Matbuot markazi

Nashr uchun talqin
“Mikrokreditbank” — O‘zbekiston yoshlarining ishonchli madadkori
30.06.2019

 “Mikrokreditbank” — O‘zbekiston yoshlarining ishonchli madadkori

 

“Mikrokreditbank”  30-iyun — Yoshlar kuni munosabati bilan O‘zbekiston yoshlarini  samimiy va qizg‘in muborakbod etadi.

Yoshlik — kamolot, ezgu orzular, balog‘at  va navqironlik fasli bo‘lishi bilan birga, insonning eng pok tuyg‘ulari ijobatiga  umid bog‘lab,  o‘zni  bunyodkorlik va yarituvchanlikka chog‘laydigan muazzam fasl hisoblanadi.

Mamlakatimiz aholisining salmoqli qismi yoshlar ekanligi, ular tashabbuslarining har tomonlama, birinchi navbatda iqtisodiy qo‘llab-quvvatlanayotgani kabi jihatlarni nazarda tutsak, bu borda  barcha moliyaviy institutlar qatori “Mikrokreditbank”ning ham kamarbasta bo‘layotgani — biz uchun alohida faxrdir.

Yoshlarning sa’y-harakatlari,  g‘ayrat-shijoati hamda intilishlari alal-oqibat yurt tinchligi,  Vatan taraqqiyoti va el-yurtimiz farovonligiga xizmat qilmog‘iga shak-shubha yo‘q.

Aziz yoshlar!

Fursatdan foydalanib,  “Yosh tadbirkorlar” kovorking markazlari hamda yoshlarning boshqa umidbaxsh loyihalarida bundan buyon ham Sizlarga madadkor va qo‘llab-quvvatlovchi sifatida xizmat qilish bizga alohida iftixor bag‘ishlaydi.

Siz — e’zozli yigit va qizlarimizni yana bir bor shukuhli ayyom bilan qutlagan holda,  shijoatingiz va ma’naviy tafakkuringiz hech qachon so‘nmasligini tilaymiz!

Muhtaram Prezidentimizning Sizga yo‘llagan tabrigida ta’kidlanganidek, “Sizlar zamonaviy bilim va taraqqiyot  cho‘qqilarini egallab,  o‘z amaliy ishlaringiz,  g‘ayrat-shijoatingiz bilan jonajon Vatanimizga munosib,  sadoqatli farzandlar bo‘lasiz”.

Bu yo‘lda Sizga omadlar yor bo‘lsin!

Ehtirom bilan, “Mikrokreditbank” ATB jamoasi.

 

Valyutalar kursi

20.11.2019 holatiga ko’ra

Sotib olish Sotish O’zR MB
USD 9480.00 9530.00 9500.96
EUR 10200.00 10700.00 10498.56
GBR 12000.00 12500.00 12255.29
JPY 85.00 90.00 87.38

Valyutalar konvertori

 

Jismoniy shaxslar bilan ishlash bo’limi:

Telefon: +998 71 2029999 (ichki 1158)

 

Bo’lim rahbari:

Ilashev Alijon

 

Jismoniy shaxslar uchun mobil ilova

 

 

So’rovnoma

Sayt haqida fikringiz





 

Caoeiaia nii?iai?aaiea
Caoeiaia nii?iai?aaiea x Ia naeoa i?enoonoaoao caoeiaia nii?iai?aaiea.
?oiau i?ineooaou oaeno iaiaoiaeii auaaeeou aai iuoeie e ia?aou ia iiyaeaoo?ny eeiieo.