Matbuot markazi

Nashr uchun talqin
Iddao o`z isbotini topmadi
13.02.2020

Iddao o`z isbotini topmadi

   2019-yilning 17-noyabr kuni internet sahifalarida Qashqadaryo viloyati Chiroqchi tumanida istiqomat qiluvchi fuqaro kbarali Tursunov “Mikrokreditbank”dan 15 mln soʼm kredit olish boʼyicha hujjatlar rasmiylashtirgani, bank taʼminoti bilan kelishilgan holda fuqaroga 7,5 mln soʼm kredit ajratilgani va fuqaro bu soʼmmani rad etgani, bugungi kunda kreditning foizini toʼlashi kerakligi soʼralayotgani aks etgan maʼlumot joylashtirilgan.

   slida nima boʼlgan?

   Fuqaro Tursunov kbarali tomonidan bank filialimizga taqdim etilgan tegishli kredit hujjatlari bank xodimlari tomonidan oʼrganib chiqilib, amaldagi qonun hujjatlari asosida issiqxona yoʼnalishi boʼyicha kredit mablagʼlari ajratib berilgan. Taʼminotchi tashkilot tomonidan fuqaroning yashash xonadoniga yangidan qurib berilgan issiqxon bank xodimlari tomonidan fuqaro bilan joyida uchrashgan holda oʼrganilgan. Fuqaro 7,5 mln soʼm kredit hujjati ajratilishi uchun kredit shartnomalarini topshirgan va shaxsan oʼzi imzo qoʼygan (barcha kredit shartnomalari “Mikrokreditbank”da mavjud).

   Bugungi kunda .Tursunov oʼz yashash xonadonida qurib berilgan issiqxonadan foydalanmasdan kelmoqda va bank filialimizdan olingan kreditni oʼz vaqtida toʼlash qobiliyati yoʼqligini maʼlum qilgan.
 
     Bank filialimiz tomonidan fuqaro .Tursunov imtiyozli kredit mablagʼi tegishli hujtlarga binoan, amaldagi tartib-qoidalarga asosan ajratib berilgan.

  Ushbu fuqaro bundan oldin ham mana shunday maʼlumotlar bilan Oʼzbekiston Respublikasi Prezidentining “Ishonch” telefoniga, Oʼzbekiston Respublikasi Bosh Prokuraturasining “Ishonch” telefoniga va Chiroqchi tuman hokimiyatiga murojaat qilgan hamda ushbu fuqaroning murojdaati Chiroqchi tuman prokuraturasi tomonidan bank filiali xodimlari, taʼminotchi tashkilot rahbari vakillari va shaxsan .Tursunov ishtirokida batafsil oʼrganib chiqilgan.
 
Bank axborot xizmati

Valyutalar kursi

05.08.2020 holatiga kora

Sotib olish Sotish OzR MB
USD 10210.00 10250.00 10209.86
EUR 11500.00 12200.00 12021.09
GBR 12800.00 13500.00 13362.66
JPY 90.00 100.00 96.43

Valyutalar konvertori