Matbuot markazi

Nashr uchun talqin
Mikrokreditbank aksiyadorlik-tijorat banki, Ozbekiston yosh fermerlar Kengashi va Germaniyaning xalqaro hamkorlik boyicha Jamgarma kassalari fondi hamkorligi davom etmoqda.
24.10.2019

 

Joriy yilning 8-16 oktyabr kunlari Toshkent shahrida Germaniyaning xalqaro hamkorlik bo‘yicha Jamg‘arma kassalari fondi (Sparkassenstiftung für international Kooperation) tashabbusi bilan tashkil etilgan “Jamg‘arma” rejali o‘yini uchun “Treninglar uchun trening” mavzusida seminar tashkil etildi.

Mazkur seminarda muvaffaqiyatli ishtirok etib, sertifikatlar bilan taqdirlangan Mikrokreditbankning 5 nafar xodimi Jamg‘armaning taklifiga binoan joriy yilning 4-11 noyabr kunlari Germaniyada (Valdxauzenda, Raynland Pfalts) tashkil etiladigan qiziqarli va keng qamrovli muhim malaka oshirish tadbirida ishtirok etadi.
Dastlab tashrif Valdxauzendagi Jamg‘arma kassalar akademiyasida bo‘ladi. Intensiv ravishda trenerlar malakasini oshirish bilan birga o‘ziga xos ravishda tashrif dasturida Germaniya qishloq xo‘jaligi dolzarb mavzulariga doir bir qator amaliyotga nazar tashlash ekskursiyalari ham o‘rin olgan.  
 
Tashrif doirasida Bingen Texnika oliygohiga tashrif chog‘ida Qishloq xo‘jaligi fakulteti va Ekologiya fakulteti, professor bilan diskussiya va Vandelinxof eksperimental xo‘jaligiga tashrif rejalashtirilgan.
 
Bundan tashqari Bopparddagi Biogaz qurilmasi, Soonvald sut fermasi, Vino zavodi, Qishloq ayollar uyushmasi “Qishloq xo‘jaligida turizm” va “Appel Xappel” oilaviy tashkiloti, meva etishtirish va qayta ishlashga ixtisoslashgan tipik Bio dehqon uyiga tashrif buyurilib, bevosita ko‘zdan kechiriladi, shuningdek “Power to Gas”–qishloq xo‘jaligi chiqindilaridan energiya olishda foydalanish jarayonlari bilan tanishish ko‘zda tutilgan.
 

Valyutalar kursi

13.11.2019 holatiga kora

Sotib olish Sotish OzR MB
USD 9440.00 9530.00 9490.27
EUR 10200.00 10700.00 10455.03
GBR 12000.00 12500.00 12119.71
JPY 85.00 90.00 86.86

Valyutalar konvertori

 

Jismoniy shaxslar bilan ishlash bo’limi:

Telefon: +998 71 2029999 (ichki 1158)

 

Bo’lim rahbari:

Ilashev Alijon

 

Jismoniy shaxslar uchun mobil ilova

 

 

Sorovnoma

Bank xodimlari maxoratini baholang.