Matbuot markazi

Nashr uchun talqin
“Mikrokreditbank” Avstriyaning mashhur kompaniyasi bilan hamkorlikni yo`lga qo`ymoqda
12.02.2020

 “Mikrokreditbank” Avstriyaning mashhur kompaniyasi bilan hamkorlikni yo`lga qo`ymoqda
   “Mikrokreditbank” va  Avtriyaning "O’stap Engineering & Consulting Gmbh" kompaniyasi o`rtasidagi hamkorlikka dastlabki qadamlar qo`yildi. 
 
      Hozirgi kunda «O’stap Engineering & Consulting Gmbh», EBRD bilan birgalikda sut fermasi sohasida ma’lumot to’plash, mavjud muammolarni o’rganish, tahlil qilish va ustuvor bozorlarni aniqlash bo’yicha muntazam ish olib bormoqda. Shu kungacha kompaniya ko’plab tadqiqotlar orqali muvaffaqiyatli loyihalarni amalga oshirgan. 

    Kuni kecha “Mikrokreditbank” va «O’stap Engineering & Consulting Gmbh» o`rtasida O`zbekistonda qishloq xo`jaligi mahsulotlari ishlab chiqarilishini takomillashtirish va bu borada aholiga imkoniyatlar yaratish maqsadida uchrashuv bo`lib o`tdi. 

   Tashrifdan asosiy maqsad O`zbekistonda qishloq xo`jaligi mahsulotlarini rivojlantirish uchun investitsiya kiritishning istiqbollarini o`rganish va bu borada o`zaro tajriba almashish  bo`lgan.  
 
Bank axborot xizmati

Valyutalar kursi

05.08.2020 holatiga ko’ra

Sotib olish Sotish O’zR MB
USD 10210.00 10250.00 10209.86
EUR 11500.00 12200.00 12021.09
GBR 12800.00 13500.00 13362.66
JPY 90.00 100.00 96.43

Valyutalar konvertori