Matbuot markazi

Nashr uchun talqin
OʻZBEKISTONDA QUYONCHILIK GENETIKA MARKAZINI TASHKIL ETISH ISTIQBOLLARI
24.05.2019

OʻZBEKISTONDA QUYONCHILIK GENETIKA MARKAZINI TASHKIL ETISH ISTIQBOLLARI

 Joriy yilning 23-may kuni “Mikrokreditbank” ATB va Oʻzbekistonning Italiyadagi echixonasi koʻmagi bilan Oʻzbekiston quyonchilik agrofirmalari vakillarining Italiya quyon yetishtiruvchilar uyushmasi (ANCI) genetika markaziga tashrif buyurildi.

Tashrifdan asosiy maqsad Oʻzbekistonda quyonchilik genetika markazlarini tashkil etish, markaz faoliyatini yoʻlga qoʻyishda eʼtiborga olinishi zarur boʻlgan jihatlar yuzasidan fikr almashish hisoblanadi. Tashrif davomida Italiyaning genetika markazi rahbariyati bilan uchrashuv va muzokaralar olib borildi. 

Oʻzbekistonda genetika markazi tashkil etishda Italiya genetika markazi mutaxassislarini taklif qilish, ularning bu sohadagi tajribalarini tadbiq etish orqali mamlakatda quyonchilik sanoatining klaster uslubini shakllantirishga zamin yaratish koʻzda tutilgan.   
 
Muzokaralarda Oʻzbekiston agrofirmalari vakillari Italiya genetika markazi bilan bevosita hamkorlik olib borishi, ushbu tashrif yakunida 500 bosh zotli quyon harid qilish va Oʻzbekistonga olib kelish boʻyicha dastlabki shartnomalar imzolandi.

Valyutalar kursi

21.06.2019 holatiga kora

Sotib olish Sotish OzR MB
USD 8540.00 8590.00 8535.74
EUR 9000.00 9700.00 9566.00
GBR 10600.00 11200.00 10746.50
JPY 73.00 79.00 78.63

Valyutalar konvertori

 

Jismoniy shaxslar bilan ishlash bo’limi:

Telefon: +998 71 2029999 (ichki 1158)

 

Bo’lim rahbari:

Ilashev Alijon

 

Sorovnoma

Sayt haqida fikringiz