya naslchilik uyushmasi prezidenti Roberto Nochentiniva “Mikrokreditbank” ATB Boshqaruv raisi O.Almardanov oʻrtasida hamkorlik memorandumi imzolandi. Ushbu memorandumning bosh maqsadi quyonchilik sohasi genetikasi boʻyicha hamda quyonlarning yangi seleksiya nasllarini yetkazib berish borasida oʻzaro hamkorlik boʻlib hisoblanadi.

Valyutalar kursi

21.06.2019 holatiga kora

Sotib olish Sotish OzR MB
USD 8540.00 8590.00 8535.74
EUR 9000.00 9700.00 9566.00
GBR 10600.00 11200.00 10746.50
JPY 73.00 79.00 78.63

Valyutalar konvertori

 

Jismoniy shaxslar bilan ishlash bo’limi:

Telefon: +998 71 2029999 (ichki 1158)

 

Bo’lim rahbari:

Ilashev Alijon

 

Sorovnoma

Sayt haqida fikringiz