Matbuot markazi

Nashr uchun talqin
“Mikrokreditbank” xorijda mehnat qilayotgan yurtdoshlarimizni qo`llab-quvvatlash bo`yicha hamkorlik memorandumini imzoladi
28.11.2019

“Mikrokreditbank” xorijda mehnat qilayotgan yurtdoshlarimizni qo`llab-quvvatlash bo`yicha hamkorlik memorandumini imzoladi

Xorijiyda mehnat faoliyatini olib borayotgan O`zbekiston Respublikasi fuqarolarining xavfsizligini ta’minlash, ularni har tomondan qo`llab-quvvatlash maqsadida bugungi kunda ko`plab islohotlar amalga oshirilmoqda. Jumladan, bugun, 28-noyabr kuni “Mikrokreditbank” ATB, O`zbekiston Respublikasi Bandlik va Mehnat vazirligi hamda “O`zagrosug`urta” AJ o`rtasida aynan shu masalaga bag`ishlangan hamkorlik memorandumlarini imzolash marosimi bo`lib o`tdi.

Uch tomonlama hamkorlik munosabatlarini nazarda tutuvchi “Vaqtinchalik mehnat faoliyatini amalga oshirish uchun xorijga jo`nab ketayotgan O`zbekiston Respublikasi fuqarolariga mikroqarzlar taqdim etish bo`yicha hamkorlik memorandumi”ga ko`ra, vaqtinchalik mehnat faoliyatini amalga oshirish uchun xorijga jo`nab ketayotgan O`zbekiston Respublikasi fuqarolariga xorijda ishga joylashish xarajatlarini qoplash maqsadida bir yil muddatga ikki million so`m miqdorida mikroqarzlar taqdim etiladi.

Bunda mikroqarzlarni rasmiylashtirish jarayoni bir bank kunida amalga oshirilib, buning uchun pasport, ariza kabi minimal hujjatlar talab qilinadi.

Mikroqarzlarning yillik foizi 2019-2020-yillarda 10 foiz va 2021-yilda 12 foiz etib belgilangan. 
 
Mazkur kreditlar O`zbekiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligining “labour-migration” dasturiy majmuasida ro`yxatdan o`tgan mehnat migrantlariga beriladi. 

Ushbu memorandumning imzolanishi hamda amaliyotga tatbiq etilishi xorijda mehnat qilayotgan yurtdoshlarimizni qo`llab-quvvatlash yo`lida joriy qilinayotgan katta imkoniyatlardan biridir.

Bank axborot xizmati
 

Valyutalar kursi

03.12.2019 holatiga ko’ra

Sotib olish Sotish O’zR MB
USD 9500.00 9550.00 9510.99
EUR 10200.00 10600.00 10476.36
GBR 12000.00 12400.00 12300.56
JPY 85.00 90.00 86.85

Valyutalar konvertori

 

Jismoniy shaxslar bilan ishlash bo’limi:

Telefon: +998 71 2029999 (ichki 1158)

 

Bo’lim rahbari:

Ilashev Alijon

 

Jismoniy shaxslar uchun mobil ilova

 

 

So’rovnoma

Qaysi bank xizmatlari sizni ko'proq qiziqtiradi?